• «Al – Islom»
  • Islom dinining vujudga kelishi. Muhammad ibn Abdulloh-din da’vatchisi va




    Download 0,63 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet3/18
    Sana22.01.2024
    Hajmi0,63 Mb.
    #142787
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
    Bog'liq
    \'ÈÑËÎÌ ÄÈÍÈ ìàúð 2021-22 ËÎÒÈÍ

    Islom dinining vujudga kelishi. Muhammad ibn Abdulloh-din da’vatchisi va 
    davlat arbobi. 
    ISLOM (arab.-bо‘ysunish, itoat etish, о‘zini Alloh irodasiga topshirish)-
    jahonda uch din (buddaviylik, xristianlik bilan bir qatorda)dan biri. Islom diniga 
    e’tiqod qiluvchilar arabcha “muslim” deb ataladi.
    «Al – Islom» atamasi Qur’oni karimda semantik jihatdan «al - imon» 
    (ye’tiqod) va ad – din (diniy burchlar majmuasi)ga yaqin ma’noda 8 marta 
    uchraydi. Etimologik jihatdan «Islom» atamasi «salima» о‘zagidan olingan bо‘lib, 
    dastlab «salom - tinchlik» ma’nosini anglatdi. U islomdan avval arablarda hukm 
    surgan «johillik» ziddi sifatida ishlatildi. Furqon surasining 63 oyatida aynan shu 
    ma’noda: “Rahmon (Alloh)ning bandalari er yuzida ohista yuradilar, johillar ularga 
    xitob qilsalar, «salom» deb javob beradilar”, - deyilgan. Bu oyat nima uchun 
    arablarning Muhammad (sav) dan oldingi davri «johiliya» va uning davri «islom» 
    deya atalganini aniq izohlab berayapti.
    Keyin «salima»dan olingan IV – bob «aslama» fe’li (Allohga) bо‘ysunmoq, 
    itoat etmoq, о‘zini bag‘ishlamoq ma’nolarida ishlatila boshladi. Shu fe’lning 
    sifatdoshi «muslim» Allohga itoat etuvchi va uning payg‘ambarlariga (qaysiki 
    bо‘lishidan qat’i nazar Ibrohim (as), Muso (as), Iso (as) va Muhammad (as)larga) 
    ergashuvchi barcha insonlarga nisbat qilindi. Qur’on oyatlari: Bas, (yey, 
    Muhammad,) yuzingiz (о‘zingiz)ni doimo tо‘g‘ri bо‘lgan dinda (Islomda) tuting! 
    Insonlarni о‘sha asosda yaratgan Allohning yaratuvchiligini (anglangiz!) 
    Allohning yaratishiga о‘zgartirish yо‘q. Eng tо‘g‘ri din shudir! Lekin kо‘p odamlar 
    bilmaslar (Rum surasi, 30;30). Ibrohim о‘z о‘g‘illariga, shuningdek, (nabirasi) 
    YA’qub ham shu dinni vasiyat qilib dedilar: “О‘g‘illarim, albatta, Alloh sizlar 
    uchun shu dinni tanladi. Bas, musulmonlik holingizdagina dunyodan о‘tingiz!” 
    (Baqara surasi, 2;132). Iso ulardan kufrni sezgach, aytdi: “Alloh sari (borishimda) 
    menga yordamchilar kim?” Havoriylar aytdilar: “Biz Alloh (dinining) 
    yordamchilarimiz. Allohga imon keltirdik va Allohga (bо‘yin sinuvchi) musulmon 
    ekanimizga guvoh bо‘lgin (yey, Iso!) (Oli Imron, 3;52). Nihoyat, Moida surasining 
    3 - oyatida «Islom» sо‘zi ayni Muhammad (sav) e’lon qilgan dinga nisbatan 
    ishlatildi. «Bugun dininglarni takomuliga etkazdim, sizlarga ne’matimni 
    oxirigacha berdim va dininglar «Islom» bо‘lishiga rozi bо‘ldim».
    Demak, «Islom» lug‘aviy jihatdan Allohga itoat etish, о‘zlikni unga 
    bag‘ishlash ma’nolarida johiliya arablarining о‘jarligi, qiziqqonligi, takabburligiga 
    zid qо‘yildi. Sunniy ulamolar orasida keng tarqalgan fikrga kо‘ra «ad – din» 
    tushunchasi «al – islom», «al - imon» (Allohning va uning Rasuli Muhammad 
    (sav) bergan barcha xabarlarning haqligi) hamda «al - ihson» (husni axloqqa 
    asoslangan amallar)ni о‘z ichiga oladi.
    ASSALOMU ALAYKUM (arab. sizga tinchlik, salomatlik tilayman) -
    musulmonlar о‘zaro uchrashganda ishlatiladigan salomlashuv iborasi. Salom qabul 
    qiluvchi "Va alaykum assalom" ("Sizga ham tinchlik, salomatlik tilayman"), deb 



    javob qaytaradi. A.a. tanigan va tanimagan musulmonlarga beriladi. Kichik 
    yoshdagilar yoshi ulug‘larga, ulov mingan odam piyodaga, piyoda ketayotgan 
    kishi о‘tirganga, ozchilik kо‘pchilikka salom beradi. A.a. kо‘pchilik huzuriga kirib 
    о‘tirishda ham aytiladi. A.a. deyish sunnat, javob qaytarish esa vojib hisoblanadi. 
    A.a. namoz о‘qiyotgan kishining namozi tugaganining alomati hamdir. AS’HOB - 
    q. Sahoba. 
    Muhammad payg‘ambarga nozil bо‘lgan birinchi sura, al-Alaq! Surasidir. 
    Unga kо‘ra insonni ilmga da’vat qilinadi, ilm ulug‘lanadi. 
    "(U) insonni laxta qondan yaratdi. О‘qing! Rabbingiz esa Karamlidir. U 
    insonga qalam Bilan (yozishni ham) о‘rgatdi. U insonga bilmagan narsalarini
    bildirdi. Darhaqiqat inson xaddidan oshar. (Yey, inson!) Albatta, qaytish Rabbing 
    huzurigadir."
    1
    Muhammad (s.a.v.) ana shunday shaxs sifatida nafaqat arablar dunyosida, balki 
    butun musulmon olamida yangi sivilizatsiyaga asos soldi. 40 yoshidan boshlab u 
    Allohdan kelgan vahiylarni о‘z qabiladoshlariga etkazadi.
    MUHAMMAD (sav) (571-632) –islom dini asoschisi va payg‘ambari. 
    Musulmonlar e’tqodiga kо‘ra, Allohning oxirgi payg‘ambari va elchisi. 
    Muhammad ismiga “sallalohu alayhi vassallam” (sav) –“unga Allohning rahmat va 
    salomi bо‘lsin” deb salovat aytib qо‘shib qо‘yiladi.
    Rasul (arab.-yelchi) islom an’anasida Alloh tomonidan tanlab olinib, vakil 
    qilingan va targ‘ibot yuritish, da’vat qilish vazifasi topshirilgan, ilohiy kitob nozil 
    qilingan payg‘ambar. Muhammad (s.a.v.) ga nisbatan doimo Rasul nomi qо‘llanib 
    kelinadi. Nabiy-kitob nozil qilinmagan payg‘ambar. Shu boisdan ham har bir 
    rasulni nabiy deb atash mumkinligini, ammo nabiylarni Rasul deb bо‘lmasligi 
    qayd qilingan. 
    Nabiy (arab.-kо‘ligi anbiyo, ilohiy xabar keltiruvchi) payg‘ambar, Allohning 
    farmoyishini insonlarga etkazib beruvchi vositachi shaxs. О‘zlariga maxsus kitob 
    va shariat berilmay, bir rasulga (ya’ni Alloh elchisi) ato etilgan kitob va shariatga 
    amal qilmoqqa buyurilgan payg‘ambarlar nabiylar deyiladi. Nabiylarning hech biri 
    rasul bо‘la olmaydi, ammo rasullarning har biri Nabiy nomi bilan ataladi.
    Allohdan vahiy olib turuvchi shaxs Qur’onda Muhammad (sav)ning rasul 
    (yelchi) degan ismi bilan bir qatorda eng asosiy sifatlaridan biri. 
    Islom dini paydo bо‘lgan davrga kelib yakkaxudolik g‘oyasi havoda kezib 
    yurardi: yangi haqiqiy Xudoni topishga xarakat qilgan juda kо‘p din 
    targ‘ibotchilari-payg‘ambarlar paydo bо‘ldi. Bо‘lajak islom sivilizatsiyasining 
    diniy poydevorini qurgan Muhammad shulardan edi. 
    Muhammad payg‘ambar iudaizmga ham, xristianlikka ham hurmat bilan 
    munosabatda о‘lgan, ularni Xudo nafasi tekkan kitoblarga ega dinlar deb 
    hisoblagan. Ammo islomda tо‘la vahiy yuborib Zabur, Tavrot va Injilda yozilgan 
    kо‘pgina narsalarni bekor qilgan deb xisoblagan. 
    1
    Қуръони Карим маъноларининг таржима ва тафсири. Шайх Абдулазиз Мансур. Т.: 2007,597-б. 



    Muhammad payg‘ambar paydo bо‘lishining teran mazmuni shundan iboratki, u 
    ilohiylikning arablarga hozirgi davlatchilik poydevorini qurish imkonini bergan. 
    Shunday qilib, Quraysh qabilasi, hoshimiylar urug‘idan bо‘lgan Muhammad 
    ibn Abdulloh “fil yili”-Abrahaning Makkaga yurishi muvaffaqiyatsiz tugagan yil, 
    ya’ni taxminan 570 yilda tug‘ilgan deb hisoblash qabul qilingan. U uncha boy 
    bо‘lmagan, lekin Makka zodagonlariga yaqin oilada tavallud topgan. 
    Muhammad (AS) gо‘dakligidayoq etim qolgan, tug‘ilmasidan olidin otasi 
    Abdulloh, olti yoshligida esa onasi Omina vafot etgan. Muhammadni о‘z 
    tarbiyasiga olgan bobosi Abdumutalib ham kо‘p о‘tmay vafot etadi. Etim bolani 
    tarbiya qilishni amakisi Abu Tolib о‘z zimmasiga oladi. Muhamad amakisining 
    podasini boqadi, keyin tijorat ishlariga jalb qilinadi, karvonlarni kuzatib boladi. 
    Savdo ishlari bilan Suriyaga safar qiladi, u erda xristian diniy ta’limoti bilan 
    tanishadi. Muhammadning Makka shahrining siyosiy hayotida ishtirok etgani, 
    Ka’bani suv toshqini vayro etgach, uni tiklashga kо‘maklashgani ma’lum. 
    U 25 yoshga tо‘lganida badavlat ayol xadichaga uylanadi. Xadicha katta savdo 
    ishini о‘zi boshqarardi. Muhammad Damashq, Hiro, Makka va Yaman oralig‘ida 
    qatnab, savdo ishlarini olib boradi va muvaffaqiyatga erishadi.
    Muhammad (AS) dan Xadicha uch о‘g‘il (Qosim, Tohir, Tayib) va 4 qiz ( 
    Ruqiya, Zaynab, Ummu Kulsum, Fotima) kо‘rgan. О‘g‘illari gо‘dakligidayoq 
    vafot etgan. Qizlaridan Fotimagina Muhammad (AS)ning naslini davom ettirgan. 
    Musulmon mamlakatlaridagi kо‘pchilik sulolalar (Hasaniylar, Husayniylar, 
    Idrisiylar, Fotimiylar, Sa’diylar vab.) hamda barcha sayyidlar Fotima va uning eri 
    Ali ibn Abu Tolib avlodlari deb hisoblanadi. 
    Muhammad (SA) Xadicha hayotligida uylanmagan. Vafotidan sо‘ng bir necha 
    bor uylanganlar. Lekin Oyshadan boshqa qiz xotin olmaganlar, ulardan farzanda 
    kо‘rmagan. Joriyalari Moriyadan Ibrohim ismli о‘g‘li yoshligidayoq vafot etgan. 
    Muhammad (AS) 40 yoshga tо‘lgunga qadar kо‘pincha yolg‘iz ibodat bilan 
    mashg‘ul bо‘lar, о‘yga tolardi. 610 yilning ramazon oyida Hiro tog‘ining g‘orida 
    ibodat qilayotganida Allohdan Jaroil farishta vositasida birinchi vahiy tushadi va 
    Qur’oni Karimning “Alaq” surasining ilk oyati nozil bо‘ladi. “Mehribon va Rahmli 
    Alloh nomi bilan (boshlayman). (Yey, Muhammad, btun borliqni) yaratgan zot 
    bо‘lmish Rabbingiz nomi bilan о‘qing! U insonni lahta qondan yaratdi. О‘qing! 
    Rabbingiz esa karamli zotdir. U insonga qalam bilan (yozishni) о‘rgatgan zotdir. U 
    insonga bilmagan narsalarini о‘rgatdi.” 
    Arabcha “iqra’” (о‘qimoq) sо‘zi о‘qi yaqin ma’noli “qr’” о‘zagiga ega bо‘lib, 
    “yod о‘qimoq” va “qiroat qilmoq” degan ma’nolarni anglatadi. Qur’on sо‘zi ana 
    shu о‘zakdan kelib chiqqan.
    Islomning eng asosiy talabi hisoblangan kalimai shahodatda “La ilaha illallohu 
    Muhammadun Rusul-Alloh” (Allohdan о‘zga iloh, Muhammad uning 
    payg‘ambaridir), deb uqtiradi. Qur’oni Karimda Allohning yagonaligi va buyukligi 
    juda kо‘p bor Qur’oni Karimda ta’kidlanadi.
    1
    1
    Қаранг: Ислом ҳуқуқи.Олий ўқув юртлари учун дарслик. Раҳманов А.Р, Раҳманов А.Р. –Тошкент: “ТДЮИ” 
    нашриёти, 2007, Б. 41. 



    Baqara surasi. 255. “ Alloh-undan о‘zga iloh yо‘qdir. (U) hamisha barhayot 
    va abadiy Turuvchidir. “
    2
    Birinchi bо‘lib Bibi Xadicha, keyin amakivachchasining о‘g‘li Xaydar (Ali) , 
    asrandi о‘g‘li Zayd ibn Xoris islomga kiradi. Biroq, Makkadagi boshqa 
    qabiladoshlari Muhammad (s.a.v.) targ‘ibotlariga tish tirnoqlari bilan qarshi 
    chiqdilar.
    Vaqt о‘tishi bilan musulmonlar soni 30ta ga etdi. Musulmonlar о‘z dinlarini 3 
    yil yashirish saqladilar. Ochiq da’vatdan sо‘ng Makka mushriklari Ab Bakr, 
    Usmon ibn Affon kabi islomni qabul qilgan ulug‘ va badavlat zotlarga hech narsa 
    deya olmasalarda ammo zaif, kambag‘al, himoyasiz musulmonlarni qattiq siquvga 
    oldilar. Makka mushriklarining zulm va sitamlari kuchayib ketgach, Payg‘ambar 
    qiyinchilikda qolgan musulmonlarni Habashistonga hijrat qilib ketishga buyurdi. 
    Shunda 11 erkak va 4 ayoldan iborat guruh Makkadan yashirin ravishda chiqib, 
    Qizil dengiz bо‘ylab ketdilar. Ularni Habashistonda Oqsum podsholigi yaxshi 
    kutib oldi. Xristianlar bilan ular yaxshi hayot kechira boshladilar. Bir yildan sо‘ng 
    Alining akasi jafar ibn Abi Tolib boshchiligida 80 kishi Xabashistonga kо‘chib 
    bordi.
    Ayni paytda Makkada ahvol yomonlashdi, Quraysh zodagonlarining 
    Muhammadga dushmanligi ortdi. 620 yilda Xadichaning sо‘ngra Abu Tolibning 
    vafotidan sо‘ng Muhammad (SA)ning hayoti xavf ostida qoldi. Shundan sо‘ng 
    payg‘ambar Toifga yо‘l oldi u erda hech kim islomni qabul qilmadi. Shu 
    qiyinchiliklarda “Isro va Me’roj” voqeasi yuz beradi.
    “Me’roj” voqeasi – Muhammad payg‘ambarning Buroq nomli afsonaviy 
    otida tunda Makkadan arshi-a’loga mо‘jizali safari bilan bog‘liq.
    Ma’lumki, Islom ilohiyotida Muhammad payg‘ambarning arshi a’loga 
    chiqishlari qissasi muhim о‘rin egallaydi. Unga kо‘ra, Jabroil (a.s.) Allohning amri 
    bilan Muhammad payg‘ambarni bir kechada Ka’badan Buroqqa mindirib, Masjidi 
    Aqsoga olib borgan. U erda payg‘ambar ikki rakat nomoz о‘qiganlaridan sо‘ng 
    samoga kо‘tarilib ketganlar. 
    Allohning sevimli Rasuli (s.a.v.) etti qavat osmonga sayr qilib о‘zidan oldin 
    о‘tgan barcha payg‘ambarlar bilan uchrashadi.
    ISRO VA ME’ROJ – islom tarixida Muhammad (sav)ning Makkadan 
    Quddusga qilgan tungi sayri (Isro) hamda Quddusdagi Aqso masjididan osmonga 
    kо‘tarilishlari (Me’roj). Xadis va rivoyatlarda aytilishicha, Muhammad (sav) 
    boshchiligida tunda kо‘p yillik masofani bosib о‘tib, bu samoviy sayohatlaridan 
    boy xotiralar bilan qaytishgan. Jumladan, etti qavat osmon oraliqlarida о‘zlaridan 
    oldingi о‘tgan yirik payg‘ambarlar bilan muloqotda bо‘lishgan. Jannat va dо‘zahni 
    omosha qilishgan. 5 vaqt nomoz ham shu kechada farz qilingan. Islom olamida har 
    yili rajab oyining 27 kechasini bayram sifatida nishonlanadi. Qur’oni karimda 
    quyidagi oyati nozil bо‘lgan. 
    Qadr surasi. “Mehribon va Rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman). 
    2
    Абдулазиз Мансур. Қуръони Карим маъноларининг таржима ва тафсири. Бақара сураси. “Тошкент ислом 
    университети”, 2007, 50 б. 



    1. Albatta. Biz uni (Qur’onni “Lavhul-mahfuzdan birinchi osmonga) Qadr 
    kechasida nozil qildik.
    2. (Yey, Muhammad!) Qadr kechasi nima ekanini Sizga ne ham anglatur?! 
    3. Qadr kechasi ming oydan yaxshiroqdir. 
    4. U (kecha)da farishtalar va Ruh (Jabroil) Parvardigorlarining izni bilan (yil 
    davomida qilinadigan) barcha ishlar (rejasi) bilan (osmondan erga) tusharlar. 
    5. U (kecha) to tong otguncha salomatlikdir.”
    1
    Da’vatning о‘ninchi yili haj mavsumida Payg‘ambar Makkaning shimolida 
    “Aqaba” degan tepalikda Yasrib (Madina)dan kelgan 6 kishini islomga qabul 
    qiladi. Bu uchrashuv islom tarixida “Birinchi Aqaba bay’ati” deb nom oldi. Ular 
    “bay’at” (qasamyod) qildilar. Keyingi ikki haj masumida madinaliklardan 12 kishi, 
    uchinchisida 75 kishi ishtirok etdilar. Bu voqelardan sо‘ng Rasullulloh Madinaga 
    hijrat qilishga qaror qiladi. 
    Muhammad (s.a.v.) dastaval madinaliklarni birlashtirish choralarini izladi va 
    topdi. Madinadagi ikkita asosiy qabila avs va hazrajlar doimo olishib kelardilar. Bu 
    olishuvning davom etishi aslo mumkin emasdi. 
    Chunki har yili Makka ziyoratiga kelgan Madinaning AVS va xazraj qabilalari 
    vakillari payg‘ambarga sodiqlikka, yordam berishga va’da qilib, Yasribga kо‘chib 
    borishga kо‘ndirishadi. 622 y. 20 sentabrda Madinaga kо‘chib о‘tadilar.
    Islomning Madina davri katta tarixiy ahamiyatga ega. Musulmonlar birinchi 
    marta alohida diniy jamoa (umma) bо‘lib yashay boshladilar. Bu esa diniy 
    qoidalarini takomillashtirishni tezlashtirib yubordi. Namoz, azon, rо‘za, zakot 
    tahorat, ibodat va boshqa amallari ishlab chiqiladi. Musulmonlar namoz 
    о‘qiladigan kun juma deb belgilandi. Ka’ba muqaddas xaj ziyoratgohi deb 
    belgilandi. U islom dinining asosiy ziyoratgohi Qiblaga qarab namoz о‘qiladigan 
    bо‘ldi. Madinada birinchi masjid, Payg‘ambarning uylari quriladi. Madinaga 
    kо‘chib kelganlar muhojirlar, madinaliklar ansorlar (yordamchilar) deb ataladi.
    Islom dini paydo bо‘lgunga qadar Arabiston jamiyatida tartibni saqlash 
    vazifasini asosan xakamlar bajargan.
    Qabilalar, urug‘lar va jamoalar о‘z nizo va janjallarini о‘z kohinlarining ajrimi 
    bilan hal qila olmasalar, hakamga murojaat etganlar. Hakamlikka eng hurmatli va 
    obrо‘li odam chaqirilgan. Qonunchilik va sud xokimiyati hakam qо‘liga 
    vaqtinchalik topshirilgan va u nizo taraflarini yarashtirgan, ba’zan arab 
    qabilalarining siyosiy faoliyatiga aralashgan. 
    Yasribda Muhammad (AS) aynan shunday hakam sifatida chaqirilgan. 
    Hakamlik faoliyati Payg‘ambarning Yasribda siyosiy va ma’naviy yо‘lboshchi 
    sifatidagi mavqeini yanada kuchaytirishga kо‘maklashgan. Vaqtinchalik 
    chaqirilgan hakamdan doimiy xakamga aylangan.
    Muhammad (AS) hayotining sо‘nggi yillarida Arabistondagi turli qabilalar 
    vakillarining Payg‘ambar xuzuriga о‘z nizolarini ajrim qilib berishini sо‘rab 
    kelgan. 
    1
    Абдулазиз Мансур. Қуръони Карим маъноларининг таржима ва тафсири. “Тошкент ислом университети”, 
    2007, 598 б. 



    Arabiston musulmonlari kо‘z о‘ngida Muhammad (SA) mohiyat e’tibori bilan 
    о‘z xokimiyatini emas, balki Alloh xokimiyatini amalga oshirgan. Shu ma’noda 
    Qur’oni karim suralarida Muhammadning barcha amallari va buyruqlari yuz 
    bergan voqealar zamirida Allohning irodasi yotishi qayta qayta ta’kidlanadi. 
    Muhammad (s.a.v.) ning xuddi diniy ruhi kabi tiniq siyosiy ongi natijasida 
    musulmon jamoasi Nizomi yuzaga keldi. Bunga kо‘ra, ansor (madinaliklar) va 
    muhojir (makkalik) lar yagona bir jamoa (umma) bо‘lib, bunga о‘z e’tiqodlariga 
    kelgan holda yahudiylar va mushrikiylar ham kirar edilar. Umma teokratik (diniy 
    ruhdagi) siyosiy tashkilot bо‘lib, Muhammad (s.a.v.) uning ham diniy, ham 
    dunyoviy, ham xarbiy rahbari bо‘ldi. Natijada, qarama-qarshi manfaatlar barham 
    topib, barcha janjalli masalalarni xal etish Allohning rasuli(yelchisi) Muhammad 
    (s.a.v.) ixtiyoriga о‘tdi. Etnik ziddiyatlarni hal etish yо‘li topilgach, Muhammad 
    (s.a.v.) yangi dinning rasm rusumlarini shakllantira boshladi. Avvalo, Ka’baga haj 
    qilish, tahorat qilish, namoz о‘qish, rо‘za tutish rasm rusumlari ishlab chiqildi. 
    Birinchi masjid qurilib, unda musulmonlar namozni Quddusi sharif (Iyerusalim)ga 
    qarab о‘qidilar. 1,5 yil о‘tgach, musulmonlar nigohi Makkaga qaratildi. 

    Download 0,63 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




    Download 0,63 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Islom dinining vujudga kelishi. Muhammad ibn Abdulloh-din da’vatchisi va

    Download 0,63 Mb.
    Pdf ko'rish