Qur’on - islom dinining muqaddas kitobi




Download 0,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/18
Sana22.01.2024
Hajmi0,63 Mb.
#142787
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
\'ÈÑËÎÌ ÄÈÍÈ ìàúð 2021-22 ËÎÒÈÍ

Qur’on - islom dinining muqaddas kitobi.
Islom tarixiga kо‘ra Qur’onning sura va oyatlari Muhammad payg‘ambarga 
parcha-parcha tarzida vahy qilib borilgan; bu vahyning birinchi bayoni «Laylatur 
qadr» kechasi boshlanib, ularning vafotlarigacha, ya’ni 23 yil davom etgan. Islom 
dini, nur imon va hidoyatining boshlanishi bо‘lgan ana shu tun diniy an’ana 
bо‘yicha hijradan 12 yil oldin ramazon oyining 27-kuniga о‘tar kechasi melodiy 
hisob bilan 610 yilning 31 iyulidan 1 avgustiga о‘tar kechasi deb hisoblanib, 
Qur’onni vahy qilinishning boshlanishi tо‘g‘risida 97-«Qadr» surasida 
ifodalangan. «Albatta Biz u (Qur’on)ni Qadr kechasida nozil qildik. (Yey 
Muhammad) Qadr kechasi nima ekanini Sizga ne ham anglatur?! Qadr kechasi 
ming oydan yaxshiroqdir?!» (97,1-3). 
Islom manbalarida rivoyat qilinishicha, Muhammad payg‘ambar 40 yoshga 
etganlarida, ya’ni 610 yili Makka shahri yaqinidagi Hiro nomli g‘orda yolg‘iz 
qolib, ibodat bilan mashg‘ul paytlarida, farishta Jabroil (a.s.) ularga birinchi bor 
Qur’on oyatlarini keltirganlar. Odatda Jabroil (a.s.) payg‘ambar Muhammad 
(s.a.v.)ga oyatlarni о‘qib berar, ular yodlab olib, о‘z izdoshlariga etkazar edilar. 
Ular ham о‘z navbatida shunday qilar edilar. О‘sha davrlarda mutlaqo kо‘pchilik, 
shu jumladan Muhammad payg‘ambar ham о‘qish, yozishni bilmaganliklari uchun 
yodlab olish u davrning birdan bir usuli bо‘lgan. Bu vahy melodiy yil hisobida 22 
yil, hijriy esa 23 yil davom etgan. Oyatlarda odamlarning savollariga javob berib, 
ularni tо‘g‘ri yо‘lga etaklagan, yuz bergan hodisalarni talqin qilib berilgan. Biron 
hukmning tо‘g‘ri yoki notо‘g‘ri ekani bayon qilinabergan. Muhammad 
payg‘ambar (s.a.v.) vafot etganlarida ularning safdoshlari Qur’onni yod bilganlar. 
О‘sha paytda oz sonli kishilargina о‘qish-yozishni bilganlar. Savodli musulmonlar 
yozish imkoni bо‘lgan narsalarga Qur’on oyatlarini aniqlik bilan yozib borganlar. 
Muhammad payg‘ambar (s.a.v.) vafotidan sо‘ng Qur’oni karim suralarini 
tо‘plash va mushaf qilish xalifalar Abu Bakr, Umar ibn al-Xattob, Usmon, ibn 
Affon davrlarida amaga oshirilgan. Dastlabki jamlangan Qur’onni (Suhufni) xalifa 
Usmon (r.a.) barcha mushaflarni tо‘plab, taqqoslab chiqish va ularga bо‘lajak 
Qur’onning yagona nusxasini tayyorlashga amir bergan va bu ishga bosh bо‘lgan. 
Usmon (r.a.) amrini bajarish uchun tо‘rt kishilik guruh belgilangan. Unga 
Zayd rahbarlik qilgan, uning tarkibiga Qur’onni yaxshi bilgan sahobalardan az-
Zubayr, al-Os, ibn Hishomlar kiritilgan. Bular barcha nusxalar va topilgan 
suralarni qaytadan tekshirib, taqqoslash asosida yagona nusxani tayyorlagan. 
Ilgarigi shaxsiy nushalarning barchasi yо‘qotilgan. Yangiddan kо‘chirilgan yagona 
nusha tarixda «Mushafi Usmoniy» deb nom olgan. 
Mushaf qо‘lyozmasi tayyor bо‘lgandan keyin (651 yil) tez orada Usmon 
(r.a.) buyrug‘i bilan undan yana 3 ta (ba’zi ma’lumotlarga kо‘ra ettita nusxa) 
qо‘lyozma kufiy alifbosida kо‘chirilgan va о‘qishda hamda ibodatda barcha erlarda 
Qur’onning yagona matnidan foydalanishni amalga kiritish maqsadida, bu nusxalar 
Kufa, Basra, Damashq va boshqa shaharlarga yuborilgan. 


13 
Hozirgi kunda Islom olamida 4 ta qadimiy Mushaf nusxalarining borligi 
ma’lum. Ulardan biri Madinada saqlanayotgan asl nusxa bо‘lib, islom 
manbalarida u «Imom» nomi bilan tilga olingan. Ikkinchi nusxa Ka’bada, 
uchunchi nusxa Qoxiradagi Misr milliy kutubxonasida saqlanmoqda. Tо‘rtinchisi 
Toshkentda О‘zbekiston xalqlari tarixi muzeyida saqlanib, 1989 yil boshlarida 
О‘zbekiston musulmonlari diniy idorasiga topshirilgan. 
Yendi Qur’onning ichki tuzilishi masalasiga e’tibor qilamiz. Qur’onda 114 
ta sura, 6226 ta oyat borligi e’tirof etilgan. Ammo Qur’on matnlarini 
taqsimlanishiga asosan oyatlar soni 6204, 6232, hatto 6666 gacha belgilangan va 
uni kitob shakliga keltirishda muayyan usul qо‘llangan. 
Suralar Qur’onda о‘z mazmuniy izchilligiga yoki о‘qilgan vaqtiga qarab 
joylashtirilgan. Suralarning hajmi ham har xil: eng katta hajmiga ega bо‘lgan 2-
«Baqara» surasida 286 oyat bor, eng kichik suralar faqat 3 oyatdangina iborat. 
Uzun suralar kitobining boshidan, qisqa suralar uning oxiridan о‘rin olishi, 
tadqiqotlarda aniqlanishicha, qadimiy arablarning va umuman old Osiyodagi 
somiy xalqlarning an’anasi bilan bog‘liq bо‘lgan. Xilma-xil yozuvlar, rivoyatlar 
yoki adabiy asarlar tо‘planib kitob qilganda, katta hajmdagi asarlar birinchi 
о‘rinda, kichiklari keyin joylashtirilar ekan. Zayd Ibn Sobit ham Suhufni tо‘plab 
dasxat qilishda ana shu an’anaga amal qilgan bо‘lishi mumkin. 
Qur’oni Karim tuzilishi haqidagi gapni davom ettirsak, undagi har bir sura, 
oyatlar yig‘indisidan iborat. «Oyat» sо‘zi faqat Qur’onning о‘ziga xos iborasi 
bо‘lib, «mо‘jiza», «hikmat», «ilohiy», «alomat, belgi», ma’nolarini anglatadi. 
Oyatlarning hajmi ham har xil: ayrim oyatlar bir necha tugal fikrni 
bildiradigan katta bir jumladan (masalan, 2,255-Oyat-al-Kursiy) iborat bо‘lgan 
holda, ayrim oyatlar faqat ikki sо‘zdan (gapning bir qismidan)gina iborat. Masalan: 
1. Osmon yorilganida, 
2. yulduzlar (har tomonga) sochilganida, 
3. dengizlar qо‘shilib tо‘siqlar ochilganida, 
4. qabrlar ag‘darilganida (qiyomat qoyim bо‘lganida), 
5. (har bir) jon о‘zi (dunyoda) qilib о‘tgan va qoldirgan (barcha) narsalarni 
(amallarni) bilur! (82:1-5). 
Qur’on-muqaddas kitob, uning mazmunini Alloh sо‘zlaridan iborat deb 
hisoblash ham Qur’onning о‘zidagi kо‘rsatmalariga asoslangan: «U (Alloh) 
bundan ilgari yuborilgan (kitoblar)ning tо‘g‘riligini tasdiqlab, senga haqiqat 
kitobini yubordi», «Biz Nuhga, Yaqubga va uning avlodlariga, Isoga, Ayyubga, 
Yunusga, Xorunga, Sulaymonga qanday vahy qilgan bо‘lsak hamda Dovudga 
Zoburni qanday yuborgan bо‘lsak, senga ham о‘shanday vahy yubordik», «Sening 
Qur’onni odamlarga parcha-parcha qilib о‘qib berishing uchun biz uni bо‘laklarga 
bо‘lib senga yubordik». 
Biz keltirgan va bundan boshqa kо‘p oyatlardan shunday xulosa kelib 
chiqadiki, Qur’on о‘zidan ilgarigi diniy yozuvlarni inkor etmaydi, balki ularni 
tasdiqlash va о‘sha yozuvlardagi diniy yо‘llanmalarni oxiriga etkazish uchun 
yuborilgan muqaddas kitob deyiladi. Islom ham о‘zidan ilgarigi diniy 


14 
e’tiqodlarning vorisi, Muhammad (s.a.v.) esa о‘zlaridan ilgari о‘tgan barcha 
payg‘ambarlarning ishini yakunlovchi va oxirigi etgazuvchi rasul-yelchi deb 
taniladilar. 
Qur’oni karim islomda muqaddas kitob, barcha bilimlar manbai, qonunlar 
tо‘plami, mazmuni osmondan Xudo vahy qilgan deb e’tiqod qilinadi. Qur’ondagi 
har bir suraning nomi bor, bu nom sura boshlanishida sarlavha qilib berilgan. 
Olimlarning fikricha, suralarning nomlari dastlabki vaqtda bir necha sо‘zdan 
tuzilgan jumlalardan iborat bо‘lgan, keyinchalik qisqara borib, о‘sha jumladan 
bironta sо‘z saqlanib qolgan bо‘lishi mumkin. shuning uchun 2-sura Baqara 
(Sigir), 16-sura Nahl (Asalarilar), 27-sura Naml (Chumolilar) deb nomlangan 
bо‘lsa, bunga hech ham ajablanish kerak emas. О‘sha suralarda tegishli rivoyatlar 
keltirilgan. Dastlabki shaklida «Ana shunday rivoyatlar haqida sura» tipidagi 
uzunroq nom bо‘lgan va keyinchalik qisqargan bо‘lsa, о‘z-о‘zidan tushunarli 
xoldir. 
Qur’ondagi 29 ta suraning boshlanishida bir yoki bir necha alohida harflar 
bor. Ilohiyot kitoblarida va tafsirlarida bu harflar «al-huruf al-muqatta» (alohida, 
bir-biridan uzuq harflar) deb ataladi. Masalan, 3, 29, 30, 31, 32-suralarning 
boshlanishida-«alif», «lom», «mim», 10, 11, 12, 13, 14, 15-suralar boshida «alif», 
«lom», «ro», 19-surada-«Kaf», «Ho» (hoy havvaz), «YO», «Ayn», «Sod» va 
hokazo. Diniy adabiyotda asosan «bu harflarning mazmuni sir, uni faqat 
Payg‘ambar Muhammad (s.a.v.) о‘zlari bilganlar», ularga «Qur’onning siri» degan 
fikr aytilgan. Faqat yirik mufassirlarning bu harflardan ba’zilarini Allohning 
sifatlari deb ta’riflagan hollari uchraydi. 
Qur’on matni sura va oyatlardan tashqari yana 30 ta «juz» (о‘zbekcha 
«pora») larga bо‘lingan. Shuni aytish kerakki, pora sura va oyatlarga о‘xshab 
Qur’onning ilk tuzilishi bilan bog‘liq emas, balki о‘qishda qulaylik tug‘dirish 
uchun keyinchalik Qur’on matnini hajm jihatidan teng bо‘laklarga bо‘lishdan 
iborat bо‘lgan. Shu sababli eng uzun 2-sura poradan kо‘proq bо‘lgani holda, oxirgi 
qisqa suralardan 37 tasi bir porani tashkil etadi. 
Qur’on yirik tarixiy va madaniy yodgorlik sifatida axloq, insof, vijdon, 
halollik kabi sohalaridagi umumbashariy ahamiyatga molik yо‘l-yо‘riqlar, 
qoidalari hozirda ham g‘oyat zarur ekanligini alohida ta’kidlash lozim. 

Download 0,63 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Download 0,63 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qur’on - islom dinining muqaddas kitobi

Download 0,63 Mb.
Pdf ko'rish