Islom shakllanishidagi tarixiy sharoit. Johiliya davridagi kо‘pxudolik




Download 0,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/18
Sana22.01.2024
Hajmi0,63 Mb.
#142787
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
\'ÈÑËÎÌ ÄÈÍÈ ìàúð 2021-22 ËÎÒÈÍ

Islom shakllanishidagi tarixiy sharoit. Johiliya davridagi kо‘pxudolik. 
Islom tarixida bu din kelmasidan avvalgi davr johiliya yoki johiliyat davri deb 
yuritiladi. “Johiliya” sо‘zi adabiy arab tilida “bilmaslik”, ya’ni “yagona xudo-
Allohni tanimaslik” ma’nolarini beradi. Bu sо‘z islom olimlari tomonidan 
islomdan avvalgi davrga nisbatan ishlatiladi. Ba’zi tadqiqotchilar johiliya davri 
100-200 yil davom etgan degan fikrni bildiradilar. Ammo ushbu davrni aniqlash
yozma adabiyotning ozligi sabab mushkul.
Mil.av. 8 asrdayoq har bir arab qabilasi о‘z sanamiga ega edi. Tez tez bо‘lib 
turadigan qabilalararo urushlardan sо‘ng, odatda, mag‘lub qabila g‘olib sanamiga 
sig‘ina boshlardi. Arabistonning turli erlarida muayyan sanamlarning qarorgohi 
mavjud bо‘lib, ular ziyoratgohlar sifatida ma’lum edi. Ulardan biri Makkadagi 
Ka’ba edi. Makka qadimgi Arabistonning diniy markaziga aylangach, u erdagi 
Ka’baga sanamlar tо‘plandi. Makka fath etilgan 630 yili Ka’ba ichida 360 ta sanam 
bо‘lgan. Sanamlar uchun bu raqam juda katta kо‘rinadi, ammo muayyan sanam bir 
necha qabilada ehtirom qilingan bо‘lsa, u Ka’baga shuncha nusxada qо‘yilgan 
bо‘lishi mumkin.
Islomgacha badaviy (kо‘chmanchi) arablarda urug‘ ruhi yoki oila dini etakchi 
bо‘lgan. Badaviylar arab xalq og‘zaki ijodi va yozma adabiyotining asoschilari 
edilar. Shuning uchun janubiy arablarning lahja (dialekt)lari yо‘q bо‘lib ketdi, 
ammo shim. Arablarning lahjalari saqlanib, u Qur’on tili sifatida xamon yashab 
kelmoqda. 

asr 
boshigacha 
kо‘chmanchilar yashaydigan sahrolarda 
kо‘pxudochilik saqlangan bо‘lsa. О‘troq aholi yashaydigan joylar har tomonlama 
tashqi ta’sirga uchragan edi. Makka shahrida bо‘ladigan katta bozorlarga savdo-
sotiq uchun na faqat kо‘p xudochilikka ishonuvchilar, shu bilan birga xristian va 
yahudiy dinlaridagi yakkaxudoga sig‘inuvchilar ham kelishardi. Islomning vujudga 
kelishi, arablar orasida vahdoniyatga asoslangan dinning qaror topishi, arab 
qabilalarining yakkaxudo-Alloh g‘oyasi atrofida birlashishi Abdullohning о‘g‘li 
Muhammad (s.a.v.) nomi bilan chambarchas bog‘liq. 6 asrning oxiri 7 asrning 
boshlarida, ayniqsa. Hijoz arablari yakkaxudochilikka о‘tishga ma’lum ma’noda 
tayyor edilar. Biroq, baribir bir qadriyatning qadrsizlanishi hali odamlar ongiga 
1
(CD-ROM диск: Энциклопедия стран мира. Version 1.0. Copyright 2001. Studio Korax). 



singmagan g‘oyani qadriyatga aylanib, ularning qalbida о‘rin olishi uchun hayotini 
shunday ezgu ishga bag‘ishlagan jasoratli va tashkilotchi bir shaxs kerak edi. 

Download 0,63 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Download 0,63 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Islom shakllanishidagi tarixiy sharoit. Johiliya davridagi kо‘pxudolik

Download 0,63 Mb.
Pdf ko'rish