• «salom - tinchlik»
  • Reja: Islom shakllanishidagi tarixiy sharoit, Islom dinining vujudga kelishi




    Download 0,63 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet8/18
    Sana22.01.2024
    Hajmi0,63 Mb.
    #142787
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
    Bog'liq
    \'ÈÑËÎÌ ÄÈÍÈ ìàúð 2021-22 ËÎÒÈÍ

     
    ISLOM (arab.-bо‘ysunish, itoat etish, о‘zini Alloh irodasiga topshirish)-
    jahonda uch din (buddaviylik, xristianlik bilan bir qatorda)dan biri. Islom diniga 
    e’tiqod qiluvchilar arabcha “muslim” deb ataladi.
    Etimologik jihatdan «Islom» atamasi «salima» о‘zagidan olingan bо‘lib, 
    dastlab «salom - tinchlik» ma’nosini anglatdi. U islomdan avval arablarda hukm 
    surgan «johillik» ziddi sifatida ishlatildi. Furqon surasining 63 oyatida aynan shu 
    ma’noda: “Rahmon (Alloh)ning bandalari er yuzida ohista yuradilar, johillar ularga 
    xitob qilsalar, «salom» deb javob beradilar”, - deyilgan. Bu oyat nima uchun 
    arablarning Muhammad (sav) dan oldingi davri «johiliya» va uning davri «islom» 
    deya atalganini aniq izohlab berayapti.
    Keyin «salima»dan olingan IV – bob «aslama» fe’li (Allohga) bо‘ysunmoq, 
    itoat etmoq, о‘zini bag‘ishlamoq ma’nolarida ishlatila boshladi. Shu fe’lning 
    sifatdoshi «muslim» Allohga itoat etuvchi va uning payg‘ambarlariga (qaysiki 
    bо‘lishidan qat’i nazar Ibrohim (as), Muso (as), Iso (as) va Muhammad (as)larga) 
    ergashuvchi barcha insonlarga nisbat qilindi.
    Qur’on oyatlari: Bas, (yey, Muhammad,) yuzingiz (о‘zingiz)ni doimo tо‘g‘ri 
    bо‘lgan dinda (Islomda) tuting! Insonlarni о‘sha asosda yaratgan Allohning 
    yaratuvchiligini (anglangiz!) Allohning yaratishiga о‘zgartirish yо‘q. Eng tо‘g‘ri 
    din shudir! Lekin kо‘p odamlar bilmaslar (Rum surasi, 30;30). Ibrohim о‘z 
    о‘g‘illariga, shuningdek, (nabirasi) YA’qub ham shu dinni vasiyat qilib dedilar: 
    “О‘g‘illarim, albatta, Alloh sizlar uchun shu dinni tanladi. Bas, musulmonlik 
    holingizdagina dunyodan о‘tingiz!” (Baqara surasi, 2;132). Iso ulardan kufrni 
    sezgach, aytdi: “Alloh sari (borishimda) menga yordamchilar kim?” Havoriylar 
    aytdilar: “Biz Alloh (dinining) yordamchilarimiz. Allohga imon keltirdik va 
    Allohga (bо‘yin sinuvchi) musulmon ekanimizga guvoh bо‘lgin (yey, Iso!) (Oli 
    Imron, 3;52). Nihoyat, Moida surasining 3 - oyatida «Islom» sо‘zi ayni 
    Muhammad (sav) e’lon qilgan dinga nisbatan ishlatildi. «Bugun dininglarni 
    takomuliga etkazdim, sizlarga ne’matimni oxirigacha berdim va dininglar «Islom» 
    bо‘lishiga rozi bо‘ldim».
    Demak, «Islom» lug‘aviy jihatdan Allohga itoat etish, о‘zlikni unga 
    bag‘ishlash ma’nolarida johiliya arablarining о‘jarligi, qiziqqonligi, takabburligiga 
    zid qо‘yildi. Sunniy ulamolar orasida keng tarqalgan fikrga kо‘ra «ad – din» 
    tushunchasi «al – islom», «al - imon» (Allohning va uning Rasuli Muhammad 


    17 
    (sav) bergan barcha xabarlarning haqligi) hamda «al - ihson» (husni axloqqa 
    asoslangan amallar)ni о‘z ichiga oladi.
    ASSALOMU ALAYKUM (arab. sizga tinchlik, salomatlik tilayman) -
    musulmonlar о‘zaro uchrashganda ishlatiladigan salomlashuv iborasi. Salom qabul 
    qiluvchi "Va alaykum assalom" ("Sizga ham tinchlik, salomatlik tilayman"), deb 
    javob qaytaradi. A.a. tanigan va tanimagan musulmonlarga beriladi. Kichik 
    yoshdagilar yoshi ulug‘larga, ulov mingan odam piyodaga, piyoda ketayotgan 
    kishi о‘tirganga, ozchilik kо‘pchilikka salom beradi. Assalomu alaykum kо‘pchilik 
    huzuriga kirib о‘tirishda ham aytiladi. Assalomu alaykum deyish sunnat, javob 
    qaytarish esa vojib hisoblanadi. Assalomu alaykum namoz о‘qiyotgan kishining 
    namozi tugaganining alomati hamdir. AS’HOB - q. Sahoba. 
    Muhammad payg‘ambarga nozil bо‘lgan birinchi sura, al-Alaq! Surasidir. 
    Unga kо‘ra insonni ilmga da’vat qilinadi, ilm ulug‘lanadi. 
    "(U) insonni laxta qondan yaratdi. О‘qing! Rabbingiz esa Karamlidir. U 
    insonga qalam Bilan (yozishni ham) о‘rgatdi. U insonga bilmagan narsalarini
    bildirdi. Darhaqiqat inson xaddidan oshar. (Yey, inson!) Albatta, qaytish Rabbing 
    huzurigadir."
    1
    Abu Homid G‘azzoliy falsafasida ham yorqin aks etgan. U о‘zining 
    “Kimiyoi saodat” asarida mо‘minning asosiy burchi qalbni davolash va uni 
    yomonliklardan tozalashdir, deydi. “Ihyo ul-ulum id-din” asarida ilmning fazilati 
    tо‘g‘risida quyidagilarni ta’kidlagan: “Ilm kо‘r qalb kо‘zini ochuvchi, qorong‘u 
    zulmatda nur bag‘ishlovchi va zaif badanlarga kuch-quvvatdir. Ilm bilan banda 
    abrorlar darajasiga kо‘tariladi, oliy martabalarga etishadi. Ilm ustida tafakkur 
    qilish kechani ibodat bilan bedor о‘tkazganga tengdir. Allohga toat-ibodat, 
    tavhidni anglash, Allohni ulug‘lash va taqvo ilm bilan bо‘ladi.”
    2
      
    Mirzo Ulug‘bek Buxoroda qurdirgan madrasa peshtoqiga sahih hadis 
    hisoblanadigan quyidagi jumlani yozishni buyurgan. “Bilim olmoqqa intilmoq, har 
    bir muslim va muslima uchun farzdir”. 
    Muhammad Payg‘ambarga birinchi nozil bо‘lgan “al-Alaq” surasida ham 
    ilmga da’vat bor. Birinchi vahiydanoq ilm olishga da’vat yozuv orqali bо‘lganligi 
    sababli yozuv muqaddas va ilohiydir. Shu bois u san’at darajasiga kо‘tarildi. 
    Qur’onga kо‘ra, “Alloh taolo hamma narsadan avval qalamni yaratdi, unga: 
    “Yoz!”- deb buyurdi. Qalam: YO Rabbim, nimani yozaman? - deb sо‘radi. Alloh 
    unga: “Qadarni yoz!”- dedi. Qalam shu onda bо‘lgan va bо‘ladigan narsalarni 
    yozdi.” 
    3
    Islomda ilmga muhabbat bilan qaralganligi tufayli kitob bezash, xattotlik hamda 
    miniatyura san’atlari rivojlandi. О‘z navbatida yozuv va kitob san’ati islomning 
    rivojlanishiga katta yordam berdi.
    1
    Қуръони Карим маъноларининг таржима ва тафсири. Шайх Абдулазиз Мансур. Т.: 2007,597-б. 
    2
    Имом Абу Ҳомид Муҳаммад ибн Муҳаммад ал-Ғаззолий. Иҳё ул улум ид-дин. -Тошкент: Мовароуннаҳр 
    2003, 1-китоб. 33 б. 
    3
    Раҳматуллоҳ қори Обидов. Пайғамбарлар тарихи исломият тарихидир. Тошкент: Мовароуннаҳр, 2005, 1-
    қисм. 28 б. 


    18 
    Arabcha “iqra’” (о‘qimoq) sо‘zi о‘qi yaqin ma’noli “qr’” о‘zagiga ega bо‘lib, 
    “yod о‘qimoq” va “qiroat qilmoq” degan ma’nolarni anglatadi. Qur’on sо‘zi ana 
    shu о‘zakdan kelib chiqqan.
    Islomning eng asosiy talabi hisoblangan kalimai shahodatda “La ilaha illallohu 
    Muhammadun Rusul-Alloh” (Allohdan о‘zga iloh, Muhammad uning 
    payg‘ambaridir), deb uqtiradi. Qur’oni Karimda Allohning yagonaligi va buyukligi 
    juda kо‘p bor Qur’oni Karimda ta’kidlanadi.
    1
    Baqara surasi. 255. “ Alloh-undan о‘zga iloh yо‘qdir. (U) hamisha barhayot 
    va abadiy Turuvchidir. “
    3
    Birinchi bо‘lib Bibi Xadicha, keyin amakivachchasining о‘g‘li Xaydar (Ali) , 
    asrandi о‘g‘li Zayd ibn Xoris islomga kiradi. Biroq, Makkadagi boshqa 
    qabiladoshlari Muhammad (s.a.v.) targ‘ibotlariga tish tirnoqlari bilan qarshi 
    chiqdilar.
    AdliY. Islomgacha qonga qon olish qoidasi amal qiladi: agar bir jamoa a’zosi 
    boshqa jamoa vakilini о‘ldirsa yoki yarador qilsa, birinchi jamoa qasos olish 
    huquqiga ega bо‘ladi. Qur’onda Kimki u qasosni sadaqa qilib kechib yuborsa, u 
    gunohlariga kafforatdir. Alloh nozil etgan oyatlar bilan hukm qilmaydiganlar, anna 
    о‘shalar zolimlardir. (Moida surasi, 45-oyat.) 
    Undan tashqari Qur’oni karim bir mо‘min boshqa mо‘minni qasddan о‘ldirsa, 
    uning jazosi jahannamdir degan. 

    Download 0,63 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




    Download 0,63 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Reja: Islom shakllanishidagi tarixiy sharoit, Islom dinining vujudga kelishi

    Download 0,63 Mb.
    Pdf ko'rish