Reja: Islom shakllanishidagi tarixiy sharoit, Islom dinining vujudga kelishi




Download 0,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/18
Sana22.01.2024
Hajmi0,63 Mb.
#142787
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
\'ÈÑËÎÌ ÄÈÍÈ ìàúð 2021-22 ËÎÒÈÍ

Ma’rifat va haqiqat 
Haq yо‘liga kirgan darveshning ana shunday ruhiy iztiroblar safaridan sо‘ng 
qо‘lga kiritgan ma’naviy ma’rifatini Sari Saqatiy «tavhid» (birlashish – Alloh 
birligini idrok etish), Ma’ruf Karxiy va Abusaid Xarroz «fano» (yо‘qolish) deb 
atadilar. Zerokim, solik о‘zi bilan Iloh orasidagi masofani qisqartira borib, vujud 
tо‘siqlari (moado, mosivo, parda)ni yengib о‘tib, shaxsiy «Men»dan qutuladi va 
tо‘laligicha Mutlaqiyatga qо‘shilib, u bilan qorishib, erib ketadi. Sо‘fiylar buni 
qatraning dengizga qо‘shilishi yoxud qizitilgan temirning olov bilan bir xil tus 
olishi bilan qiyoslab tushuntirganlar. Darhaqiqat, qatra – dengizdan nishona, 
dengizning mohiyati qatrada ifodalangan. Shu singari inson ruhida ham Iloh 
sifatlari mujassam. Biroq moddiylik uni Ilohdan ajratib turadi. Aslidan ajralgan, 
vaqtincha g‘ariblikda, musofirlik (safar)da bо‘lgan inson ruhi hijron dog‘ida 
qiynalib azob chekadi. Ammo ruh moddiylikdan poklansa, musaffo shabnamday 
bо‘lib, Dengizga – о‘z asliga borib qо‘shilishi mumkin. Bu vasl faqat ilohiy 
ma’rifat orqali, ya’ni о‘z-о‘zini anglash, tanish va shu asosda о‘z Rabbini tanish 
oraqli qо‘lga kiritiladi. 


29 
Shunday qilib, ilohshunolsik ilmi teosofiya bо‘lgan irfon yoki ma’rifat 
(«ma’rifat» sо‘zi arabcha «arafa» – bilmoq sо‘zidan yasalgan) tariqatning hosilasi 
va bevosita davomidir. Xо‘sh, ma’rifatning nishonasi nima, qanday kishi 
ma’rifatga noil bо‘la oladi? Bu savollarga yuqorida qisman javob berilganday 
bо‘ldi. Ammo shunga qaramay, buni kengroq sharhlashga majburmiz, chunki 
tasavvufda ma’rifat tushunchasi maxsus о‘rin egallaydi va uning о‘z ta’rifi, 
haqiqatlari bor. Sо‘fiylar nazarida ma’rifat fikrdan oldin ketadigan va shubhaga 
zarracha asos qoldirmaydigan ilmdir. Ma’rifat ilmi botiniy ilm deb ham yuritilgan. 
Chunki tasavvuf ahli dunyoviy va diniy ilmlarni birga qо‘shib, «zohiriy ilmlar» 
deb ataganlar. Ularning uqtirishicha, zohiriy ilmlar bilan Xudoni bilish qiyin. 
Biroq, boshqa bir nuqtai nazar ham bor: garchi zohiriy bilimlar Haq taolo asrorini 
anglashga yaroqsiz bо‘lsa-da, lekin dunyoni bilish Ollohni bilishning birinchi 
bosqichi, ya’ni Ollohni bilish dunyoni bilishdan boshlanishi kerak, chunki dunyo – 
kasrat kо‘plik olami, Ollohning ijodi. Uning sifatlari, qudratini namoyon etib 
turadigan kо‘zgu. Tasavvuf nazariyotchilaridan biri Abdurazzoq Koshoniy Ibn 
Arabiy qarashlariga suyanib, ma’rifatga bunday ta’rif bergan: «Ma’rifat muxtasar 
ilmlarni tafsilotlar suratida tanimoqdir, ilohiy ma’rifat ilohiy zot va sifatlarni ahvol 
va hodisalar tafsili va nuzul amrlar suratida tanish demak». Buning ma’nosi shuki, 
Muxtasar mavjudlik va mutlaq foil (ish egasi) Ollohning о‘zi bо‘lib, Uning ilmi 
kasrat olamida tafsillik topadi, muayyanlashadi. Bundan yana quyidagi fikr kelib 
chiqadi: moddiy dunyodagi jamiki ilm, insonlarning tо‘plagan hikmat-donishlari
hali ochilmagan barcha siru asrorlar Ollohga tegishli, Olloh – hikmatlarning 
jamuljami, bizning bilimlar esa – Uning tafsiri, sharhi. Demak, biz Rabbimizni 
bilish uchun tafsirdan Buyuk aslga qarab borishimiz kerak. 
Ilohiy ma’rifatni egallash martabalari esa quyidagicha: 
1. Solik har bir narsani kо‘rganda, uni Mutlaq foilning asari deb bilsin, ya’ni 
dunyo va boshqa olamlar о‘z-о‘zidan mavjud emas, balki ular abadiy va azaliy, 
qodiru xoliq, ahadu samad Parvardigorning sun’idan yaralgan va Parvardigor 
tufayli mavjud ekaniga biru bor ishonsin, iymon keltirsin. 
2. Mutlaq foildan bо‘lgan har bir asarni kо‘rganda tasavvuf va taxayyul bilan 
Mutlaq foil sifatlaridan qaysi sifati zuhuri ekanligini anglab yetsin. Chunki 
Parvardigorning behisob sifatlari bо‘lib, olam о‘zgarishlari, voqea-hodisalar, 
narsalar xususiyati Uning muayyan sifatining natijasidir. 
3. Haq murodi-maqsadini har bir sifat tajallisida (porlashida) anglab yetsin 
(tanisin). 
4. Solik ilohiy Ilm suratini о‘zining ma’rifati suratida tanisin va о‘zini ilmu 
ma’rifat, balki vujuddan ham soqit etsin. Keyingi, tо‘rtinchi martaba tavhid va 
fanoga ishoradirkim, bu haqda alohida tо‘xtalib о‘tamiz. 
Demak, bundan ma’lum bо‘ladiki, garchi Ollohni kо‘rish mumkin bо‘lmasa-da, 
(hatto hazrati Payg‘ambar sallollohu alayhi vasallam ham Me’roj kechasi 
Parvardigor huzuriga yetishganda, Uni bevosita kо‘rganlari yо‘q, balki parda 
orqasidan suhbatlashib, jamolidan bahramand bо‘lganlar), ilohiyot olami «g‘ayb 
olami» deyilsa-da, shunga qaramay, Uni tanish sifatlari orqali Zotini anglash, idrok 


30 
etish mumkin. Hujjatul islom Muhammad G‘azzoliy deydiki, ruhni kо‘rib 
bо‘lmaydi, lekin ruh bor, u – «hastii nestnamoy», ya’ni yо‘qday bо‘lib tuyuladigan 
borliqdir. Masalan, tо‘zon qо‘zg‘olganda, tuproq о‘z-о‘zidan havoga kо‘tarildi deb 
aytolmaymiz. Tuproqni shamol kо‘tarib, tо‘zonga aylantiradi, lekin shamol va 
havo kо‘zga kо‘rinmaydi. Shu kabi ruh ham kо‘zga kо‘rinmaydi, ammo jism 
harakatlari ruhdandir, biz buni jismning xususiyati, harakati orqali bilib olamiz. 
Tasavvuf ahli bilishning falsafiy yо‘llari – tasavvur, his, mantiqiy tafakkur va 
hokazolarni ham eslab о‘tadilar. Biroq ularning fikricha, aqliy-hissiy bilish zohiriy 
– dunyoviy bilimga kifoya qiladi, xolos. Ilohiyotni anglash uchun esa aql ojizdir. 
Ilohiyot ilmi aqlga sig‘maydigan, aql о‘lchovlaridan baland turadigan ilmdir. Ibn 
Arabiy aytadiki, Xudo haqida ham aql tili bilan gapirish mumkin, lekin aql kuchi 
bilan Uni bilish mumkin emas. Aql isbotni talab qiladi, dalil – tajriba bilan ish 
kо‘radi. Vaholanki, Xudoning borligi, zotu sifatlarini dalil orqali isbotlash 
mushkul. «Ma’rifat Haq tomonidan yuboriladi. Bu mening fikrim emas, balki 
ilohiy ilhomdir», deb yozadi Ibn Arabiy. Olloh bilan xilvatda qolgan mard insonda 
shunday xolat yuz beradiki, unda Ilmlardan ilhom paydo bо‘lib, Uning rahmati 
bilan yuksaladi. Darveshdagi bu holat oddiy odamlar va isbot-dalil ahli uchun 
qorong‘idir. Bu avliyolarga yuboriladigan laduniy bilim. Boyazid Bistomiy kalom 
ahliga qarab degan ekan: «Siz о‘z ilmlaringizni jonsiz narsalardan olasiz, biz esa 
abadiy tirik Zotdan olamiz». Boyazid jonsiz narsalar deb moddalar-ashyolarni 
nazarda tutadi. Laduniy – rabboniy bilim Xо‘ja Xizrning bilimiga qiyos etgulik. 
Xо‘ja Xizr hayot suvi – abadiy tiriklik suvini ichgach, u hamma voqeadan, hamma 
ahvoldan, hamma kechinmalardan xabardor; narsalar hosiyati va qonuniyatini 
oldindan biladi, Xudo unga о‘z bilimini tuhfa etgan. 
Asli Ispaniyada tug‘ilib, musulmon olamini kezib chiqqan, о‘zining «Futuhoti 
Makkiya», «Fususul hikam» asarlari bilan tasavvuf falsafasiga ulkan hissa 
qо‘shgan Shayxi kabir Ibn Arabiy (1165–1240) inson bilimlarini uchga bо‘lgan: 
birinchisi – aqliy-hissiy bilimlar, ikkinchisi – hol ilmi (holat, mahol ilmi ham deydi 
u). Uchinchisi – sirru asror ilmi. Birinchi ilm zohiriy fanlar bilan shug‘ullanadigan 
kishilar ilmi bо‘lsa, ikkinchi ilm hol martabasiga kо‘tarilgan sо‘fiylar ilmi 
hisoblanadi, ya’ni vajd holatida kashf etilgan ilm. Uchinchi ilm – avliyolar ilmi. 
Bu ilm muqaddas ruhlar orqali keladi, shu’la – nur kо‘rinishida qalbga kiradi. 
Shu о‘rinda tasavvuf ahli tez-tez murojaat qiladigan bilishning uch xil bosqichi 

Download 0,63 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Download 0,63 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Reja: Islom shakllanishidagi tarixiy sharoit, Islom dinining vujudga kelishi

Download 0,63 Mb.
Pdf ko'rish