• Aynul yaqin
  • – ilmul yaqin, aynul yaqin va haqqul yaqin




    Download 0,63 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet17/18
    Sana22.01.2024
    Hajmi0,63 Mb.
    #142787
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
    Bog'liq
    \'ÈÑËÎÌ ÄÈÍÈ ìàúð 2021-22 ËÎÒÈÍ

    – ilmul yaqin, aynul yaqin va haqqul yaqin tushunchalari ustida 
    tо‘xtalmoqchimiz. Arabcha «yaqin» sо‘zi ishonch, biron narsaga qat’iy ishonchni 
    anglatadi. Bu sо‘z Qо‘r’oni Karimda ham kо‘p qо‘llaniladi. Ilmul yaqin, aynul 
    yaqin, haqqul yaqin – bilishning uch bosqichi. Birinchi bosqich kitobiy, tahsiliy 
    bilimga ishora bо‘lsa, ikkinchi bosqich о‘z ishtirokidagi tajribaviy bilimni 
    anglatadi, uchinchi bosqich esa о‘zi tajriba vositasiga aylanib, haqiqatni anglash 
    bilimidir. 
    Ilmul yaqin – bilim oraqli ishonish. Masalan, deylik, menga tushuntirib 
    aytdilarki, olov issiqdir va u kuydiradi, men bunga ishondim. 


    31 
    Aynul yaqin – tо‘liq ilmiy ishonch, tajriba qilib kо‘rib ishonish. Men о‘zim 
    sinab kо‘rdim: olov haqiqatdan ham issiqdir va u kuydiradi. 
    Haqqul yaqin – haqiqiy ishonch, ya’ni: men о‘zim olovda yondim va olovning 
    yondirish kuchi, xususiyatiga batamom ishondim. Bu – Haqqa yetish ilmi. 
    Kо‘rinadiki, yuqorida Ibn Arabiy tasnif etgan ilm darajalari bilan hozir ta’rif 
    etganimiz uch bosqich orasida yaqinlik bor. 
    Alisher Navoiyning «Lisonut tayr» asarida «Parvonalar majmu’i sham’ haqiqati 
    sharhida» («Faqru fano vodiysining adosi» bobi) degan hikoyat bor. Unda 
    keltirilishicha, parvonalar bir kecha yig‘ilishib, sham’ga tolib bо‘ladilar; kelishib 
    olib, sham’ning mohiyatini anglamoqchi bо‘ladilar. Shunda ulardan biri sham’ga 
    yaqinlashadi, uning munavvar nurini kо‘rib, qaytib kelib boshqalarga hikoya 
    qilmoqchi bо‘ladi. Ammo parvonalar uning sо‘zidan hech narsa anglamaydilar, 
    chunki u sham’ nima ekanini tushuntirib bera olmaydi. Shu zaylda yana bir necha 
    parvona sham’ atrofini aylanib kelib, kо‘rganlarini sо‘zlaydi. Lekin «topmadi 
    mushkul kushod andin dog‘i», maqsad amalga oshmaydi. 
    G‘azzoliy nazarida oliy darajadagi mustahkam iymon sо‘fiy iymonidir, 
    shuning uchun fano yо‘lidagi beintiho ishqni islomning zaruriy ruknlaridan 
    hisoblamoq kerak. Imom G‘azzoliy о‘zining «Yehyo ul ulum vad din» (Diniy 
    ilmlarning qayta tirilishi) va «Kimyoi saodat» (Saodat kimyosi) nomli 
    kitoblarida tasavvufni islom ilmlarining tarkibiy qismi sifatida chuqur 
    о‘rgangan, tariqatni odam axloqini poklovchi va halok etuvchi xislatlardan 
    qutqaruvchi yо‘l deb kо‘tsatadi.
    Uyg‘onish davrining etuk mutafakkiri Alisher Navoiy ham barkamol insonni 
    Xudo darajasiga kо‘taradi. Uning asarlarida insonning ruhiy ma’naviy kamolotga 
    etish jaroyoni har tomonlama tahlil qilinadi.

    Download 0,63 Mb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




    Download 0,63 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    – ilmul yaqin, aynul yaqin va haqqul yaqin

    Download 0,63 Mb.
    Pdf ko'rish