• Tasavvuf (sufizm ta’limoti) va tariqatlari
  • TARIQAT, MA’RIFAT, HAQIQAT
  • Reja: Islom shakllanishidagi tarixiy sharoit, Islom dinining vujudga kelishi




    Download 0,63 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet15/18
    Sana22.01.2024
    Hajmi0,63 Mb.
    #142787
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
    Bog'liq
    \'ÈÑËÎÌ ÄÈÍÈ ìàúð 2021-22 ËÎÒÈÍ

     Kalom ilmi. «Kalom» sо‘zi arab tilida gap, suhbat, til, sо‘zlashuv, nutq va bayon 
    ma’nolarini anglatadi. Istilohiy ma’noda esa, musulmon kishining e’tiqodi, aqidasi 
    va dunyoqarashini belgilab beradigan ta’limotga aytiladi. Boshqacha aytganda
    balog‘atga etgan kishining e’tiqodi, imon keltirishi, islom dinining talablari 
    shaklida tasdiqlashi shar’iy e’tiqodiy hukmlarga aytiladi. Islom ta’limoti bо‘yicha 
    barcha payg‘ambarlarning Allohga imon keltirishga da’vatlari eng asosiy vazifalari 
    deb qaralgan. Shunday bо‘lsa-da, ularning tutgan shariat yо‘llari turlicha 
    bо‘lganini alohida ta’kidlash kerak. 
    Bir qator olimlar «Tavhid» ilmida Allohning yagonaligini va Uning 
    sifatlarini о‘rganishga e’tibor beriladi. Bu ilm asosida Alloh taoloni yakkayu 
    yagona deb bilib, Uning sifatlarini sharhlab tushuntirishga kо‘proq ahamiyat 
    beriladi. Zero, musulmon kishi aqida borasida о‘ziga zarur bо‘lgan dastlabki 
    bilimga ega bо‘lishi kerak. Bu dastlabki ilm Alloh taoloning vahdoniyati, ya’ni 
    yakkayu yagonaligiga imon keltirish va uni о‘rganishdan iborat. Yana bu atama 
    «kalom ilmi» deb yuritiladi. Islom diniga oid manbalarda uni aqida ilmining eng 
    mashhur nomlaridan biri sifatida keltiriladi. 
    Yuqoridagilardan kelib chiqib aytish mumkinki, kalom ilmining vazifasi: a) 
    diniy e’tiqodlarni qat’iy dalillar bilan isbotlash va ular haqidagi shubha hamda 
    gumonlarni rad qilish;
    b) insonni aqidada oddiy taqlidchi bо‘lishdan har bir e’tiqodga hujjat keltira 
    olish darajasiga kо‘tarish;
    v) islomning sof e’tiqodlarini adashgan zalolat ahlining shubha va 
    gumonlaridan himoya qilish. 
    Tasavvuf (sufizm ta’limoti) va tariqatlari
    2
    Ислом энциклопедия. Ҳуснитдинов З таҳрири остида. –Тошкент: Ўзбекистон Миллий энциклопедияси 
    2004. –Б.137. 


    25 
    Tasavvuf islomdagi diniy falsafiy oqim bо‘lib, 8 asrlarda arab mamlakatlarida 
    paydo bо‘lgan. Tasavvufning asosiy moshiyati inson va uning xudoga 
    munosabatidir. Xudo vasliga etishishning 4- bosqichi bо‘lib, ular shariat, tariqat, 
    ma’rifat va shaqiqat bosqichlaridir. Sо‘fiy ana shu bosqichlarni bosib о‘tib 
    shaqiqatga ya’ni Xudo vasliga etishishni tar\ib qiladi. Tasavvufning nazariy va 
    amaliy tomonlari mavjud bо‘lib, Xudo vasliga botiniy yо‘l bilan, ishroq orqali 
    amalga oshiriladi. Bu ta’limotni qonun qoidalarini о‘sha davrda an’anaviy tus 
    olgan pir va murid orqali amalga oshiriladi. YA’ni ustoz shogirdiga bu yо‘lning 
    qonun qoidalarini о‘rgatadi. 
    Tasavvuf Sharq ma’naviyati tarixida muhim о‘rin egallab kelgan tadrijiy 
    taraqqiyotga ega bir ta’limot bо‘lib, islom olamida VIII asrning о‘rtalarida paydo 
    bо‘lgan. Dastlab u zohidlik harakati kо‘rinishida kurtak yoyadi. Gap shundaki, 
    hazrati Muhammad Mustafo sallallohu alayhi vasallam vafotlaridan keyin 
    musulmonlar jamoasi ichida bо‘linish yuz beradi, ayniqsa, xalifa Usmon 
    razyallohu anhu zamonlarida boylikka ruju qо‘yish, qimmatbaho tuhfalar bilan 
    qarindosh-urug‘lar, yaqin dо‘st-birodarlarni siylash rasm bо‘ladi. Ummaviya 
    xalifaligi davriga kelib esa, saroy hashamlari, dabdabali bezaklar, oltin-kumushga 
    berilish, xazina tо‘plash avj oldi. YA’ni diniy mashg‘ulotlar, Xudo yо‘lidagi toat-
    ibodat о‘rnini dunyoviy ishlar, dunyo moliga muhabbat egallay boshladi. Bu hol 
    diniy amrlarni ado etishni har qanday dunyoviy ishlar, boyliklardan ustun qо‘ygan 
    e’tiqodli kishilarning noroziligiga sabab bо‘ldi. Ular orasida hadis tо‘plovchi 
    muhaddislar, ilgaridan qashshoq bо‘lib, uy-joy, mol-mulkka e’tibor qilmagan 
    sahobalar ham bor edi. Bularning bir qismi dinni himoya qilib, ochiq kurashga 
    otlangan bо‘lsalar, ikkinchi qismi esa, qanoat va zuhdni («zuhd» sо‘zidan «zohid» 
    sо‘zi kelib chiqqan) asosiy maqsad qilib olib, saroy ahli va sarvatdorlar, boylar 
    axloqiga qarshi norozilik belgisi sifatida tarkidunyochilik g‘oyasini targ‘ib etib, 
    ijtimoiy faoliyatdan butunlay chetlashganlar, surunkali toat-ibodat bilan 
    shug‘ullanganlar 
    Tasavvuf, «islom aqidalari, qonun va qoidalarni qayta tashlil qilish 
    imkoniyatlarini vujudga keltirdi. О‘z navbatida, tasavvuf о‘rta asr musulmon 
    falsafasida xurfikrlilikning kо‘rinishi sifatida sham namoyon bо‘ldi».
    2
    Tasavvufni shakllantirish va rivojlantirishda о‘rta asr allomalari Ahmad 
    Yassaviy (vaf 11660, Najmiddin Kubro (1145-1221), Aziziddin Nasafiy (12 asr 
    boshlarida yashagan), Bahouddin Naqshband (1318-1389), Xoja Axrorlarning 
    (1404-1490) xizmatlari beqiyos bо‘ldi. 
    Tarixiy burilishlar mafkurasini belgilab bergan dinlar insoniyat 
    taraqqiyotining muayyan bosqichida ma’naviy-ruhiy zarurat, ehtiyoj sifatida 
    paydo bо‘lgan. Ayni paytda tasavvuf demokratiyaga izn bergani, inson qalbi va 
    ruhiyatini nishonga olgani, jaholatga va xudbinlikka qarshi, ahloqiy poklikni 
    tar\ib qilgani sababli mohiyatan ilm va ijod ahliga yaqin edi. Ikkinchidan, 
    2
    Чориев А. Инсон фалсафаси. Инсон тўғрисидаги фалсафий фикрлар тараққиёти тарихидан. (Биринчи 
    китоб)-Т.: 1998, 65 б. 


    26 
    tasavvuf islom bag‘rida nish urib Qur’on va xadisdan oziqlangan xolda 
    aqidaparastlikka, mutaassibchilikka, tabaqachilikka qarshi halq noroziligini 
    ifodalab keldi. Tasavvuf dastlab zohidlik kо‘rinishida namoyon bо‘ldi. 
    Ma’lumki, xalifa Usmon davrida amaldorlarning mol-dunyo tо‘plashga xirs 
    qо‘yishi yanada avj olishi, islom diniga e’tiqod qо‘ygan kishilarning 
    noroziligiga sabab bо‘ldi. Islom axloqiga xos an’analardan chekinish boshlandi. 
    Bir guruh kishilar bunday ahloqsizliklarga qarshi norozilik sifatida 
    tarkidunyochilik qilib о‘z yurtlaridan chiqib keta boshladilar. Tarkidunyo qilgan 
    qalandar-darveshlar ijtimoiy hayotdan chetlashib, uzluksiz toat ibodat qilib, 
    dunyo lazzatlaridan voz kechdilar. Xudo vasliga etishni maqsad qilib, uni 
    tar\ibot tashviqot qila boshladilar. 
    Sо‘fiylarning yagona istagi xudo vasliga etishishdir. Shulardan Mashhur 
    sо‘fiy ayol Robiya Adviya (714-801) shunday deydi: «Yey Parvardigorim, ey 
    Yori aziz, agar jannating ta’masida toat qiladiga bо‘lsam, jannatingdan benasib 
    et. Agar dо‘zaxingdan qо‘rqib ibodat qiladigan bо‘lsam, meni dо‘zax о‘tida 
    kuydir-ming-ming roziman. Ammo sening jamolingni deb tunlarni bedor 
    о‘tkazar ekanman yolvoraman meni jamolingdan mahrum etma!».
    1
    Demak, sо‘fiylar Qur’oni Karim oyatlari ustida chuqur fikr yuritish, 
    kechalari ibodatlar bilan bedor о‘tkazish, kunduzlari rо‘za tutish, hayot 
    lazzatlaridan voz kechishi, gunohdan saqlanishi, о‘zini Alloh ihtiyoriga 
    topshirishi bilan ajralib turadi. Ayniqsa, muqaddas matnlarga sо‘zma-sо‘z itoat 
    qilishdan farqli о‘raroq, insonga asosiy obyekt sifatida qaraydi. Shaxsiy 
    kechinmalariga e’tibor bilan qarab, diniy xaqiqatlarni chuqur xis qilish asosiy 
    xususiyatlaridan edi. 
    IX asr boshlariga kelib tasavvufning nazariy asoslari ishlab chiqildi, 
    sо‘fiylarning amaliy, ruhiy-psixologik mashqlari, о‘z-о‘zini tarbiyalash va 
    chiniqtirish tabdir-usullari shakllandi. TARIQAT, MA’RIFAT, HAQIQAT 
    degan tushunchalar yuzaga kelib, tasavvufning ushbu uch qismiga oid qarashlar 
    majmui tuzildi - tasavvuf alohida ilm sifatida qaror topdi. Sо‘fiylar dastlabki 
    paytlar tasavvufni nuqul siru asror, tushuntirib bо‘lmaydigan holatlar («iboraga 
    kelmaydigan ishoratlar») deb hisoblagan bо‘lsalar, bora-bora bu holatlar haqida 
    fikr-mulohazalar bayon qilina boshlandi, sо‘fiyni tarbiyalash vazifasi, pir-muridlik 
    qoidalari, odobini yaratish zarurati tug‘ildi. Natijada, tariqat va shariat orasidagi 
    munosabatlar, olam, odam va Xudo orasidagi aloqa-muomala mohiyati, tavhid - 
    vahdat masalalari munozalarga sabab bо‘ldi. Din arboblari bilan sо‘fiy shayxlari, 
    ayniqsa falsafiylashgan tasavvuf tarafdorlari jiddiy mafkuraviy tortishuvlargacha 
    bordilar. Tasavvuf butun Islom olamini zabt etib, barcha qadimiy shaharlarda 
    xonaqohlar qurildi, yо‘llarda rabotlar, aziz-avliyolarning mazorotida shayxlar 
    maskan tutib, kо‘plab shoigrdlarni tarbiyaga oldilar. 
    1
    Жумабоев Й. Ғзбекистонда фалсафа ва ахлоқий фикрлар тараққиёти тарихидан. Т. «Ўқитувчи»-1997, 47 б. 


    27 
    Tasavvufning ilk davrida maqomot va tariqat asoslarini ishlab chiqish, sо‘fiylik 
    yо‘riqlarini belgilash va ilohiy haqiqatlarni el orasiga yoyishda Abuali al Horis 
    Muhosibiy (781–857), Zunnun Misriy (796–861), Abuyazid Bistomiy (vafoti 875), 
    Junayd Bag‘dodiy (vafoti 910), Hakim Termiziy (vafoti IX asr oxiri) va Mansur 
    Halloj (858–922)larning xizmati katta bо‘lgan. Keyinchalik Abusaid Abulxayr 
    (967–1049), Abdulloh Ansoriy (1006–1089), Ahmad Yassaviy (vafoti 1166) 
    Yahyo Suhravvardiy (1155–1191), Ibn Arabiy (1165–1240), Najmiddin Kubro 
    (1145–1221), Bahuoddin Naqshband (1318–1389) kabi shayxul mashoyixlar 
    tasavvuf ilmini yangi fikrlar, qarashlar bilan boyitdilar, yangi oqim, silsilalarini 
    vujudga keltirdilar. Tasavvuf haqida bir qancha risola va kitoblar yozildi, tasavvuf 
    g‘oyalarini qizg‘in targ‘ib etuvchi ulkan she’riyat vujudga keldi. Tasavvufga oid 
    nazariy kitob va qо‘llanmalardan Abunasr Sarroj (vafoti 988 yil)ning «Kitobal 
    luma’», Al Kalabodiy (vafoti 990 yil)ning «Kitobat ta’arruf», Abu Tolib Makkiy 
    (vafoti 998 yil)ning «Qutal qulub», Abdurahmon Sulamiy (vafoti 1021 yil)ning 
    «Risolatal malomatiya», Qushariy (vafoti 1072 yil)ning «Risola fit tasavvuf», Al 
    Hujviriy (vafoti 1076)ning «Kashfal mahjub», Abdulloh Ansoriyning «Manozil as 
    soirin», Farididdin Attor (1119–1222)ning «Tazkiratul avliyo» nomli asarlarini 
    kо‘rsatish mumkin. Bulardan tashqari, Rumiy, Hofiz Sheroziy, Mahmud 
    Shabistariy asarlariga yozilgan sharhlar ham sо‘fiyona ishora va tamsillarni 
    anglashda muhim rol о‘ynagan. 
    Tasavvufga oid ilmiy kitoblar va dasturlarda tariqat atamalari, maqomot 
    manzillarini tushuntirishga kо‘p e’tibor beriladi. «Tariqat» sо‘zining ma’nosi yо‘l 
    demak. YA’ni ilohiy ma’rifatni egallashga bel bog‘lagan kishining ruhiy-axloqiy 
    kamolot yо‘li. Tariqatni tasavvufning amaliy qismi deb ta’riflaydilar. Darhaqiqat 
    ham shunday, chunki pir-muridlik qoidalari, odobiga rioya etish, solik (ya’ni 
    tariqatga qadam qо‘ygan yо‘lovchi) bajarishi kerak bо‘lgan barcha yо‘riqlar, irodat 
    va ishorat usullari shu tariqat ichiga kiradi. Tariqat va uning maqomotlari, 
    ma’lumotlarga qaraganda, birinchi marta Zunnun Misriy tomonidan bayon etilgan 
    ekan. Abdulloh Ansoriy yozadikim, Zunnun Misriyni faqat «karomat bilan 
    sitoyish» qilish kifoya emas, chunki uning «ilgida maqom va hol suxra erdi» 
    (Navoiyning «Nasoyimul muhabbat» asaridan olindi). YA’ni maqom va hol ilmi 
    Zunnun qо‘lida о‘yinchoqday gap edi, deydi Ansoriy. Navoiy yozadi: «Ul 
    kishikim ishoratni iboratqa kelturdi va bu tariqdin sо‘z aytdi ul erdi». 
    Demak, Zunnun birinchilardan bо‘lib, sо‘fiyona holatlar, karomatlarni sо‘z 
    bilan ifodalagan. Zunnunning о‘zi hikoya qilib deydiki, uch safar qildim va uch ilm 
    keltirdim: avvalgi safarda bir ilm keltirdim, xos ham, avom ham qabul qildilar, 
    ikkinchi safarda yana bir ilm keltirdim, xos qabul qildi, ammo avom qabul qilmadi, 
    uchinchi safarda yana bir ilm hosil qildim, na xos qabul qildi va na avom (Tasavvuf 
    ahli xos deganda ilmi holdan xabardor sо‘fiylarni, avom deganda esa, tasavvufga 
    oshno bо‘lmagan kishilarni nazarda tutganlar). Zunnun aytgan birinchi ilm shariat 
    ilmidir, chunki shariat xosga ham avomga ham birday tegishli. Ikkinchi ilm – tariqat 
    yoxud muomalat va muhabbat ilmi, uchinchisi esa – haqiqat, ya’ni Iloh haqidagi 
    ilmdir. 


    28 
    Agar Zunnun tasavvufdan birinchi bо‘lib «sо‘z aytgan» bо‘lsa, Junayd 
    Bag‘dodiy «bu ilmga tartib berib, bast qilib (jamlab), kutub bitidi» («Nasoyimul 
    muhabbat»). Sо‘ngra Junaydning kichik zamondoshi Shayx Abubakr Shibliy bu 
    ilmni minbar ustiga olib chiqib, elga oshkor qildi. Birinchi bо‘lib muridlarga 
    rahnamolik qilgan ham yuqorida nomlari tilga olingan shayxlar bо‘lgan. 
    Murid-murod, ya’ni maqsadga intiluvchi odam; murod esa –Alloh taoloning 
    vasli. Muridning asosiy xislati niyozmandlik, ya’ni talabgor bо‘lish, murshidi 
    komilning etagini tutib, aytganlariga sо‘zsiz rioya qilishdir. Pirsiz solik manzilga 
    yetolmaydi. Chunki odam о‘zini nazorat qilishi qiyin, toki birov rahnamolik qilib, 
    yо‘l kо‘rsatmasa, mushkuli oson bо‘lmaydi (buni Alisher Navoiy «Lisonut tayr» 
    dostonida Hudhud va talabgor qushlar misolida yaxshi kо‘rsatib bergan). Hatto eng 
    yaxshi niyatlar ham agar rahnamo bо‘lmasa, samara bermay, qalbdagi zavqu shavq 
    notо‘g‘ri yо‘lda sarf bо‘lishi, muhabbat isyonga aylanishi hech gap emas. 
    Shuni e’tiborga olib, tariqatda pirga qо‘l berib, iroda-ixtiyorni unga 
    topshirganlar. Shu ma’noda tariqatni irodat ham deydilar. YA’ni irodani shayx 
    irodasiga muvofiqlash-tirish, shayx irodasini о‘z irodasi deb bilish. 
    Ikkinchi tarafdan, bu muridning irodasi, mardligi himmatini sinashni ham 
    bildiradi (murid, murod, iroda sо‘zlari о‘zakdosh), zero dunyodan kechib, Iloh 
    yо‘liga о‘zini bag‘ishlash ulug‘ mardliklir. Muridga rahbarlik qiluvchi pirning о‘zi 
    ajzu iztirob yо‘li – tariqat maqomlarini eson-omon bosib о‘tgan, qalbi Iloh 
    ma’rifatiga limolim orif inson bо‘lishi kerak. Pir hamma jihatdan muridga о‘rnak 
    bо‘lmog‘i darkor: ham bilimning chuqurligi, ham tariqat usullarini yaxshi bilishi, 
    ham kо‘ngilning pokligi, nafsini mahv etganligi va hokazolar bilan ajralib turishi, 
    salobati, sо‘zi va harakati bilan, suhbati va nazari bilan, tadbiri va himoyasi bilan 
    muridga ta’sir о‘tkazmog‘i lozim. 

    Download 0,63 Mb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




    Download 0,63 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Reja: Islom shakllanishidagi tarixiy sharoit, Islom dinining vujudga kelishi

    Download 0,63 Mb.
    Pdf ko'rish