23
Rо‘zaning shartlari, amallari haqida Abu G‘omid G‘azzoliy “zakot va rо‘za
sirlari kitobi” da bayon etilgan. Unda rо‘zador
musulmon kishining axloqiy
ma’naviy jihatlari ham bayon etilgan.
Haj. Haj qodir bо‘lgan kishi uchun umrida bir marta Makka shahridagi
Ka’bani ziyorat qilish va ibodat arkonlarini ado etishdan iboratdir.Abu Homid
G‘azzoliyning haj sirlari va Qur’on tilovatlari odobi kitobida Hajning fazilatlari,
Baytulloh va Makka va Madinaning fazilatlari haqida bayon qiladi.
Islomda muqaddas
joylarni ziyorat qilish, payg‘ambar, shayxlar,
avliyolarning qadamjolarini tavof etish keng tarqalgan. Musulmonlarning
muqaddas joylar, ularga e’tibor xususida Qur’onda shunday deyiladi: “(Yey,
Muhammad) eslang, Biz Ibrohimga Baytulloh о‘rnini belgilab berib, (unga
shunday dedik): “Menga biror narsani sherik qilmagin va Mening Baytimni tavof
qiluvchilar, (namozda) tikka turuvchilar, ruku’ va sajda qiluvchilar (ya’ni hojilar
va namozxonlar) uchun tozalab qо‘ygin!”
2
Islomda masjid, sajdagoh muqaddas joy hisoblanadi.
Sajdagohlarning eng
ulug‘i – Ka’badir. Islomdan avval qadimgi arablar sig‘inadigan but va sanamlar
shu ibodatxonada saqlangan.
Muhammad SAV undagi haykallarni yо‘q qilishni buyurib, islom dinining
muqaddas sajdagohi sifatida e’tirof etganlar.
Abu Homid G‘azzoliy “Baytullohga termulishning о‘zi ibodat hisoblanadi.”
“Madina masjididagi namoz о‘n
ming namozga, masjid ul-Aqsodagisi – ming
namozga, Masjid ul-haromdagi namoz esa, yuz ming namozga (barobar)”, deb
yozgan buyuk ulamo.
1