Texnologik jarayon tavsifi. Kirish chiqish kattaliklari




Download 340.45 Kb.
bet5/12
Sana28.04.2023
Hajmi340.45 Kb.
#54572
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Reja Kirish 1-§ Nazariy qism. Jarayon tavsifi. Eksperimental-st
Tji va m fanidan “ngs-1 separatorini matematik modeli” mavzusida
Texnologik jarayon tavsifi. Kirish chiqish kattaliklari

Gazlarni tozalash ikki bosqichda o’tkaziladi. Tozalashga kiritiluvchi gaz separatorga berilib, undan kondensat ajratiladi. Separator yuqorisidan chiquvchi gaz adsorberga yuboriladi. Separator (lotincha “separator” – “ajratkich”) gazdan suyuq va qattiq zarralarni, suyuqlikdan qattiq zarralarni ajratish, qattiq yoki suyuq aralashmalarni tarkibiy qismlarga ajratish uchun mo`ljallangan qurilma. Neft va Gaz Separatori esa neftli aralashma tarkibidan neftni va gazni ajratib beruvchi qurilmadir.



Gaz separatorning yuqori qismi orqali chiqarib tashlanadi. PIRC-220 rostlagichi undagi bosimni gazlarni chiqarib tashlash quvurida (truboprovodida)gi klapan yordamida ushlab turadi. FIR-120 datchigi gaz sarfini o‘lchaydi, AIR-520 analizatori gaz fazasidagi butan miqdorini nazorat qiladi.


Suyuq faza separatorning tubi orqali separatorda berilgan sathni ta’minlab turuvchi LIRC-410 rostlagich klapani joylashgan quvur (truboprovod) bo‘yicha chiqariladi. TIR-310 datchigi separatordagi haroratni, FIR-110 datchigi separatordan ketayotgan sarfni, AIR-510 analizator-suyuq fazadagi butan miqdorini nazorat qiladi.
Ishchi diapazon chegarasidan jarayonning asosiy o‘zgaruvchilari chiqib ketganda, ogohlantiruvchi yoki avariyali signalizasiya ishlab ketadi.
Bosimni avariyali pasaytirish uchun NGS separatorda baypasida NS-010 rostlanuvchi qulfi bo`lgan saqlagich klapan o`rnatilgan.
Saqlagich klapan bosim 3 kg/sm2 bo‘lganda ochiladi.

1.3 Funksional texnologik sxemaning tavsifi

Gkir [m3/soat] – Kirishda neft sarfi;.
Рkir[atm] – Kirishda neft bosimi;
Lkir [%] – separatorda neft sarfi;
GNchiqх[m3/soat]- chiqishda neft sarfi;
GGchiqх[m3/soat]- chiqishda gaz sarfi.
V [m3] – separator hajmi.
Separatorda ketayotgan jarayonni keyingi tekshirishlar uchun, jarayonning statistik modelini ishlab chiqish kerak.
Ob`ektga nisbatan chapda joylashgan parametrlar kirish parametrlari, ya`ni o`zgartirish mumkin bo`lgan parametrlar. Ularning qiymati jarayon rejimiga bog`liq emas deb faraz qilinadi.
Ob`ektga nisbatan o`ngda joylashgan parametrlar-chiqish parametrlari, ya`ni ularning qiymati kirish parametrlari ta`siriga bog`liq ravishda boshqarish va g`alayon parametrlari ta`siri ostida jarayonning o`zgarish rejimi asosida aniqlanadi.
Ob`ektga nisbatan yuqorida joylashgan parametrlar-jarayonning o`zgarmas qiymatlari, yoki ob`yektning texnologik konstantalari.

Download 340.45 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Download 340.45 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Texnologik jarayon tavsifi. Kirish chiqish kattaliklari

Download 340.45 Kb.