Fon Neymanning kompyuter tuzilishi




Download 461.87 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/10
Sana02.01.2023
Hajmi461.87 Kb.
#37421
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2-маъруза
nursaid, DINTANIW, Badiiy matn va lisoniy tahlil (J.Lapasov), Korxona (firma) xarajatlari va foydasi., kók botakóz durisi, X.B.D. kombinatorika. N.P.Akmalovna, Kompyuter tarmoqlari va adminstratorlash fanidan test savollari , 1-Mustaqil ish mavzulari, amaliyot titul, Aliyev-Tizimli dasturiy taminot, Kvota Kunduzgi Bakalavriat-2023 Lot., 90555 AT 2kurs-1semester HO\'AT, Keng rizq va baraka omillari [@kitob nuri], ddff
 
Fon Neymanning kompyuter tuzilishi 
Yakka chiziq – bu boshqaruvni, juft chiziqlar - ma’lumotli bog‘lanishlarni 
bildiradi. 
Ta’kidlash zarurki, o‘sha zamonlardan to so‘nggi paytlargacha 
yaratilayotgan kompyuterlarning aksariyat qismi hamon fon Neyman prinsipi 
asosida yaratilib kelinadi. 
Shunday qilib, 1949-yilda fon Neyman prinsipiga moslangan birinchi 
kompyuterni ingliz olimi Moris Uilki yaratdi va aytish mumkinki, hozirgi zamon 
kompyuterlarining davri boshlandi. 
Kompyuterlarning rivojlanishida uning element bazasi o‘zgarishi lozim edi. 
Chunki 40-50 yillarda yaratilgan kompyuterlar tarkibini elektron lampalar tashkil 
etardi. Shu sabab bu kompyuterlar ulkan, katta bo‘lib, joylashtirish uchun katta 
hajmdagi zallar kerak bo‘lardi. Misol uchun, 1953-yilda yaratilgan BESM-1 
kompyuterida 4000 dona lampa ishlatilgan, 3x5 metr hajmdagi maydonda 
joylashgan, tezligi sekundiga 7000-8000 amal bo‘lgan, xolos, xotira qismi atigi 
4096 bayt ma’lumotni egallardi (Pentium turidagi xozirgi zamon kompyuterida 
operativ xotira – Gegabaytda o‘lchanadi, solishtirib ko‘ring). Dunyo doim 
rivojlanishda. 1948-yilda tranzistorlar paydo bo‘lgach, tranzistorlarni elektron 
lampalar o‘rniga ishlatilishi mumkinligi aniqlandi va mos ravishda kompyuterlar 
qurilmalarida ham foylanila boshlandi. Natijada, Amerikada 1965- yilda PDP-8 
nomli tranzistorlar negizida birinchi mini-kompyuter, so‘ngra PDP-11 yaratildi. 
Agar 40-50 yillarda yaratilgan kompyuterlar million dollar atrofida tursa , 
PDP-8 atigi 20ming dollar baholandi. 
Bunday mashinalarni (o‘xshashlari) SM-3,SM-4, SM-1420 turi bilan 
Respublikamizniing ko‘p hisoblash markazlarida hali ham uchraydi. 
1959-yilda Intel firmasining ta’sischisi Robert Noys kremniyning kichkina 
plastinasida tranzistorlarni bog‘lash usulini ixtiro qilib, integral sxemalar yoki 
chiplar asrini boshlab berdi. SHunday chiplarga asoslanib, keyin yaratilgan 
kompyuterlar, shartli ravishda, uchinchi bosqich kompyuterlari deb atala boshladi. 
Integral sxemalarga asoslangan birinchi kompyuter 1968-yilda Burroughs firmasi 
Tashqi
qurilma 
Boshqaruv
qurilmasi 
Arifmetik,
logik qurilma 
Operativ
xotira 


tomonidan yana AQSHda yaratildi. Respublikamizning ko‘pgina statistik 
organlarida mavjud ES-1055,1060 tur oilasiga mansub kompyuterlar uchinchi 
bosqich kompyuterlariga misol bo‘ladi. 
1970-yilda Marshian Edvard Xoffi(Intel firmasidan) integral sxema yaratdi. 
U funksiyalari bo‘yicha katta EHMning markaziy protsessoriga ayniy edi. 
SHunday qilib 1971-yilda sotuvga chiqarilgan birinchi mikroprotsessor paydo 
bo‘ldi. U Intel-4004 mikroprotsessori deb ataldi. Mazkur mikroprotsessor ENIAC 
gigant mashinasidan ishchan va tezkor edi. Avvaliga Intel-4004 (4razryadli) 
mikroprotsessori, so‘ngra 197-yildagi Intel-8080 mikroprotsessori yaratildi, u 
hozirgi kunda ham shaxsiy kompyuter industriyasini standarti hisoblanadi. 
Mikroprotsessorlar 
avvaliga 
maxsus 
qurilmalarda, 
misol 
uchun 
kalkulyatorlarda ishlatila boshladi. So‘ngra esa kompyuterlar tarkibiga kiritildi va 
1975yilda tijoratga mo‘ljallangan birinchi "Al’tair-8800" shaxsiy kompyuteri 
yaratildi. Uning bahosi atigi 500dollarni tashkil etardi. To‘g‘ri, bu kompyuterlarda 
klaviatura va ekran yo‘q bo‘lsada, xaridorlar bir necha ming komplektni bir necha 
oylarda sotib oldilar. 
Microsoft firmasini tashkil etgan Pol Allen va Bill Geyts "Al’tair" uchun 
Basic tili interpretatorini yaratganlaridan so‘ng esa, bu kompyuterlarda ham 
programma yozish, muloqot qilish qulay va osonligini ko‘rgan iste’molchilar 
o‘rtasida shaxsiy kompyuterlar mashhur bo‘la bordi. 
Shaxsiy kompyuterlar komplektiga monitor va klaviatura qo‘shilgach, ularga 
bo‘lgan talab kundan kunga oshdi. Boshqa firmalar ham kompyuter chiqara 
boshladi. Natijada avvaliga o‘n minglab, so‘ngra esa yiliga yuz minglab 
kompyuterlar sotila boshladi. 
Shu o‘rinda respublikamiz maktablarida hali ham mavjud bo‘lgan "Pravets" 
turidagi sodda kompyuterlar 8-bitli shaxsiy kompyuterlar turi ekanini aytish 
mumkin. Faqat katta va ulkan EHMlar ishlab chiqarish bilan mashg‘ul bo‘lgan 
IBM firmasi shaxsiy kompyuterlar bozoridagi chaqqon savdo va qiziqishga 
keyinroq e’tibor berdi. 
1981-yildan boshlab, IBM firmasi ham shaxsiy kompyuter ishlab chiqarishni 
yo‘lga qo‘ydi. IBM firmasi Intel-8088 nomli 16 razryadli mikroprotsessor bazasida 
IBM PC(Ay-BI-EM Pi-Si deb o‘qiladi) shaxsiy kompyuter yaratdi. Bu 
kompyuterning programma ta’minotini yaratish u vaqtda katta bo‘lmagan 
Microsoft firmasiga topshirilgan edi. Natijada bir-ikki yilda IBM PC boshqa 
firmalar shaxsiy kompyuterlarini siqib chiqardi. 
IBM PC kompyuteri 80-yillarda paydo bo‘lishi bilan mashhur bo‘lib, IBM 
PC firmasi, boshqa firmalardan farqli o‘laroq o‘z kompyuterining konstruktsiyasi, 
loyihalarini patent himoyasiga olmadi, mantiqqa teskari ish yuritib kompyuter 
bo‘laklarini alohida sozlash, yig‘ish usullarini maxfiy saqlamay hammaga oshkor 
etdi. Mazkur ma’lumotlar barcha istagan, so‘raganlarga berildi. 
Ochiq arxitektura prinsipi deb ataluvchi bu yo‘l 
IBM firmasiga faqat foyda keltirdi. Chunki, dunyodagi 
yuzlab, minglab firmalar IBM PC turidagi kompyuter 
qurilmalarini yaratish uchun raqobat qila boshladi va bu 


musobaqa natijasi iste’molchilarga foydali bo‘ldi, qismlar,
qurilmalar qiymatlar arzonlashdi. Boshqa firmalar yangi kompyuterlar yaratish 
loyihasi uchun ilmiy izlanish, ishlariga mablag‘ ajratmay, IBM PCga mos turdagi 
kompyuterlar ishlab chiqara bordi, hattoki ba’zilari yangi texnik yangiliklarni 
tezroq kiritdi. Ko‘p iste’molchilar bu kompyuterlarni qo‘shimcha qurilmalar bilan 
to‘ldirdilar. 
Natija kutilganidan ham ziyoda bo‘ldi. Hamma IBM PC kompyuteri to‘g‘risida 
qayg‘uradigan, barcha o‘z hissasini qo‘shib, uni texnik holatini yaxshilaydigan 
bo‘ldi, kompyuter qismlari arzonlashdi, o‘zi esa dunyoda shuhrat qozondi, 
ommaviylikka erishdi. 
Endi esa, EHM va SHEHM(shaxsiy kompyuter) o‘rtasidagi farqni aniqlab olsak. 
Hozirgi zamonda SHEHM(shaxsiy kompyuter)dan tashqari boshqa turdagi 
EHMlardan ham ko‘p foydalaniladi. 

Download 461.87 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 461.87 Kb.
Pdf ko'rish