• Uchinchi avlod (1965-yillarning o‘rtasi va 1970-yillar)
  • Reja: Kompyuterlarning apparat ta’minoti




    Download 461.87 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet5/10
    Sana02.01.2023
    Hajmi461.87 Kb.
    #37421
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    2-маъруза
    nursaid, DINTANIW, Badiiy matn va lisoniy tahlil (J.Lapasov), Korxona (firma) xarajatlari va foydasi., kók botakóz durisi, X.B.D. kombinatorika. N.P.Akmalovna, Kompyuter tarmoqlari va adminstratorlash fanidan test savollari , 1-Mustaqil ish mavzulari, amaliyot titul, Aliyev-Tizimli dasturiy taminot, Kvota Kunduzgi Bakalavriat-2023 Lot., 90555 AT 2kurs-1semester HO\'AT, Keng rizq va baraka omillari [@kitob nuri], ddff
    Ikkinchi avlod (1955—1965 yillar o‘rtalari) EHM tranzistorlarining ixtiro 
    qilinishi tufayli paydo bo‘ldi. Tranzistorlar o‘lchamlarining radiolampalarga 
    nisbatan ancha kichikligi EHM bloklarini bosma platalar deb ataluvchi 
    ko‘rinishda tayyorlash imkonini berdi. Bunday platalarning bir tomoniga tranzistorlar 
    va boshqa elementlar joylashtirilib, qalaylangan ikkinchi tomoni sirtida sxema 
    elementlarini bog‘lovchi yupqa ko‘rinishdagi metall o‘tkazgichlar joylashgan 
    plastmassa plastinka bor edi. Tranzistorlar va bosma platalardan foydalanish ra-
    diolampalarga nisbatan kamroq joy egallab, kamroq energiya sarflar va 
    ishonchliroq ishlar edi. Bu hol EHMni ixchamroq, arzonroq va tejamliroq 
    qilishga imkon beradi. Ularning tezligi sekundiga 10 mingdan 100 ming 
    arifmetik amalgacha bo‘lib, bunday EHMlarga hozir ishlab chiqarilmayotgan, lekin 
    foydalanib kelinayotgan SA-501 modeli (AQSH, 1959), Stretch (Angliya), 
    "Minsk-2", BESM-6 va h. k. kiradi. 
    Uchinchi avlod (1965-yillarning o‘rtasi va 1970-yillar)- EHMlarining 
    asosini integral sxemalar tashkil qiladi (bunday sxemalar birinchi marta 
    AQSHdagi Kaliforniya shtatidagi Santa-Klara shahrida yaratilgan). 
    Fizika va kimyo sohasidagi tadqiqotlar sxemalarni kremniyning sof 
    kristallidan yasalgan plastinkaning kichik qismida, bu qismga turli moddalarning 
    kerakli aralashmasining yupqa qatlamini surtib qo‘ygan holda tuzish mumkinligini 
    ko‘rsatdi. Elementlarni birdaniga plastinkaning ko‘pgina qismlarida ham tashkil 
    qilish mumkin. Kremniy kristallari ustiga surtilgan ko‘p qatlamli moddalar 
    ko‘rinishidagi bunday sxema integral sxema nomini olgan. Bitta kristalli 
    dastlabki integral sxemalarda yuzga yaqin elementlar joylashgan edi. 
    Integral sxemalarning ixtiro qilinishi EHMning elementlar bazasining keyingi 
    rivoji uchun keng istiqbollar ochib berdi, bu imkoniyatlardan hozircha to‘la 
    foydalanib bo‘lingani yo‘q. 
    Elektron sxemalarning ishonchlilik darajasi, ular baholarining arzonlanishi, 
    o‘lchamlarning ixchamligi ishlab chiqarishni avtomatlashtirishga keng imkoniyat 
    yaratdi. Bu avlod EHMlaridagi bir kristallda mingdan ortiq elementlarni saqlovchi 
    integral sxemalar qo‘llanilgan. Ularning tezligi 100 mingdan to 1 mln. arifmetik 
    amalgacha bo‘lib, bunday EHMlarga "IBM-360" (AQSH, 1965) va ES oilasiga 
    mansub bo‘lgan ES-1022, ES-1035, ES-1060 va boshqalar
    kiradi. 



    Download 461.87 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 461.87 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Reja: Kompyuterlarning apparat ta’minoti

    Download 461.87 Kb.
    Pdf ko'rish