|
Model komplekti. Quyish sistemasi. Qo‘lda qolip tayyorlash
|
bet | 3/11 | Sana | 05.12.2023 | Hajmi | 1,35 Mb. | | #111836 |
Bog'liq Quymakorlik haqida ma’lumotModel komplekti. Quyish sistemasi. Qo‘lda qolip tayyorlash
Model- deb qolip materialida olinuvchi quymaning tashqi konturini hosil qiluvchi moslamaga aytiladi. Modelning tashqi shakli olinuvchi quyma shakliga o’xshash bo’lgani bilan o’lchamlari qolip ga kiritilgan suyuq metallning sovib qotishida kirishuv qiymatiga va mexanik ishlovlarga beriladigan yuzalar qo’yimiga nisbatan kattaroq bo’ladi. Modellar va shuningdek boshqa texnologik moslamalar yengil, oson kesib ishlanadigan, chidamli, arzon materiallardan tayyorlanib, ular qolip materialiga yopishmay, undan osonroq ajraladigan bo’lishi kerak. Quymalarni ko’plab ishlab chiqarmaydigan kichik tsexlarda texnologik moslamalar sifatli yog’ochlar (qarag’ay, archa, zang va boshqalar)dan tayyorlanadi. Buning uchun g’o’la, taxta, brus tarzidagi yog’yuchlar pechda 60− 70°S temperaturada (namligi 8–10% gacha kelguncha) bir necha soat quritiladida, keyin texnologik moslamalarni tayyorlash uchast kasiga o’zatiladi. Ular chizmalar asosida tayyorlanadi. Odatda, oddiy shaklli, kichik va o’rtacha o’lchamli quymalar model lari yaxlit, murakkab shaklli quymalar modellari ajraluvchi va shu ningdek ayrim–ayrim bulaklardan yig’ilgan bo’ladi. Ko’pincha ajraluvchi modellar ikki (ustki va pastki) palladan iborat bo’lib, pastki pallaning ajralish yuzida ikkita konusli ki chik teshigi bo’lsa, ustki pallaning ajralish yuzasida esa ikkita konusli kichik ortig’i bo’ladi. Qolip pallalari shu konusli teshiklarga konusli ortiqdan kiritilgan xolda yig’iladi. Ma’lumki, yog’och arzon material va u yaxshi kesib ishlangani bilan nam tortib tob tashlashi, tez chirishi va deyarli puxtamasligi tufayli undan keng foydalanib bo’lmaydi. Shu boisdan ko’plab bir xildagi metall quymalarni ishlab chiqaruvchi yirik tsexlarda modellar va shuningdek boshqa texnologik moslamalar alyuminiy qotishmalar va plastmassalardan tayyorlanadi. Bu materiallar yog’ochga qaraganda ancha qimmat bo’lsada, o’zoq vaqt turli muhitlarda ishlashi davomida shak li va o’lchamlarini saqlashi, qolip materialida aniq modelь konturi olinishi kabi afzalliklarga ega. SHuni qayd etish joizki, modellar kaysi materialdan tayyorlanmasin, qolipdan osonroq chiqarish uchun uning vertikal tekisliklariga kichik qiyalik beriladi, yuzalari nafis ishlanadi, qiyalik qiymati modelь materialiga, shakliga, o’lchamiga, qolip materialiga va qolipni tayyorlash usuliga bog’liq. Odatda, o’rtacha shaklli va o’lchamli yog’och modellarida bu qiyalik 12°C, metallarda 0, 5– 1 oralig’ida bo’ladi.
Modellarning bir yuzadan ikkinchi yuzaga o’tish joylari o’tmas burchaklar bo’ylab tekis o’tishidan tashqari, zarur xollarda qolipda sterjenni o’rnatish uchun tayanch yuza hosil etish uchun modelda konusli ortiq, qilinib, u qora rangga bo’yab qo’yiladi. SHuningdek, modellarni olinuvchi quyma materialiga ko’ra ajratish maqsadida turli rangga bo’yab, harflar va raqamlar bilan markalanadi. Masalan, cho’yan quyma modellarini qizil rangga, po’lat quymalar modellarini yashil rangga va rangli metall quymalar modellarini sariq rangga bo’yaladi.
|
| |