|
Reja: Quymakorlik haqida ma’lumot
|
bet | 5/11 | Sana | 05.12.2023 | Hajmi | 1,35 Mb. | | #111836 |
Bog'liq Quymakorlik haqida ma’lumotSterjen yashigi. Quymalarda turli shaklli teshiklar, o’yiqdan olish uchun yuqori sifatli gilli qum materiallaridan ularning shakliga va o’lchamiga mos sterjenlar tayyorlashda foydalanuvchi texnologik moslamalarga sterjen yashigi deyiladi. Ular ham model materiallaridan tayyorlanadi. Ularning shakli va o’lchamlari esa, quymada olinuv chi teshik shakli va o’lchamidan, qolipda metalning kirishuvi va mexanik ishlanadigan yuzalar qo’yim qiymati hisobiga kichikroq bo’ladi. Odatda, kam seriyali, oddiy shaklli, kichik o’lchamli sterjenlarni tayyorlashda foydalaniladigan sterjen yashiklari modellar singari yaxlit, murakkab shaklli, katta o’lchamli sterjenь yashiklari ikki pallali va ayrim–ayrim bo’laklardan tayyorlanadi.
Suyuq metallni qolipga kirituvchi tizim modellari. Suyuq metallni qoliplarga ravon kiritishda, uni shlakdan, gazlardan bir muncha tozalab o’zatuvchi kanallar modellari majmuasiga modellar tizimi deyiladi. Rasm, b da normal quyish tizimi modellari keltirilgan. Rasmdan ko’rinadiki, u metallni quyish kosachasi 1, stoyak deb ataluvchi konus voronka 2, shlak tutkich 3, ta’minlagichlar va vipor deb ataluvchi konus voronkalardan iborat. Bu modellar ham olinuvchi quymalar shakliga, o’lchamiga ko’ra mo delь materiallaridan chizmalar asosida tayyorlanadi.
2-rasm
Sterjen yashiklari: a – yaxlit sterjen yashigi; b – ikki bo’lak sterjen yashigi; v–echilgan sterjen yashigi. Model tagligi. Qoliplarni gilli qum materiallaridan tayyorlashda foydalaniladigan model tagligi yog’ochdan tayyorlansa, bu taglikka model taglik taxtasi dey iladi (agar model taglik metallaridan tayyorlangan bo’lsa, unga modelk plitasi deyiladi). Model plitalarda ma’lum tartibda ochilgan teshiklar bo’lib, zaruriyatga ko’ra ularga o’rnatiladigan modellar boshqa modellar bilan almashtiriladi .
Normal quyish tizimi: 1– quyish kosachasi; 2– stoyak; 3– shlak tutkich; 4– ta’minla gichlar; 5– vipor kosachasi; 6– vipor stoyaklari
3-rasm
Sterjenlar o’rindig’i. Sterjenlar sterjen yashiklarida tayyorlan gan, ularni puxtalash maqsadida tashqi shakli va o’lchamiga mos sterjen o’rindig’iga o’tkazilib, quritish uchun pechga o’zatilib, ma’lum temperatura oralig’ida zarur vaqt davomida qizdiriladi. Bunda uning o’rindiqdagi kichik teshiklaridan havo o’tib, ular bir tekis qizib puxtalanadi.
4-rasm
Model plitalar: a –bir yoqlama ishlaydigan model plita; b– ikki yoqlama ishlaydigan model plita. Qolip materiallarida model tashqi konturining olinishi bilan quyma qolipni tayyorlashga xizmat qiluvchi ochiq rama (quti)ga opoka deyiladi. Opokalar po’lat, cho’yan va alyuminiy qotishmalaridan tayyorlanadi. Ular konstruktsiyasiga ko’ra yaxlit, bo’laklarga ajraluvchi, qobirg’asiz va kobirg’ali bo’lib, o’lchamlari standart bo’yicha turlicha bo’ladi. Odatda, yirik bo’lmagan quymalar qolipini tayyorlashda ajralmaydigan qovurg’asiz opokalardan, yirik quymalar qolipini tayyorlashda ajraladigan qobirgali opokalardan foydala niladi. Quymalar qoliplarini tayyorlashda opokalar bo’shliqlaridan to’g’ri foydalanish tufayli qolip materiallari tejaladi. Qoliplar tayyorlashda qolip materiallarining ko’plab sarflanishini hisobga olishning ahamiyati katta.
|
| |