|
-rasm
Opokalar: a – kovurg’asiz opoka; b – kovurg’ali opoka
:
6-rasm
|
bet | 6/11 | Sana | 05.12.2023 | Hajmi | 1,35 Mb. | | #111836 |
Bog'liq Quymakorlik haqida ma’lumot5-rasm
Opokalar: a – kovurg’asiz opoka; b – kovurg’ali opoka
:
6-rasm
Qoliplash asboblari: a – belko’rak; b– g’alvir; v – shibbalar;
g – pnevmatik shibba; d– ilgak qoshiq va andavalar; e –tekislagich,uchli yumaloq sim va cho’tka
7-rasm
Qolip materialini qorishtirish mashinasi: 1–vertikal o’q; 2– surgich; 3– g’ildirak; 4– surgich; 5–quti; 6 – tortqi. Qachonkim, tayyorlangan material talab etiladigan xossaga kelgach, qiya lentali tranportyorga, undan sochgichga, keyin esa tindirgich bunkeriga o’zatiladi va u yerda tindirilib, bir tekisda namlanadi. So’ngra qolip materiali bunkerdan ta’minlagichga, undan transportyorlar orqali bunkerlarga, undan esa qoliplash mashinasiga o’tadi.
Quyma olish sxemasi: 1 – quyma; 2– quyish kosachasi; 3 – stoyak; 4 – shlak tutgich; 5-ta’minlagichlar metall asosiy qolipdagi metalldan keyin qotsin. Metall asosiy va ustama qolipda kotgach, ortma metall ajratilib, qayta eritishga yuboriladi. Keyingi vaqtlarda yuqorida qurilgan odatdagi ustama qoliplardan tashqari ustama qolipga metall qo’yilguncha aralashma moddalar, masalan, burli birikmalar ma’lum miqdorda kiritilmoqda. CHunki ulardan suyuq metall ta’sirida gazlar ajralib, ular metallga bosim berishi natijasida suyuq metallning ortiqmasi ustama qoliga o’tadi.
Quymalarni olish texnologik jarayoni quyidagi asosiy bosqichlardan iborat bo’ladi: 1) qolipni metall quyishga tayyorlash; 2) qolipga zarur miqdorda suyuq metall kiritish; 3) quyma kotgach uni qolipdan ajratish; 4) quymadan quyish tizimida kotib qolgan metallni ajratib uni tozalash; 5) quymaning sifatini ko’zatish.
QUYMALAR OLISHNING MAXSUS USULLARI
Metall qotishmalardan ko’plab miqdorda bir xildagn sifatli quymalarni olishga bo’lgan talabning ortishi natijasida mexanizatsiya va avtomatlashtirilgan zamonaviy yirik quyma korxonalar barpo etildi. Yuqorida tanishib o’tilgan an’anaviy usullarda quyma olishdagi kamchiliklar (qolipning bir marta quyma olishgagina yaroqliligi, quyma shakli va o’lchamlarining yetarli darajada aniqmasligi va yuza tekisliklarining talabga javob bermaydigan tarzda notekisligi, quyish tizimida metall sarfining ko’pligi, ish sharoitining og’irligi, ish unumining pastligi va boshqalar mavjudligi sababli bunday nuqsonlardan deyarli holi bo’lgan takomillashgan texnologik usullar yaratishni taqozo qildi. Quyidagi paragraflarda bu usullar haqida qisqaroq bo’lsada, ma’lumotlar keltirilgan.
|
| |