• Metall qolipning vertikal tekislik bo’yicha ajralishi
  • 9-rasm Issiq kamerali porshenli mashinalarda quymalarni olish
  • Quymalarni metall qoliplarda erkin quyib olish




    Download 1,35 Mb.
    bet7/11
    Sana05.12.2023
    Hajmi1,35 Mb.
    #111836
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    Quymakorlik haqida ma’lumot

    Quymalarni metall qoliplarda erkin quyib olish. Bu usulda metall qolipga metall erkin qo’yilib, aniq shaklli va o’lchamli, tekis yuzali, sifatli quymalar olinadi. Metall qolip (kokil) uchun eng yaxshi material kulrang cho’yan bo’ladi, chunki u o’zidan issiqdikni yaxshi o’tkazishi sababli deyarli qizimay, tob tashlamaydi, texnologik xossalari yaxshi (oquvchanligi, oson kesib ishlanishi), narxi u qadar qimmat emas, bu esa juda qo’l keladi.
    Metall qoliplar konstruktsiyasi olinuvchi quyma shakli va o’lchamiga ko’ra turlicha bo’ladi. Masalan, oddiy shaklli, kichik va o’rtacha o’lchamli quymalar olishga mo’ljallangan qoliplar vertikal yoki gorizontal tekisliklar bo’yicha ajraladigan bo’ladi. Murakkab shaklli, turli o’lchamli quymalar qoliplari bir necha qismlardan yig’iladigan bo’ladi. Qora metall quymalar olishda sterjenlar yuqori sifatli sterjen materiallaridan, rangli metall quymalar uchun U 7, U 10 va boshqa markali po’latlardan tayyorlanadi. Qolipga kiritilgan metallarning bir tekis sovishini ta’minlash maqsadida qolipning tegishli joylariga maxsus quyma barmoqlar o’rnatiladi. Qoliplarning ish muddatini oshirish, quyma sifatini yaxshilash maqsadida qoliplarga suyuq metall kiritilgunga qadar, ularni 100– 300°S temperaturagacha qizdirib, ish yuzalariga o’tga chidamli bo’yoq purkaladi yoki o’tga chidamli materiallar nihoyatda yupqa qilib qoplanadi. Agar olinuvchi quyma yupqa devorli bo’lib, shakli murakkab bo’lsa, uning hamma qismini metall bilan bir tekisda to’ldirish maqsadida qolipni tebratib turish ham tavsiya etiladi. Metall qolipning vertikal tekislik bo’yicha ajralishi: 1, 2 – qolip pallalari; 3 – kulok; 4 – barmoqlari; 5, 6, 9– quyish sistemasi kanallari; 7– shtir; 8– qolip; 10 – vipor; 11 – yarim qolip; 12– old babka; 13– prujina; 14– plita; 15 – turtki.


    9-rasm




    Issiq kamerali porshenli mashinalarda quymalarni olish. Odatda, bu mashinalardan suyuqlanish temperaturasi 450– 500°C gacha bo’lgan ruh qalay, qo’rg’oshin asosidagi qotishmalardan kichik (25– 30 kg gacha) quymalar olishda foydalaniladi. Mashinalar konstruktsiyalari jihatidan qo’lda ishlatiladigan, yarim avtomatik va avtomatik ravishda ishlaydiganlarga bo’linadi. Masalan, avtomatik ravishda ishlaydigan mashinalarda soatiga 3000 gacha va undan ortiq quymalar olish mumkin. Issiq kamerali porshenli quyish mashinasining sxemasi: 1–vanna; 2– teshik; 3– komal; 4– tsilindr; 5– porshen; 6–mundshtuk; 7–qolip

    Download 1,35 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 1,35 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Quymalarni metall qoliplarda erkin quyib olish

    Download 1,35 Mb.