Elektron ta’lim resurslari-zamonaviy axborot texnologiyalari




Download 31.92 Kb.
bet2/2
Sana23.02.2024
Hajmi31.92 Kb.
#161296
1   2
Bog'liq
Reja . Ta’lim tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini -fayllar.org
N3 va N3k nivelirlarini tekshirish, 1-mustaqil ish, Jamshid Mamatov 2 I.M.T, 2-laboratoriya Jamshid Mamatov 102-19, 2-maruza, Elektrotexnikaning nazariy asoskari. Amirov S.F, 1-ы Vv harfi dars ishlanma, muxlisa kurs ishi tayyorlhs, 3-Laboratoriya ishi Mavzu Kompyuter tizimli blokini qismlarga , Kompyuterning qo`shimch qurilmalari-kompy.info
1.3. Elektron ta’lim resurslari-zamonaviy axborot texnologiyalari 

muhitida o`qitishning didaktik, dasturiy va texnik interfaol majmuasi 
Axborot texnologiyalari sohasi jadal sur’atlar bilan rivojlanib, takomillashib 
borayotgan bugungi kunda ta’limni axborot texnologiyalari asosida tashkil etish,
uning mazmunini talabalar ongiga to`laqonli singdirish dolzarb muammo sifatida 
ko`tarilmoqda. Zamonaviy axborot texnologiyalari muhitida o`qitishning
muammoli usuli axborot-retseptiv va reproduktiv metodlari bilan birgalikda keng 
qo’llaniladi. Bu muhitda elektron ta’lim resurslari ta’lim mazmunini taqdim etish,
talabaning bilish faoliyatini boshqarish va nazorat qilish vositalari sifatida 
foydalaniladi.
Shu munosabat bilan ta’lim muassasalari o`quv dasturlariga mos zamonaviy 
dizayn talablari asosida elektron ta’lim resurslarini yaratish lozim bo`ladi. Bu
jarayonda ayni o`quv materiali bir qancha vositalar bilan taqdim etilishi mumkin. 
Masalan o`quv materiallari nashr, audio, video, CD-disklar ko`rinishida bo`lishi
19

mumkin. O`qitishning har bir vositasi o`ziga xos didaktik imkoniyatlarga ega 


bo`lib, o`qituvchi bunday imkoniyatlarni yaxshi bilishi va o`quv materiallarini
mazkur vositalar bo`yichataqsimlay olishi hamda ulardan didaktikmasalalarning 
yechimiga bag`ishlangan o`quv axborotlarni ajratib olmog`i lozim bo`ladi.
Elektron ta’lim resurslari zamonaviy axborot texnlogiyalari muhitida 
o`qitishning didaktik, dasturiy va texnik interfaol majmuasidan tashkil topadi.
Elektron ta’lim resurslari an’anaviy majmualaridan farqliroq, o`qitishning 
kompyuter va an’naviy texnologiyalari birligi sifatida namoyon bo`ladi.
Elektron ta’lim resurslari asosida o`quv jarayonini tashkil etishda multimedia 
texnologiyalarining qo`llanilishi talabalarga o`qisha qiziqishni yanada orttiradi,
ta’limning interaktiv xususiyati asosida talabalarning fikrlash qobilyatini 
rivojlantiradi va o`quv materiallarini o`zlashtirilishining samaradorligini oshiradi.
Shu bilan bir qatorda elektron ta’lim resurslari real hayotlarda namoyish qilinishi 
qiyin yoxud murakkab bo`lgan jarayonlarni modellashtirish va kuzatish
imkoniyatini beradi, o`quv materiallarining ozlashtirilishi nafaqat darajasiga ko`ra, 
balki talabalar erishgan mantiq va qabul qilishlari darajasiga ko`ra ham samarali
bo`lishini bildiradi. 
Elektron ta’lim resurslari hamda masofaviy ta’lim o`quv-metodik
ta’minotining samarali integratsiyasini ta’minlashi, talabalarga mustaqil izlanish 
yo`li bilan materiallarni topish, o`rganish hamda muammoli masalalarni hal etish
orqali ularda ma’lum tadqiqot ishlarini amalga oshirish ko`nikmalarini 
shakllantirishi, talabalarning kurs, malakaviy bitiruv ishlarini bajarishda,
magistrlik dissertatasiyalarini tayyorlashda o`quv materiallari bilan mustaqil 
tanishish, tanlab olish, axborot hamda ma’lumotlarni tahlil eta olish kabi
malakalarni shakllantirishi uchun sharoit yaratishi kabi didaktik vazifalarni ham 
amalga oshiradi.
Informatika ta’limida elektron ta’lim resurslaridan foydalanish bo`yicha chet 
el tajribalari g’oyat katta e’tiborga molikdir. Xususan , XXI asrda AQSH va
Angliya ta’lim muassasalarida bu resurslardan samarali foydalanishgan. 
20

Xorijda 18-19 yoshli talabalar uchun yaratilgan elektron ta’lim resurslari 


quyidagi maslalarni o`z ichiga oladi: ma’lum bir mavzuni o`rganishda kompyuter


grafikasi imkoniyatlaridan foydalanish, muloqat usulida dasturlar tuzishni 
o`rganish, internetda sayohat qilish. Shunday qilib, chet ellik tadqiqotchilar
elektron ta’lim resurslaridan qanday usullar va qanday maqsadlarda foydalanish 
haqidagi fikrlarini ilgari surganlar. Boshqa fanlar qatori informatika fanidan ham
electron ta’lim resurslaridan foydalanib, ta’limni tashkil etish o’quvchilaring fanga 
doir bilimlarini puxta o`zlashtirishlarida muhim o`rinni egallaydi.
Elektron ta’lim resurslaridan foydalanishda o`quvchilar faol ishtirok etadi, 
topshiriq ustida ishlaydilar, o`zgalarning fikr-mulohazalarini muhokama qiladilar,
tinglaydilar, savollar beradilar, bir –biridan yordam so`raydilar, yordam berishni 
o`rganadilar.
Elektron ta’lim resurslari ining samaradorligi, avvalo, undan foydalanishga 
puxta tayyorgarlik ko`rishga bog`liq. O`qituvchi uchun darsga tayyorlanish eng
mas’uliyatli va eng muhim ish hisoblanadi. 
Elektron ta’lim resurslari idan mazuga tayyorlanish o`qituvchidan dastlab
quyidagilarni inobatga olishni talab etadi: 
a) Elektron ta’lim resurslari dan mavzuga oid materiallarni aniqlash;
b) Dars shaklini aniqlash; 
c) Mavzu manbalari bilan tanishib chiqish;
d) Mavzuga oid materiallarni elektron ta’lim resurslari dan sinchiklab o`qish, 
talabalarga tushunish qiyinlik qiladigan mavzularni izohlash metodini belgilash
e) Dars rejasini tuzish; 
f) Darsni o`tkazish metodini tanlash;
g) Darsning maqsad va vazifasiga mos didaktik materiallardan foydalanish; 
h) Dars mavzusining oldingi va keying dasr bilan bog`liq tomonlarini ochish;
i) Mavzuni bayon qilish usulini aniqlash; 
j) Uy vazifasini tekshirish metodlarini belgilash;
21

k) O`quvchilarga beriladigan savollarni tuzatish va javobini ham tayyorlab 


qo`yish;
l) Mavzuga doir qiziqarli topshiriqlar tayyorlab qo`yish; 
m) Uyga beriladigan vazifalarni belgilash.
Tajribalardan ma’lumki, o`quv jarayonida o`quvchilarning psixologik 
xususiyatlariga muvofiq ish olib borilsa, ular bilimlarini yaxshi
o`zlashtiradilar. Bilimlarni o`zlashtirishning muhim sharti uni tushinishdir. 
O`quvchilarning ijodkorlik qobilyatini rivojlantirishda elektron ta’lim
resurslari dan foydalanish o`ziga xos afzalliklarga ega. U talabalarni mantiqiy 
fikrlashga, fanga ilmiy va ijodiy yondashishga o`rgatadi, o`quvchilar uchun
o`quv
mavzularini
oson
o`zlashtirishiga,
ilmiy
dunyoqarshining
shakllanishiga muhim omil bo`lib xizmat qiladi, bilimlarni mustahkam 
egallashga yordam beradi, his tuyg’ularga ta’sir etgan holda mashqqatli aqliy
faoliyat natijasida fanga va kasbga nisbatan muhabat uyg`otadi. Shunga ko`ra, 
ta’kidlashimiz mumkinki, talabalarning ijodiy faolligi va o`quv faoliyatining
to`g`ri tashkil etilishi informatikadan elektron ta’lim resurslari 
samaradorligiga va undan foydalanib qiziqarli dars o`tilishiga zamin yaratadi.
Bunda o`quvchilar mavzularni mustaqil o`rganish malaka va ko`nikmalarini 
egallaydilar, amaliy va nazariy maslalarni yechadilar.
O`rgatuvchi, namoyishli, multimediali, bilimni nazorat qiluvchi, 
o`quvchilar bilimini baholovchi kompyuter texnologiyalarini dars jarayoniga
tatbiq qilib, elektron ta’lim resurslarini yaratish va ulardan foydalanib dars 
o`tish o`quvchilarning ijodkorlik qobilyatlarini yanada rivojlanishiga olib
keladi.
Aytib o`tilganidek, elektron ta’lim resurslari zamonaviy axborot
texnologiyalari muhitida o`qitishning didaktik, dasturiy va texnik interfaol 
majmuasidan iborat bo`lib, uning boshqa majmualaridan afzalliklaridan biri
mustaqil ta’lim olishni, ijodiy fikrlashni, malaka va ko`nikmalarni 
22

shakllantirish orqali oquv materiallari va ilmiy ma’lumotlarni har tomonlama 


chuqur o`zlashtirilishiga mo`ljallanganligidadir.


Elektron 
ta’lim
resurslarini 
yaratishda,
undagi
materiallarni
shakllantirishda quyidagilarga ahamiyat berish lozim: 

Elektron ta’lim resurslari mazmunan shunday tuzilgan bo`lishi 

kerakki, undan qo`shimcha axborotlarni olish uchun o`quvchi ham o`qituvchi


ham mutlaqo qiynalmasligi lozim; 

Mustaqil ta’limni tashkil etish imkoniyati mavjud bo`lishi lozim; 


O`quv materiallarini o`rgatish bo`yicha to`liq yo`riqnoma 


keltirilgan bo`lishi shart;

Nazorat topshiriqlari, o`z-o`zini tekshirish savollari va javoblari, 

mashq qiluvchi topshiriqlar bo`lishi lozim


Elektron ta’lim resurslarida bilimlar jozibali, ta’sirchan shaklda 
ifodalanadi, asosiy tushuncha va ta’riflar aniq va ravshan beriladi, nazorat
qilinadi. 
Shu bois barcha fanlardan elektron ta’lim resurslarini yaratishga katta
ahamiyat berilmoqda. Sababi birinchidan, elektron ta’lim resurslari axborotlar 
zamonaviy usulda multimedia va animatsiya vositalari yordamida to`laqonli
yoritiladi. Elektron ta’lim resurslarining asosiy e’tiborli xususiyati ham ana 
shunda. Ikkinchidan, olgan bilimlarni interaktiv usulda nazorat qilish
imkoniyati mavjud. Uchinchidan, yaratilgan elektron ta’lim resurslariini 
boshqa kompyuterda ishlatsak, unda multimediali imkoniyatlarining buzilishini
kuzatish mumkin. Shuning uchun, elektron ta’lim resurslarini boshqa 
kompyuterga o`rnatiladigan qilib diskka yozib, undan boshqa kompyuterlarda
ham foydalanish imkoni mavjud. 
Ta’kidlash joizki, elektron ta’lim resurslari ta’lim beruvchining pedagogik
imkoniyatlarini oshiruvchi vosita bo`lib xizmat qiladi, lekin ular pedagog 
23

o`rnini bosa olmasligi tabiiy albatta. Ta’lim jarayoni didaktik tamoyillarga, 


o`quv materialining bir tizimliligi, uzviyligiga asoslanadi.


Elektron ta’lim resurslarini yaratish katta mahorat talab qiladigan va uzoq 
davom etadigan jarayondir. Elektron ta’lim resurslari ta’lim jarayonida yaxshi
samara berayotgan va ularga ktta ehtiyoj sezilayotgan hozirgi kunda har bir 
predmet, kurs uchun bunday vositalarni yaratish davr talabi hisoblanadi.
Informatika fanidan elektron ta’lim resurslarini yaratish va ulardan 
ta’lim jarayonida foydalanish orqali talabalarning malaka va ko`nikmalarini
shakllantirish masalasi hali yetarlicha tadqiq etilgan emas, ayniqsa 
umumta’lim maktablari uchun. Shu ma’noda elektron ta’lim resurslari
o`qitish faoliyatining yangi vositasi sifatida namoyon bo`lmoqda. 
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining «Kompyuterlashtirishni yanada
rivojlantirish 
va
axborot-kommunikatsiya 

texnologiyalarini


joriy
etish
to`g`risida»gi Farmoni e’lon qilindi. Unda «...Real iqtisodiyot tarmoqlari-da

boshqaruv, biznes, fan va ta’lim sohalarida kompyuter va axborot texnologiyalarini


keng joriy etish, aholi turli qatlamlarining zamonaviy kompyuter va axborot 

tizimlaridan keng foydalanishlari uchun shart-sharoitlar yaratish...» belgilab



qo`yilgan. 
http://fayllar.org
Download 31.92 Kb.
1   2




Download 31.92 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Elektron ta’lim resurslari-zamonaviy axborot texnologiyalari

Download 31.92 Kb.