• Tajriba ishlari va natijalari. Xulosa va tavsiyalar. Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati.
  • Kirish I bob. Savod o’rgatish davrida o`quvchilarni diktant yozishga o`rgatish masalalari




    Download 3,11 Mb.
    bet1/17
    Sana21.02.2024
    Hajmi3,11 Mb.
    #160335
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
    Bog'liq
    muxlisa kurs ishi tayyorlhs


    KIRISH
    I BOB. Savod o’rgatish davrida o`quvchilarni diktant yozishga o`rgatish masalalari
    1.1. Savod o'rgatish davrida o'quvchilarni o'qish va yozishga o'rgatish masalalari.
    1.2. Diktant turlari haqida ma’lumot.
    II BOB. Savod o'rgatish davrida o'quvchilarni diktant yozishga o`rgatishda pedagogik texnologiyadan foydalanish
    2.1. Savod o’rgatish davrida zamonaviy usullardan foydalanishning ahamiyati
    o’ziga xos tomonlari
    2.2. Savod o’rgatish davrida ta’limiy diktantlardan foydalanish usullari.
    Tajriba ishlari va natijalari.
    Xulosa va tavsiyalar.
    Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati.

    KIRISH
    Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so’ng barcha sohalarda islohotlar amalga oshirildi. Xususan, ta’lim sohasi ham davlatsiyosatining ustuvor ahamiyatga yo’nalishlaridan biriga aylandi. “Ta’limto’g’risidagi Qonun” hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning mazmunmohiyati hayotga jadal tadbiq etildi. Respublikadagi uzluksiz ta’lim tizimining shakli bilan mazmuni takomillashib bordi. O’quvchini mustaqil fikrlashga, ijodkorlikka undovchi, faolligini oshirishga xizmat qiluvchi yangi pedagogiktexnologiyalar ta’lim jarayonidan o’rin oldi. O’quv mashg’ulotlarini qiziqarli, o’qituvchi va o’quvchi hamkorligiga tayanuvchi o’zaro faol munosabatlar asosida tashkil etishda yangi pedagogik texnologiyadan foydalanish ta’limiy va tarbiyaviy zaruratga aylandi. Qisqa vaqt oralig’ida ta’lim va tarbiyaning yetakchi maqsad hamda vazifalarini amalga oshirish, yuqori samaradorlikka erishishni kafolatlovchipedagogik texnologiyani boshlang’ich ta’lim jarayoniga tadbiq etish vositasida o’quvchilar mustaqil fikrlash qobiliyatini, nutqini, kitob o’qish malakasini o’stirishmasalasi muhim ahamiyat kasb etadi. Boshlang’ich sinf o’quvchilarining o’znuqtai nazariga, qarashlariga ega insoniy fazilatlar sohibi sifatida shakllanishi esaularning xatti-harakatlari, o’z burchiga munosabati, atrofdagilar bilan muloqoti orqali yaqqol namoyon bo’ladi. Shu bois, o’quvchilarning yozma va og’zaki nutqini o’stirish, muloqot madaniyatini egallab borishlarida ta’lim hamda tarbiya imkoniyatlaridan foydalanish ham dolzarb ahamiyatga ega. Mazkur malakaviy ishida savod o’rgatish davrida ta’limiy diktantlardan foydalanish orqali dars samaradorligini o’stirish omillari, samarali metod va usullarni qo’llash texnologiyasi asosidagi darslarni loyihalashtirish metodikasi yoritilganligi uningdolzarbligini belgilaydi.


    Bolaning jismoniy va psixologik rivojlanishidagi eng asosiy davr — bu boshlang’ich sinf davridir. Hammamiz bilamizki, sobiq tuzum sharoitida bu
    masalaga, afsuski, yetarlicha ahamiyat berilmas edi. Quyi sinflarda dars berish,
    asosan, o’rta maxsus ma’lumotga ega bo’lgan muallimlarga topshirib qo’yilgan
    edi. Boshlang’ich ta’limning yosh avlod hayotidagi roli va ahamiyatini hisobga
    olgan holda, bunday nomaqbul holatga butunlay barham berildi va bu vazifani
    bugungi kunda oliy ma’lumotli, yuksak professional mahoratga ega bo’lgan
    pedagog kadrlar bajarmokda. Qabul qilinadigan dasturda boshlang’ich ta’limning sifatini oshirish, ta’lim standartlari, o’quv dasturlari, Darslik va qo’llanmalarni takomillashtirish, ilg’or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyala-rini keng joriy etish masalalari o’z ifodasini topishi kerak. Ayni paytda, "Sog’lom bola yili"-ning maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda, farzandlarimizda, ayniqsa, qiz bolalar o’rtasida jismoniy tarbiya va sp ortga mehr uyg’otish, sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish bo’yicha aniq tadbirlarni belgilab, amalga oshirishimiz lozim.

    Download 3,11 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




    Download 3,11 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kirish I bob. Savod o’rgatish davrida o`quvchilarni diktant yozishga o`rgatish masalalari

    Download 3,11 Mb.