• Ta`kidiy diktant.
  • Kirish I bob. Savod o’rgatish davrida o`quvchilarni diktant yozishga o`rgatish masalalari




    Download 3,11 Mb.
    bet5/17
    Sana21.02.2024
    Hajmi3,11 Mb.
    #160335
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
    Bog'liq
    muxlisa kurs ishi tayyorlhs

    O`z diktant yoki yoddan yozuv.


    O`z diktant yoki yoddan yozuv boshlang`ich sinflarning hamasida o`tkaziladi. Diktantning bu turini o`quvchilar juda sevib bajaradilar. O`z diktant uchun sinf o`quvchilarining saviyasiga mos kichik bir parcha (yoki biror to`rtlik) tanlanadi. Tanlangan matn yozuv taxtasiga yozib qo`yiladi. Matnni o`qituvchi o`qib beradi. Matndagi izoh talab etiladigan so`zlar izohlanib, imloga doir qoidalar takrorlanadi. Shundan so`ng matn 3-4 bolaga o`qitilgach, yod olishlari uchun bir necha minut vaqt beriladi. O`quvchilar matnni yod olgach, uni bekitib qo`yiladi. Ular yodlagan matnlarini mustaqil yozadilar. Keyin yozuv taxtasidagi matn ochiladi. O`quvchilar yozgan matnlarini yozuv taxtasidagi matnga taqqoslab tekshiradilar va xatolarini tuzatadilar. Diktant o`tkazish tartibidan bilinib turibdiki, matn aytib yozdirilmaydi, balki matnni o`quvchilar yodlaydilar va mustaqil yozadilar, shuning uchun ham u o`z diktant yoki yoddan yozuv deyiladi.

    O`z diktant imlodan berilgan ma`lumotlarni singdirish, o`quvchilarning og`zaki va yozma nutqlarini o`stirish, xotiralarini mustahkamlashga yordam beradi. «Diktantlar to`plami»da yoddan yozuv uchun matnlar berilgan. O`rganilgan mavzuni mustahkamlash uchun «O`qish kitobi»8 va «Ona tili»9 darsliklarida ham matnlar mavjud. Darslikdagi matndan foydalanib o`z diktant o`tkazilganda, matnni yozuv taxtasiga yozish shart emas. O`z diktant o`tkaziladigan matnni uyda yodlab kelishga topshirish ham mumkin. O`z diktantda o`qituvchi quyidagi kabi qo`shimcha topshiriqlarni berishi ham mukin: matndagi otlarning tagiga to`g`ri chiziq chizish, ayrim bir yoki ikki so`zni bo`g`in ko`chirish qoidasiga ko`ra bo`laklarga ajratib yozish, matndagi fe`llarni aniqlab, tagiga chizish va hokazo. O`z diktant o`quvchilarda matn ustida ishlash malakasining shakllanishiga ham yordam beradi.


    Ta`kidiy diktant.


    Ta`kidiy diktant uchun tanlangan matnni yozdirishdan oldin o`quvchilarga o`rganilgan qoidalar eslatilib, ayrim so`zlarning yozilishi tushuntiriladi, sharoit talab qilsa, ayrim so`zlarni grammatik tahlil qilib, un umuman, yozish jarayonida nimalarga e`tibor berish kerakligi ta`kidlanadi. Shuning uchun ham mazkur ish turini ta`kidiy diktant deyiladi. Ta`kidiy diktant uchun matnni «Diktantlar to`plami»dangina emas, «Ona tili»10, «O`qish kitobi»11 dan tanlash ham mumkin. CHunki o`qituvchi ta`kidiy diktant o`tkazishdan bir necha kun oldin yozdiriladigan matnni o`qib kelish uchun topshiradi. Bundan maqsad o`quvchilarning o`rgangan imlo qoidalarini mustahkamlash, undan amalda foydalanish ko`nikmasini hosil qilishdir. Ta`kidiy diktant quyidagi tartibda o`tkaziladi: tanlangan matn bir marta o`qib eshittiriladi. Matn mazmuni o`quvchilarga savol-javob yordamida tushuntiriladi. Mazmuni ikki-uch o`quvchiga so`zlatiladi. Mustahkamlanishi ko`zda tutilgan imlo yoki tinish belgilariga oid qoidani takrorlab, ta`kidlab eslatiladi; matndagi shu qoida asosida yoziladigan so`z
    yoki qo`yish lozim bo`lgan tinish belgilari aniqlanadi, o`quvchilar mustaqil misol tanlaydilar va qoidani tushuntirib beradilar. O`quvchilarning javoblari xulosalanadi. Shundan keyin matn aytib yozdiriladi. O`quvchilar matnni yozib bo`lgach, o`z ishlarini tekshirib chiqishlari uchun vaqt beriladi. Maslan, 2-sinfda yumshatish belgisining yozilishini mustahkamlash maqsadida quyidagi matndan foydalanib ta`kidiy diktant o`tkazish mumkin.

    Download 3,11 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




    Download 3,11 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kirish I bob. Savod o’rgatish davrida o`quvchilarni diktant yozishga o`rgatish masalalari

    Download 3,11 Mb.