• «Harfni esda saqlash» o’yini.
  • “Yoddan yozuv”
  • Savod o’rgatish davrida ta’limiy diktantlardan foydalanish usullari




    Download 3,11 Mb.
    bet14/17
    Sana21.02.2024
    Hajmi3,11 Mb.
    #160335
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
    Bog'liq
    muxlisa kurs ishi tayyorlhs

    2.2. Savod o’rgatish davrida ta’limiy diktantlardan foydalanish usullari.
    Savod o’rgatish davrida o’quvchilarni bilim olishga qiziqtira olish, yaxshi tarbiyalay olish muhim. Buning uchun ta’limiy o’yinlardan foydalanish o’rinlidir. Ta’limiy o’yinlar bolalarni ham aqliy, ham jismoniy jihatdan rivojlantirish bilan birga ularni qiziqib o’zlashtirishlariga, ma’naviy barkamol bo’lishlarida ahamiyatlidir.
    «Harfni esda saqlash» o’yini. Bu o’yinning asosiy maqsadi o’quvchilarni tovushlarni to’g’ri talaffuz etish va to’g’ri yozish, esda saqlab qolishga o’rgatish hisoblanadi. O’qituvchi o’yinning o’tkazilishi haqida tushuncha beradi va u oldingi darslarda o’rganilgan O, A, D, F harflari ishtirok etgan rasmli kartochkalarni tarqatadi. O’zida esa O, A, D, F, harflari yozilgan kartochkalarni olib qoladi. O’quvchilarga olcha, olma, ot, anor, ari, archa, ayiq, delfin, daraxt, fil, fontan rasmlari tasvirlangan kartochkalar tarqatiladi.
    O’quvchi stolga O harfli kartochkani qo’yadi. O’quvchilar shu harfga mos rasmli kartochkani harf yoniga qo’yadilar va rasm nomini xor bo’lib aytadilar. Aytib talaffuz qilgan so’zlarini daftarlariga yozadilar. O’yin shu tarzda davom etadi. O’yin keyingi darslarda yangi o’tilgan harflar bilan o’tkaziladi. O’yinga yetti-sakkiz daqiqa vaqt ketadi. O’yinni boshqa turli variantlarda ham o’tkazilishi mumkin. O’yin orqali o’quvchilar harflarni xotirasida yaxshi saqlab qoladi va husnixat asosida yozishga o’rganadilar.

    O’yinning boshqacha varianti


    O’qituvchi o’quvchilarga istalgan harfni, masalan, A va O harflarini ko’rsatadi. O’quvchilarga unli harfga bog’lanadigan bo’g’in topib so’zlar tuzdiriladi. Bu ishlar og’zaki yoki yozma bajarilishi mumkin. Masalan:
    nor na
    A ri O la
    li ra
    rab pa
    Alifbe darsida bunday o’yinlarni o’tkazish orqali o’quvchilarning faolligi oshirib boriladi. Yozuv darsida esa shu o’yinlar asosida “Yoddan yozuv” diktantini qo’llasahimiz maqsadga muvofiq bo’ladi. Doskaga alifbe darsida o’rganilgan harflar terib qo’yiladi. O’quvchilar shu harf asosida o’qigan so’zlarini yodga olib daftarlariga yozadilar.

    Download 3,11 Mb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




    Download 3,11 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Savod o’rgatish davrida ta’limiy diktantlardan foydalanish usullari

    Download 3,11 Mb.