• O’yinning boshqacha varianti
  • Kirish I bob. Savod o’rgatish davrida o`quvchilarni diktant yozishga o`rgatish masalalari




    Download 3,11 Mb.
    bet15/17
    Sana21.02.2024
    Hajmi3,11 Mb.
    #160335
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
    Bog'liq
    muxlisa kurs ishi tayyorlhs

    «So’zni tez o’qish» o’yini


    Bu o’yin orqali o’quvchilarda so’zlarni tez o’qish ko’nikmalari orttiriladi. O’qituvchi so’z yozilgan kartochkalarni tarqatadi. Har bir o’yin ishtirokchisi o’ziga ajratilgan kartochkalarni olib, navbati bilan o’qiydi. Agar o’quvchi kartochkadagi so’zni noto’g’ri o’qisa, boshqa kartochka olmaydi. Qaysi o’quvchi so’zni to’g’ri o’qisa, shu o’quvchi o’yin g’olibi hisoblanadi. Masalan, sinfda 24 ta o’quvchi bo’lsa shulardan birinchi kuni 12 nafar o’quvchi qatnashadi, ya’ni o’qituvchi 12 o’quvchiga kamida 24 ta kartochka tayyorlaydi.
    Masalan:


    Ona




    Non




    Nok




    Olim

    Vatan




    Go’zal




    Maktab




    Mana

    Qaysi o’quvchi so’zlarni to’g’ri va tez o’qiy olsa o’sha rag’batlantiriladi.
    So’zlarni o’qish uchun 6-8 daqiqa vaqt beriladi.
    Yozuv darslarida, o’rganilgan harflar asosida so’zlar o’qiladi. O’quvchilarga ta’kidlab aytiladi: faqatgina ko’rsatilgan harflar ishtirok etgan so’zlarni yozishlari ta’kidlablanadi.
    Masalan: A-Ana, Ali, Ona, Ota, Buvi, Momo

    O’yinning boshqacha varianti


    O’qituvchi bir necha: kabutar, lola, o’rik, banan va boshqa bir qancha so’zlarga oid rasmlarni tayyorlaydi. O’qituvchi lola rasmini ko’rsatadi. O’tuvchilar qo’llaridagi so’zlar yozilgan kartochkalardan «lola» deb yozilgan kartochkani topib ko’rsatadi.
    Masalan:


    Yozuv darsida bu o’yinni rasm diktanti orqali davom ettirish mumkin. O’quvchilarga yakka narsalarning rasmlari ko’rsatilib nomlarini ayttiriladi va daftarlariga vergul qo’yib yozdiriladi.
    Yana bir turida quyidagicha rasm ko’rsatilib, rasmda nimalar tasvirlanganini yozing deb aytish mumkin, rasmdagi kishilarga ism tanlang va yozing deb ham topshiriq berish mumkin. O’quvchilar rasmdagilarni buvi, aka,
    uka, kitob, qora, oq, ko’k, pushti, zangor, havo rang deb yozadilar. Ismlarni esa bosh harflar bilan Adiba buvi, Ahror aka va Abror deb yozishlari mumkin. Bu rasm diktanti orqali o’quvchilar o'quv yili davomida o'rganiladigan imlosi qiyin so'zlarni to'g'ri yozishni puxtalash, shuningdek, ularni o'quvchilar qanday o'zlashtirganliklarini sinash maqsadida o’tkaziladi.


    Shunday holda bo’ldim duch, Bitta harfdan hatto «kuch», O’zgardi-yu bo’ldi «puch».


    «P» qochdi-yu, qoldi «uch».
    Savod o’rgatish davrida yana «Bilimdon» jurnalidan ham unumli foydalanish mumkin. jurnalning sahifalarida tovush va harflarning xususiyatlari haqida qiziqarli she’rlar, rasmlar berilgan.
    Masalan: Lobar bozorga bordi, L
    Layloga lenta oldi. l



    B

    Bog’bon boqqa boradi,




    b

    Bog’da behi teradi.




    Kosa–kosa suv ichdim,

    K




    Sohilni uzoq kechdim.

    k

    J

    Jo’ja bo’ladi otin,




    j Hali nimjon qanotim.


    Yozuv darslarida esa bu o’yinni davom ettirish uchun yoddan yozuv diktantidan foydalanishimiz maqsadga muvofiq bo’ladi. Diktantning bu turini o’quvchilar juda sevib, qiziqib bajaradilar.


    Kichik bir she’r, matn yoki topishmoq doskaga husnixat asosida yozib qo’yiladi. Bosma harflar bilan ham ekranda slayd asosida ko’rsatishimiz ham mumkin. Tushunarsiz so’zlar izohlab tushuntiriladi. O’quvchilar uni bir necha marta o’qib yod oladilar va daftarlariga yozadilar.


    Download 3,11 Mb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




    Download 3,11 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kirish I bob. Savod o’rgatish davrida o`quvchilarni diktant yozishga o`rgatish masalalari

    Download 3,11 Mb.