Kirish I bob. Savod o’rgatish davrida o`quvchilarni diktant yozishga o`rgatish masalalari




Download 3,11 Mb.
bet10/17
Sana21.02.2024
Hajmi3,11 Mb.
#160335
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
Bog'liq
muxlisa kurs ishi tayyorlhs

“Kim – qayerda?” usuli


Kim – qayerda usuli barcha fanlarda qo’llanilishi mumkin. Bunda o’quvchilar 30 – 40 nafarni tashkil etsa – o’tirgan joylarida 20 – 25 nafarni tashkil qilsa doska oldida doira shaklida turib olib bajarsa ham bo’ladi. Buning uchun hamma o’quvchilar ko’zlarini yumib turadilar, o’qituvchi o’quvchilarning har birini orqasiga ma’lum bir yozuvlarni yopishtirib qo’yadi. Ushbu yozuvlarni umumlashtiruvchi so’zlar xona devorlariga ilib qo’yiladi. Ko’zlarini ochishga ruhsat berilgandan so’ng, gapirish ta’qiqlanadi. Ana endi o’quvchilar gapirmasdan, o’zlarining orqalariga qanday yozuv ilinganligini bilmasdan xonaning qaysidir tomonidan o’ziga joy topishi kerak bo’ladi. O’quvchilar gapirmasdan bir – biriga yordam berib joylarini topishadi.
Quyidagicha misol keltirishimiz mumkin:
1 sinf ona-tili darslarida alifbo mavzusini quyidagicha o'tkazish mumkin: Buning uchun alifbodagi xarflar aloxida qilib kesib olinadi va konvertga solib xar bir guruhgga beriladi. Guruh qatnashchilari Konvert ichidagi xarflarni partaga yoyib, so'ng bir chekkadan tartib bilan yig'ishlari kerak. Boshqa guruhlarga nisbatan ishni oldinroq yakunlagan guruhga quyidagi qo'shimcha vazifalarni berish mumkin.
Qo'shimcha topshiriqlar:

  1. Unli tovushlarni aloxida yig'ing.

  2. Undosh tovushlarni aloxida yig'ing.

  3. Ismingizni yig'ishga xarakat qiling.

  4. Yig'ilgan so'zlarni bo'g'inga ajrating.

Berilgan barcha topshiriqlar daftarga yozilishi kerak. Hamma vazifalar bajarib bo'linganidan so'ng guruhlar nima ish bilan shug'ullanganliklari va nimalarni bilib olganliklari so'raladi va umumlashtiriladi.
So'ng uyga vazifa beriladi. Xarf yozilgan varaqlarni o'quvchilarga tarqatiladi. Uyga shu xarfga so'zlar yozib kelishadi, keyingi darsda esa bu varaqlar doskada alifbo tartibida yopishtiriladi, muxokama qilinadi.
Yangi pedagogik texnologiyalar o’quvchilar bilimlarni oson va tola o’zlashtirishlarida o’yinlarga alohida e’tibor qaratadi. Bugungi kunda qo’llanilayotgan o’yinlar pedagogik texnologiyalarning bir qismi sifatida darslarni yanada qiziqarli va samarali bo’lishini ta’minlaydi.
Ta’limiy o’yinlarni savod o’rgatish davrida maqsadga muvofiq ravishda va uyushtirish endigina o’qishni, yozishni o’rganayotgan bolalarga diqqatlarini asosiy maqsaqga qaratgan holda qiziqarli ish bilan band bo’lishillarini ta’minlaydi. Shuning uchun ham savod o’rgatish jarayonida ta’limiy o’yinlardan foydalanishning ahamiyati kattadir.
O’yinlar oddiy jismoniy harakatdangina iborat bo’lmay ma’lum ohang, ritm, badiiy so’z, sujet, kompozitsiyalarga ega bo’lgan bolalarning moddiy mashg’ulotidirdir”
Bolalar yoshligidan o’yinlarga ko’nikma hosil qiladilar va bundan o’zlariga estetik zavq oladilar, uni yordamida aqliy va jismoniy kamolotga erishadilar. Bu borada xalq og’zaki ijodi, salmoqli hissa qo’shadi. Bolalar o’yinlarining ruhi, tabiati, haraktiri, noetikasi, ishtirokchilarning hatti-haraklari shu xalqning mehnat va milliy tradissiyalai bilan, turmush kechirish sharoitlari, geografik yashash o’rni, iqtisodiy va siyosiy talablardan rivojlanadi. Sinchiklab qaralsa, bola o’yinida kattalarning xulqi odatlari, mehnat qilish usullari, turmushda ko’zda tutgan maqsadlarning harakteri belgilari ko’rinib turadi. Cho’pon bolasining o’yinlari ma’lum ma’noda cho’ponning kasbini eslatadi desak, xato bo’lmaydi. Qizlar esa aksariyat onalarning uydagi mashg’ulotlarini takrorlaydilar.
Bugungi bolaning orzusi;
Injener bo’lish, ospono’par binolar, havo kemalari qurish, dengiz-okeanlarning sirini bilish, ularning ixtiyorida turli hil kitoblar, konstruktorlik o’yinchoqlari, o’yinlar gimnastika, futbol, hokkey, tennis,boks, shahmat-shashka,turist bo’lib tog’larga, vodiylarga, uzoq shaharlarga borish va shunga o’xshaganlari, bularning hammasi bolaning ertangi taqdirida, tanlaydigan kasb va hunarida ijobiy iz qoldirishi turgan gap.
O’zbeklar va ular bilan birga yashagan xalqlar va qabilalarning milliy o’yinlari haqidagi dastlabki ma’lumotlar bizgacha XI-asrning buyuk lingvisti, tarixchisi, etnagrafik Mahmud Qoshg’ariyning “Devoni lug’atu turk “ kitobi orqali yetib keldi. Devon muallifi O’rta Osiyo hudidida yashaydigan qabila va xalqlarning milliy tillariga, ayrim so’zlariga izoh berish orqali kishilarning mashg’ulotlarini va hatto bolalarining o’yinlarigacha tilga olgan, ularning qoidalariga ta’rif beradi.
Devondan bir misol keltiraman; Mo’ko’z-mo’ko’z bir xil bolalar o’yini shunday” bolalar tiz cho’kib,dengiz labida o’tiradilar. Sonlari orasida ho’l qush solib to’ldiradilar. Ulardan biri ona boshisi moko’z-moko’z deydi. Qolganlarinamoko’z nimaning mo’ngusi (shoxi) deb so’raydilar. U birin-ketin shoxli hayvonlarni sanab ketadi. Uning ketidan ular ham takrorlaydilar. So’ng onaboshi shu nomlar orasidan tuya, eshak kabi shoxi yo’q hayvonlar ismini aytib chalg’itadi. Bolalarning o’yin tanlashdagi didi o’zgarmoqda. Endi bolalarimiz jamoa bo’lib, ahillik, bir-birini qo’llab-quvvatlash, bilan g’alabani qo’lga kiritib bo’ladigan chaqqonlik, dovyuraklikni talab qiladigan o’yinlarni o’ynashmoqda. O’yinlarda vatanparvarlik ruhi yaqqol ko’rina boshladi. O’yin shartlarida boshlash, tomomlash, jazo, mukofot ham o’zgarishiga uchradi. Bu o’zgarishlari bilan,
bolalar o’yin terminalogiyasi, milliy so’zlar hisobiga boyimoqda.
O’yinlar xalq bilim va tajribasining bitmas-tuganmas xazinasidir. Bu xazinani saqlovchilari esa xalqi bolalar o’yinlari materiallarini asosida shu o’yinlaridagi folklor elementlarini tutgan o’rnini aniqlash muhimdir, jumladan, o’yinlar savod o’rgatish davri o’qish darslarida amalga oshirishda muhim ta’limiy ahmiyatga ega savod o’rgatish o’qish darslarida amalgam ashirish bolani ortiqcha jismoniy zo’riqishdan saqlaydi, ulardan o’z kuchiga ishonch tuyg’usiniuyg’otadi. Savod o’rgatishda bajariladigan analitik va sintetik mashqlarni ham o’yin tarzida amalgam oshorishlozim. Bu ning zarur o’quv materiallari bor ularning ayrimlarini o’qituvchining o’zi ota onalar bilan birgalikda tayyorlaydi.
Savod o’rgatish davrida o’quvchilar nutq tovushlari, harflar bilan am’aliy tanishibgina qolmay bo’g’inlardan so’z tuzish, so’z va qisqa gaplarni o’qish hamda yozishni o’rganadilar. O’quvchilrda birinchi sinfdayoq unli va undosh tovushlarni bir-biridan ajratish, o’xshash undoshlar va ularning harfiy aniqlash yondoshgan unlilarni shuningdek, tovush va bo’g’in tahlili gap tuzish bilan aloqador bo’lgan lug’at imloga doir ishlar, talaffuzdan tushib qoladigan undoshlar, qator keladigan unli va undoshoid imlo ko’nikmalarini o’stirib boriladi. O’quvchilarning nutq tovushlarini to’g’ri talaffuz etishga, so’zni o’rinli va to’g’ri ishlatishga gap va bog’lanishli nutqqa to’g’ri tuzishga, ular orasida erishish uchun oqituvchi dars davomida qiziqarli o’yinlarining xilma-xil usullaridan foydalanish zarur.
Savod o’rgatish davrida asosiy metod analitik-sintetik metodidir. Qiziqarli o’yinlar shu metodga asoslangan bo’lishi lozim. Qiziqarla o’yinlar 3-5 minut davom etishi munkin. 1- o’yin bu bo’g’in ko’chirishga doir. Bunda o’qituvchi tomonidan tuzilgan “Bo’g’in jadvali” dan hohlagan bo’g’in ko’rsatiladi. O’quvchilar shu bo’g’inni kesma bo’gindan tuzadilar. Ikkinchi bo’g'inni tuzadilar.
Masalan: Lo-la, Sho-kir, Sho-di . Bu o’yin o’quvchilarning bo’g’indan so’zlar tuzish va bo’g’in ko’chirish qoidalarini o’zlashtirishga yordam beradi. 2-o’yin O’qituvchi istalgan unli harfni ko’rsatadi. O’quvchilar shu unli tovushga bog’lanadigan tovush topib og’zaki ravishda so’z yasaydilar.O’qituvchi o’quvchilar tuzgan so’zlarni doskaga yozib beradi.
Masalan:
yin shik
tin tik
O’ qi E lak
tir kin

Bu o’yinlar o’quvchilarning so’zni to’g’ri yozish talaffuz qilishlariga yordam beradi.



  1. o’yin, O’qituvchi har bir qator partadan bittadan o’quvchini doska oldiga chiqarib, kesma harflardan bittadan harf beradi. Harf olgan o’quvchilarning qaysi biri so’z boshida shu harf keladigan 3 ta so’z topib doskaga chiroyli qilib yozsa, shu-shu o’quvchi g’olib chiqadi.

“A” “B” “S’


Ali

bolta

Soli

A’zam

Baxtiyor

Sobir

Adham

baliq

Soat

So’z

va bo’g’inlarni o’qishga o’rgatishga

o’rgatishda tovush harflarni

alohida-alohida aytib o’qimaslikka, balki tovush harflarni bo’g’inda to’g’ri qo’shib


talaffuz qilishga so’zlarni og’zaki nutqdagi kabi yaxlit holda tovushlar uyg’unligiga rioya qilib o’qishga o’rgatiladi deyiladi. Bu fikrni ko’pgina olimlarimiz tasdiqlashgan.
Bo’g’inlab o’qishning avzalligi quydagicha. Birinchidan: bola harflayotganda biror harfni tushib qoldiradi 2-3 ta harfning nomini aytib sanagach ichida biron-bir harfning nomini unitib o’qishga xatoga yo’l qo’yadi. Fikri harflarni aytib so’zni o’qishga bo’ladida, so’z ma’nosiga e’tibor bermaydi.O’qish uchun ko’p vaqt sarflaydi.
Ikkinchidan: so’zning tovush tarkibi murakkab bo’lishi, juft so’z bo’lishi, qo’shma so’z bo’lishi mumkin. Ularni bir tushuncha sifatida qabul qila olmaydi.
Uchinchidan: alifbening keyingi sahifalarida o’quv materiallari ko’piyib boradi; uni harflab o’qish orqali dastur talabini bajarib bo’lmaydi.
“Kesma alifbedan ayniqsa alifbe davrinig ikkinchi va uchunchi bosqichlarida savod o’rgatish darslarida eng asosiy ko’rgazmali qurol ham tarqatma materiallar sifatida qo’llaniladi”- deyiladi. T. Ashrapovaning kitobida haqiqatdan ham kesma alifbe savod o’rgatish bo’yincha, o’yinga o’rgatish bo’yicha uyushtiriladigan mashqlarda keng qo’llaniladi.
Bunda so’zlar qaysi tovush harf bilan farq qilyapti? So’z ma’nosida ham harf bormi? Har ikki so’zning m’nosini tushuntirish kabi savol topshiriqlarga javob olinishi mumkin.
un i n o’ n

un u ch u z u k qovun s ovun
Ikki so’zlarda ya’ni bir bo’g’inli, bir tovush harflardan iborat bo’lsa, bunda ham yuqoridagi ish turini qo’llash mumkin.
Kesma harflar yordamida tuzilgan so’zlarda so’zlardagi bitta harfning o’rnini almashtirib yoki umumanharflarning o’rini almashtirib yangi so’z hosil qilish va o’qish mashqini ham o’tkazish mumkin.
M: Kalit-Tilak
Kesma harf bilan tuzilgan so’zdan bitta harfni olib qo’yib yangi so’z hosil qilish va o’qish
Mana-ana, elak-ela.
Bu kabi kesma harflar bilan so’z tuzish va o’qish o’quvchilarning o’qishga bo’lgan qiziqishlarini oshiradi, ularni so’zni to’g’ri va ravon nusha ko’chirishaga o’rgatadi.
Kesma harflar bilan quydagicha o’yin tashkil qilish mumkin.
Kesma alifbe orasida 1, 2, 3, …. Raqamlari yozib qo’yiladi. O’quvchilar tartib bilan terib chiqadilar va o’qiydilar.
1, 2 o’ , n

1, 2, 3 o , n , a Bu musoboqa tarzida uyushtiriladi.
Kesma alifbe yordamida so’z tuzdirish ishini bir vaqtning o’zida bir necha o’quvchiga bajartish mumkin. Buning uchun harf kassasidan bir harfning kichik va bosh shaklidan bir nechtadan bo’lishi kerak. Unli tovushni ifodalovchi harflar ko’proq tayyorlab qo’yilishi lozim.
O’quvchilarni o’qishga o’rgatish va to’g’ri o’qish malakalarini hosil qilishda bo’g’inlar jadvali ilova qilinadi. Bo’g’inlar jadvali alifbe darsligidagi o’quv materiallari asosida tayyorlanadi. Bo’g’inlar jadvalida bo’g’inlar bittadan berilgan. Lekin kesma bo’g’inlar ham bosma chiqarilgan.
Bo’g’inlar jadvalidan foydalanishdan oldin bo’g’inlar, kesma harflar bilan doska yoki partaga tuzdirilishi, o’qishni mashq qilinishi kerak. So’ng o’rganilgan bo’g’inlar asosida so’z tuziladi va o’qiladi. Bo’g’inlar yordamida so’z tuzishda turli xil mashqlar, o’yinlar uyushturish mumkin.

    1. O’qituvchu ikki bo’g’inli so’z aytadi, o’quchilar partalarida turadi va qo’l ko’tarib javob beradi. Bo’g’inlar jadvalidan bugungi darsda foydalanmaydigan bo’g’inlarni olib qo’yish lozim. Aks holda bolalar chalkashib qolishlari mumkin.

    2. O’qituvchi sinfning bilim-ko’nikmasikasidan kelib chiqib, kesma bo’g’inlar bilan ishni tashkil etadi. O’quvchilar ancha ko’nikma hosil qilgan bo’lsa, yozilgan yuqoridagi kabi so’zlarni aytadi.

O’quvchilar so’z tuzish ishi bilan endi ish boshlagan bo’lsa, o’qituvchi so’zni bo’g’inlab aytadi, o’quvchilar kesma bo’g’inlardan uni tuzadi.
O-na , bo-la , da-la …

    1. O’qituvchi narsa rasmni ko’rsatib uning nomini bildiruvchi so’zning birinchi bo’g’inini aytadi. O’quvchilar qolgan bo’g’larini topib, so’z tuzadilar va o’qiydilar.

    2. O’quvchilaraga biror so’z aytiladi. O’quvchilar uni kesma bo’gindan tuzadilar. So’ng ikkinchi topshiriq beriladi.

  1. birinchi bo’g’inni olib qo’yib o’qing.

  2. oxirgi bo’g’inni olib qo’yib o’qing.

v) o’rtadagi bo’g’inni olib qo’yib o’qing.
d) bo’g’inlarni o’rnini almashtib, yangi so’z hosil qiling va o’qing.

    1. O’quvchilarga topishmoq aytadi. O’quvchilar topishmoq javobini kesma bo’g’inlardan foydalanib yozadi va o’qiydi.

“Darvoza o’yini”
Stol ustida kesma bo’g’inlar qo’yiladi. Ikki o’quvchi darvoza hosil qilib doska tomonga qarab o’tiradi. 1-o’quvchi chiqib, kesma bo’g’inlardan tanalb ularni ma’lum tartibga keltirib so’z turadi va darvozadan o’tadi. Uning topshirig’i to’g’riligini tekshirish uchun darvozabonlar ham o’qib ko’radi.
To’g’ri bo’lsa o’tadi, xato bo’lsa o’tmaydi. Ularni o’tirganlar diqqat bilan tekshirib, kuzatib boradi.
“Tun-kun” o’yini.
O’qituvchi yoki o’quvchi alifbe sahifalaridagi so’zlarni kesma bo’g’inlar yordamida tuzayotganda so’zlarni kesma bo’g’inlar yordamida tuzayotganda “tun” deydi. Bolalar ko’zlarini yumib, boshini parta ustiga qo’yadi. Tuzib bo’lgach “kun” deydi. Bolalar boshini ko’tarib ko’zini ochadi. Tuzilgan so’zlarni o’qiydi. Kim birinchi o’qib bo’lsa, qo’lini ko’taradi.
Kesma bo’g’in va kesma harflar bilan birga ishlash ham mumkin. Bulardan asosan uch tovushdan tuzilgan so’zlarni tuzish va o’qishda foydalanish mumkin.

no+n , do’s+t


no+k lol+a
Do’st so’zi bir bo’ginli so’z ekani undan t ni ajratib bo’lmasligi biz o’qishga o’rganish uchun bu usuldan foydalanganimizni aytib o’tishim kerak. Umuman kesma harf, kesma bo’g’in asosida so’z tuzish va o’qish mashqlarini tashkil etish ta’lim jarayonida o’quvchilarni qiziqtirishda, o’qishning ongli bo’lishida muhimahamiyat kasb etadi. O’quvchilarni sezgirlikka, chaqqonlikka o’rgatadi. O’qituvchi ham vaqt sarflab, ko’proq samaraga erishadi. Kesma harf va kesma bo’g’inlar yordamida turli xilda qiziqarli mashq turlaridan, o’yinlardan foydalanish o’qituvchining izlanishini, ijodkorligi va maxoratiga bog’liqdir.
Boshlang’ich ta’limda savod o’rgatish davri asosiy davrlardan hisoblanadi. Agar o’quvchi savod o’rgatish davrida yaxshi o’zlashtirsa, yuqori sinflarda ham yaxshi natijalarga ega bo’ladi. Umumiy o’rta ta’limda yaxshi natijalarga erishgan o’quvchi kelajakda yaxshi kasb egasi bo’lib jamiyat uchun, uning ravnaqi, xalqning farovon yashashi uchun jon kuydiradigan mutaxassis bo’lib kamol topadi.
Ta’lim sohasidagi muhim hujjatlar – «Ta’lim to’g’risida»gi Qonun,
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», «2004-2009-yillarga mo’ljallangan maktab ta’limini rivojlantirish davlat umummilliy dasturi» talablariga asosan yosh avlodga jahon ta’lim standartlari darajasida ta’lim va tarbiya berish ko’zda tutilgan. Milliy istiqlol mafkurasining asosiy g’oyalaridan biri komil
inson g’oyasi hisoblanadi. O’quvchilarni komil inson etib tarbiyalash har bir pedagogning vazifasidir. Komil inson asosiy g’oyasini amalga oshirishda savod o’rgatish davri muhim ahamiyatga ega.
Mazkur qo’llanmada savod o’rgatish davrining o’ziga xos xususiyatlari, savod o’rgatish davrining asosiy darsligi hisoblangan «Alifbe»ning afzalliklari, rang-barangligi ko’rsatilgan. Qo’llanma boshlang’ich sinf o’qituvchilari, boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish yo’nalishi talabalari uchun dasturulamal bo’ladi degan umiddamiz

Download 3,11 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Download 3,11 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kirish I bob. Savod o’rgatish davrida o`quvchilarni diktant yozishga o`rgatish masalalari

Download 3,11 Mb.