|
Kirish I bob. Savod o’rgatish davrida o`quvchilarni diktant yozishga o`rgatish masalalari
|
bet | 7/17 | Sana | 21.02.2024 | Hajmi | 3,11 Mb. | | #160335 |
Bog'liq muxlisa kurs ishi tayyorlhsIjodiy diktant.
Ijodiy diktant o`rganilgan qoidalarni o`zlashtirish va yozuvda o`rinli qo`llash malakalarini mustahkamlash bilan birga, o`quvchilar og`zaki va yozma nutqining rivojlanishiga ijobiy ta`sir qiladi, ularda ijodkorlik, mustaqillik kabi zaruriy malakalarning shakllanishida muhim o`rin tutadi.
Ijodiy diktantda o`quvchilarga o`rganilgan qoidaga mos so`z, so`z birikmalari, biror mavzuga oid so`roqlar beriladi. Ular berilgan so`z va so`z birikmalarini qatnashtirib gap yoki hikoyacha tuzadilar.
O`qituvchi ana shu berilgan so`zlar yoki so`z birikmalari yordamida tuzatiladigan hikoya mazmuni va ishni bajarish usuli haqida o`quvchilarga tushuncha berishi kerak, chunki ijodiy diktant matni aytib turilmaydi, gap yoki matnni o`quvchilarning o`zlari ijod qiladilar. O`qituvchi ko`rsatmasiga ko`ra ungi yozadilar. Shu jihatidan ijodiy diktant inshoga o`xshab ketadi.
O`quvchilarning ijodkorlik faoliyatini yoshlikdan tarbiyalash maqsadida ijodiy diktantni izchillik bilan, tez-tez o`tkazib turish lozim. Bu bilan o`quvchilarni yuqori sinflarda ijodiy xususiyatga ega bo`lgan yozma ishlarni yozishga, xususan, inshoga tayyorlnadi.
Ijodiy diktantdan 1-4-sinflarda keng yodalaniladi. Alifbe davridanoq o`quvchilarni ijodiy diktant yozishga tayorlab boriladi. Buning uchun quyidagidek tayyorgarlk ishlari olib boriladi:
Berilgan so`zlardagi tushirib qoldirilgan tovushlarni topib aytish va shu tovushni ifodalovchi harfni tanlab, so`zni yozish: m.na (mana), bo.o (bobo) singari.
Berilgan gapdagi nuqtalar o`rniga gapning mazmuniga mos so`z topib aytish va yozish: O`quv qurollarini … (yaxshi) saqlayman.
Berilgan so`zlardan gap tuzib aytish va uni o`qituvchi ko`rsatmasi bilan yozish: Erta, bu yil, keldi, bahor. (Bu yil bahor erta keldi).
Berilgan savolga mustaqil javob qaytarish va uni yozish: O`quvchi nima qiladi? (O`quvchi o`qiydi, yozadi va dam oladi).
Bunday ijodiy diktantga tiayyorlov mashqlarida o`quvchilar ko`proq noto`g`ri talaffuz qilishi sababli xatoga yo`l qo`yadigan so`zlardan tanlash maqsadga muvofiq bo`lib, foydali natija beradi.
Ijodiy diktant quyidagicha o`tkazilishi mumkin:
Berilgan so`zlardan qatnashtirib gap tuzish va uni yozish. Ijodiy diktantning bu turi boshlang`ich sinfning hammasida o`tkaziladi. 2-sinfda
«Harakatni bildirgan so`zlar» mavzusi o`tilganda harakatni bildirgan bir necha so`z yozuv taxtasiga yoziladi: ma`raydi, kishnaydi, qichqiradi. O`qituvchi yozuv taxtasiga yozilgan so`zlardan qatnashtirib gap tuzish kerakligini tushuntiradi. Buning uchun vaqt ajratiladi. Berilgan vaqt o`tgach, o`qituvchi o`quvchilardan tuzgan gaplarini so`raydi. O`quvchilar tuzgan gaplarini aytadilar: Sigir ma`raydi. Ot kishnaydi. Xo`roz qichqiradi. (Xo`roz erta tongda qichqiradi).
O`quvchilarning talaffuzida yo`l qo`gyan xatolari tuzatiladi. O`qituvchi o`quvchilar aytganlaridan ma`qulini tanlab, aytib yozdiradi. Ish shu tarzda davom etadi. O`quvchilarda ijodiy diktant yozish malakasi hosil bo`lgach, tanlangan gapni tuzgan o`quvchining o`zi yozishi ham mumkin.
Masalan, 3-sinfda o`qituvchi quyidagi so`zlarni yozuv taxtasiga yozib berib, «Oromgohda» mavzusida gaplar yoki hikoya tuzishni topshiradi.
O`quvchi, yoz, oromgoh, jismoniy tarbiya, shug`ullan, kinofilm, ko`r, albom, tuz, hayot, tog`, yaqin, sayohat, turli barg, bola, suv, muzdek, maza, ta`til, ko`ngilli, o`tkaz.
Bolalar tuzgan gaplarini aytadilar. O`qituvchi ular yo`l qo`ygan xatolarni tuzatadi va «Oromgohda» mavzusida hikoya hosil qiladigan gaplarni tanlab, puxtalab boradi. Buning uchun u berilgan so`zlardan hikoyacha tuzib qo`ygan bo`lishi kerak. Aks holda kuzatilgan maqsadga erishib bo`lmaydi. O`quvchilar tuzgan gaplarini - hikoyalarini aytib bo`lgach, o`qituvchi o`zi tayyorlagan yoki ma`qul bo`lsa, o`quvchilar mustaqil tuzgan hikoyani bir marta o`qib berishi, keyin mustaqil yozishga topshirishi lozim.
Ijodiy diktantning bu turida bir mavzuda hikoya tuzish uchun o`rganilgan qoidalarga mos so`z birikmalarini berish ham mumkin. Bunda ham o`quvchilar yozuv taxtasiga yozilgan so`z birikmalarini qatnashtirib hikoyacha tuzadilar.
Ta`limiy - ijodiy diktantni har bir mavzudan so`ng o`tkazish maqsadga muvofiq. Ijodiy diktant o`tkazilganda, gap yoki matn tuzish uchun zarur bo`lgan so`zlar, so`z birikmalari yoki gaplar yozuv taxtasiga yozilib, o`quvchilar diktant yozayotgan vaqtda yozuv taxtasi vaqtincha parda bilan berkitib qo`yiladi. Ular diktantni yozib bo`lgach, yozuv taxtasidagi yozuv ochiladi. O`quvchilar yozganlarini solishtirib xatolarini tuzatadilar.
Diktantning bu turini tez-tez o`tkazish o`quvchilarda izlanish, ijod qilish, matiqiy fikrlash kabi aqliy faoliyatlarning taraqqiy etishiga katta yordam beradi.
|
| |