• Izohli diktant.
  • Kirish I bob. Savod o’rgatish davrida o`quvchilarni diktant yozishga o`rgatish masalalari




    Download 3,11 Mb.
    bet6/17
    Sana21.02.2024
    Hajmi3,11 Mb.
    #160335
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
    Bog'liq
    muxlisa kurs ishi tayyorlhs

    Buyuk ipak yo`li.


    Buyuk ipak yo`li asrlar davomida qit`alarni bir-biri bilan bog`lagan. Yo`l o`tgan o`lkalarda savdo-sotiq rivojlangan, ma`rifat-madaniyat ravnaq topgan.
    Bu muqaddas yo`l O`zbekistonning shaharlari va talay salobatli qal`alari orqali o`tar edi. Bozorlarni noz-ne`matlar bilan to`ldirgan. Elatlarga to`kin-sochin hayot baxsh etgan. Xalqlar bir-birlari bilan do`stlikda, tinchlikda barqaror hayot kechirishga intilganlar.
    Hozir ham ajdodlar asos solgan bu tabarruk yo`l o`z ahamiyatini yo`qotgani yo`q.
    Matn bir marta o`qib berilgandan keyin, tutuq belgisining yozilishi haqidagi qoida takrorlanadi: o`quvchilar qoidani aytadilar, misollar keltiradilar. Keyin o`quvchilar qit`alarni, ma`rifat, qal`alari, noz-ne`matlari so`zlaridagi tutuq belgisining yozilishi haqidagi qoidani eslaydilar.
    O`quvchilar daftarlariga sana va matn sarlavhasini yozib olgach, (bular yozuv taxtasiga yozib qo`yildi), matn aytib yozdiriladi.
    Matn yozib bo`lingach, o`qituvchi matnni boshidan oxirigacha o`qib berishi, o`quvchilar yozganlarini kuzatib borib, yo`l qo`ygan xatolarini tuzatishlari mumkin. Ayrim hollarda matnni o`qituvchi o`qib berganidan keyin o`quvchilardan biriga daftaridan o`qitish ham foydlidir. O`quvchilar o`z ishlarini mustaqil o`qib, yo`l qo`ygan xatolarini tekshirganlaridan keyin daftarlari yig`ib olinadi.

    Izohli diktant.


    Izohli diktant boshlang`ich sinflarning barchasi uchun mos bo`lib, o`quvchilarga yozdirilgan matn tarkibidagi imlosi qiyin so`zlarning yozilishini eslatish va ta`kidlash maqsadida o`tkaziladi. Belgilangan matn o`quvchilarga yozdiriladi. Undagi so`zlarning imlosi eslatilmaydi. O`quvchilar matnni yozib bo`lganlaridan keyin undagi matnni qanday yozganliklari so`raladi. Albatta, o`quvchilar yozuvida ayrim xatolarning bo`lishi mumkin. O`quvchilar yozuvidgi xatolar turli tartibda tuzatilib izohlanadi:

    1. o`quvchilardan biri aytgan so`zdagi xatoni boshqa bir o`quvchi tuzatadi;

    2. o`quvchi xatosini o`qituvchi og`zaki izohlaydi;

    D) o`quvchi yozgan xato so`zni o`qituvchi yozuv taxtasiga yozib ko`rsatadi.
    Shu tartibda o`quvchilar yozgan xato so`zlarini o`zlari tuzatadilar. Bu bilan o`quvchilarning imlo savodxonligini aniqlash va kamchiliklarini to`ldirish mumkin.
    Izohli diktant uchn to`la bir dars ajratilishi shart emas. Ta`limiy diktantning boshqa turlari kabi yozuv darsining ma`lum bir qismida o`tkazish mumkin.
    Izohli diktant uchun matnni o`quvchilarning dasrliklaridan ham tanlash mumkin. Bunday holatda matnni o`quvchilarga yozdirib bo`linganidan keyin ular kitoblarini ochib, yozganlarini taqqoslab ko`radilar. O`zlari sezgan xatolarini tuzatadilar. Lekin hamma o`quvchilar ham o`z xatolarini topa olmaydilar. Ayniqsa, bo`sh o`zlashtirayotgan o`quvchilar bu ishga qiynaladilar. Shuning uchun ular bilan alohida ish olib borishga to`g`ri keladi. Ya`ni o`quvchilar o`z yozuvlarini kitobdagi matnga taqqoslab xatolarini tuzatayotganlarida o`qituvchi bo`sh o`zlashtirayotgan o`quvchi bilan ikki tartibda ishlashi lozim.

    Download 3,11 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




    Download 3,11 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kirish I bob. Savod o’rgatish davrida o`quvchilarni diktant yozishga o`rgatish masalalari

    Download 3,11 Mb.