|
Kirish I bob. Savod o’rgatish davrida o`quvchilarni diktant yozishga o`rgatish masalalari
|
bet | 4/17 | Sana | 21.02.2024 | Hajmi | 3,11 Mb. | | #160335 |
Bog'liq muxlisa kurs ishi tayyorlhs Ko`rsatish diktanti.
Ko`rsatish diktanti boshlang`ich sinflarning hammasida o`tkaziladi. Buning uchun o`tilgan mavzuga doir matn «Diktantlar to`plami» dan tanlanadi va darsdan odin husnixat qoidlalariga rioya qilgan holda yozuv taxtasiga yozib qo`yiladi.
Matn bir marta shoshmasdan ifodali qilib o`qib beriladi. Suhbat (savol- javob) yordamida tushuntiriladi va o`rganilgan qoidalar eslatilib, matn mazmuni mustahkamlanadi. Shundan keyin matn parda bilan bekitib qo`yiladi va aytib yozdiriladi. Matnni aytib yozdirib bo`lingach, parda osiladi. O`quvchilar yozganlarini yozuv taxtasidagi yozuvga taqqoslab, yo`l qo`ygan xatolarini to`g`rilaydilar. Masalan, 2-sinfda nutq va gap haqida tushuncha hosil qilingandan keyin shunga oid birorta matn yuzasidan ko`rsatish diktanti o`tkaziladi.
Yozuv taxtasidagi matn ifodali qilib o`qilgach, gapning oxirida ovozning pasayishi, yozuvda nuqta qo`yilishi, gapning birinchi so`zi bosh harf bilan boshlab yozilishi suhbat yordamida tushuntiriladi. So`ng matn ustini parda bilan berkitib, aytib yozdiriladi.
O`qituvchi birinchi gapni (Tong otdi) aytadi, nuqta qo`yilishi aytmaydi. O`quvchilar gapni yozib oxiriga nuqta qo`yadilar. O`qituvchi keyingi gaplarni ham shu tartibda aytib yozdiradi.
Matn yozdirib bo`lingach, yozuv taxtasidagi matn ochiladi. O`quvchilar yozganlarini yozuv taxtasidagi yozuvga taqqoslab, xatolarini tekshirib to`g`rilaydilar.
O`qituvchi o`quvchilar daftarini darsning oxirida yig`ib oladi, tekshirib, mustaqil ishlar singari baholaydi.
2-sinfda so`z oxirida jarangsiz jufti eshitiladigan maktab, maqsad kabi so`zlarning yozilishini mustahkamlash uchun quyidagi to`rtlikni ko`rsatish diktanti qilib yozdirish mumkin.
Bizlar yosh avlad, Yashaymiz hur, shod. Mehnat-la obod, Mening Vatanim.
Bunda matn ifodali o`qib berilgach, savol-javob yordamida o`quvchilar shod, avlod, obod so`zlarining oxirida kelgan undoshning jarangsiz jufti «t» talaffuz qilinishini, ammo yozuvda «d» harfi bilan yozilishini aytib, tekshirish yo`lini (bunday so`zlar oxirida qanday harf yozilishini aniqlash uchun shu so`zga unli qo`shib o`qilishi kerakligini) eslatadilar. Matnni bekitib aytib yozdiriladi. O`quvchilar matnni yozib bo`lgach, parda ochiladi. Ishning davomi yuqoridagi tartibda davom ettiriladi.
So`z oxirida jarangsiz jufti eshitiladigan so`zlarning yozilishini mustahkamlash maqsadida ko`rsatish diktantining ikkinchi usulidan ham foydalanish mumkin. Bunda matn to`liq yozilmay, balki o`rganilishi lozim bo`lgan mavzuga doir so`zlargina (shod, avlod, obod) yoziladi.
O`qituvchi shu so`zlar ishtirok etgan she`rni bir marta o`qib beradi. Matn mazmuni ikki-uch o`quvchiga so`zlatiladi va matndagi shod, avlod, obod so`zlari yozuv taxtasiga yoziladi. Yozuv taxtasigai so`zlar ikki-uch o`quvchiga o`qitilgach, suhbat yordamida o`quvchilar shu so`zlarning aytilishi va yozilishini, so`zlarning oxirida qanday harf yozilishini tekshirish yo`lini tushuntiradilar yoki o`qituvchining o`zi tushuntiradi. Shundan so`ng matn aytib yozdiriladi. Matn yozib bo`lingach, yozuv taxtasidagi so`zlar ochib qo`yiladi, o`quvchilar yozganlarini tekshiradilar.
O`qituvchining ko`rsatmasi bilan o`quvchilar kitobning shu betini ochadilar. O`qituvchi matnni o`qiydi, o`quvchilar kitoblaridan kuzatib boradilar. Matndagi unli tovushli so`zlar ikki-uch o`quvchiga o`qitilgach, kitoblar yoptirib qo`yiladi. O`quvchilar yozuv taxtasiga oldindan yozib qo`yilgan sana va matn sarlavhasini daftarlariga yozadilar. Shundan keyin «O`yinchoqlar» matni aytib yozdiriladi. O`quvchilar yozganlarini avval mustaqil, keyin kitoblarini ochib, yozganlarini tekshirib o`qiydilar va hokazo.
«Diktantlar to`plami»da ko`rsatish diktanti uchun tavsiya etilgan matnlardan o`qituvchi o`z sinfi o`quvchilarining bilim saviyasi, qabul qilish darajasiga qarab foydalanishi, ayrim matnlarga ijodiy yondashishi mumkin.
Ko`rsatish diktanti o`quvchilarning ko`rish, idrok etish sezgilari bilan eshituv sezgilarining taraqqiy etishiga yordam beradi.
|
| |