|
Kirish I bob. Savod o’rgatish davrida o`quvchilarni diktant yozishga o`rgatish masalalari
|
bet | 3/17 | Sana | 21.02.2024 | Hajmi | 3,11 Mb. | | #160335 |
Bog'liq muxlisa kurs ishi tayyorlhs1.2. Diktant turlari haqida ma’lumot.
O`quvchilar savodxonligini oshirishda foydali mashqlardan biri diktantdir. Diktant o`tkazishda o`quvchilarning imkoniyatlarini hisobga olish, ishda aniqlika e`tibor berish, soddadan murakkabga borish muhim ahamiyatga egadir. Shuningdek, o`quvchilarni o`z-o`zini tekshirishga odatlantirish zarur.
O`quvchi diktant yozishda so`zning harfiy ifodasini ko`rmay, eshitish sezgisi orqali tovushlar majmuasini tasavvur etadi, tovushlarni harflar bilan almashlab yozadi. Bunda psixologik jarayon bilan fiziologik jarayonning birgalikda harakatlanishi so`zlar shaklining bolada mustahkamlanib borishiga imkon beradi. Shuning uchun ham diktant imlo o`rgatishda o`z tabiatiga ko`ra to`la ta`limiy yozma ish hisoblanadi.
Diktantntlar maqsadiga ko`ra ikki turli bo`ladi:
Ta`limiy diktant. Diktantning bu turi o`rganilgan mavzularni mustahkamlash maqsadida yozuv darsining biror qismida o`tkazilib, unga alohida soat ajratilmaydi.
Ta'limiy diktantlar tashkil etish va bajarilish usuliga ko'ra quyidagi turlarga bo'linadi:
Ta'kidiy diktant.
O'z diktant yoki yoddan yozuv diktanti.
Izohli diktant.
Saylanma diktant.
Erkin diktant.
Rasm diktant.
Lug'at diktant.
Ijodiy diktant. 1
Shulardan saylanma, erkin va ijodiy diktantlarda matn ma'lum o'zgarishlar bilan yoziladi.
Tekshiruv diktantida yaqinda yoki ilgari o'rganilib, mashqlar bilan mustahkamlangan qoidalarni o'quvchilar qay darajada o'zlash-tirganliklari aniqlanadi. Tekshiruv diktanti biror bo'lim o'rganilgandan so'ng yoki chorak oxirida o'tkaziladi. Tekshiruv diktanti o'quv yili davomida 5-6 marta o'tkaziladi. Diktantning bu turida yo'l qo'yilgan xatolar chuqur tahlil qilinadi, ularni bartaraf qilish usullari belgilanadi. Shu jihatdan tekshiruv diktantining ta'limiy ahamiyati katta. Imloviy mashq sifatida diktantning xilma-xil turlaridan foydalaniladi.
Izohli diktant o'quvchilarning qobiliyatiga qarab ikki xil o'tkaziladi. O'quvchi, odatda, o'qituvchining ko'rsatmasi bilan ma'lum so'zning yozilishini diktant yozishdan oldin yoki keyin izohlaydi. So'zning yozilishini bo'g'in-tovush, tovush-harf tomondan tahlil qiladi, unga qoidani tatbiq etadi. Masalan, ,,Kitob — bilim manbai" — Kitob: Ki-tob. Ikki bo'g'in. Birinchi bo'g'inida k, i; ikkinchi bo'g'inida t, o, b tovushlari bor. Oxirgi b tovushi p tovushi tarzida talaffuz qilinadi. Unda b yoki p tovushini ifodalovchi harming yozilishini tekshirib aniq-laymiz.
Buning uchun so'z oxiriga i tovushini qo'shamiz va aytamiz: kitobi. B tovushi yozilar ekan" kabi izohlanadi.
Bu diktantda o'quvchilar qoidalarga oid so'zlarning tagiga chizadilar.
Saylanma diktantda o'quvchilar diktovka qilingan gaplar yoki matnning hammasini yozmaydilar. Uning o'qituvchining topshirig'iga mos qisminigina (o'rganilgan qoida asosida yoziladigan so'zlarni, so'z birikmalarini) yozadilar. Masalan, bosh harf bilan yoziladigan so'zlarnigina yozish (1 -sinf), qaratqich kelishigidagi so'zni u bog'langan ot bilan yoki tushum kelishigidagi so'zni u bog'langan fe'l bilan birga yozish (4-sinf) kabi. Saylanma diktant o'quvchilarda imloviy ziyrak-likni o'stiradi.
Erkin diktantda o'qiwchilarga mazmunni buzmay, gap tuzilishini o'zgartirish, bir so'zni unga yaqin ma'noli so'z bilan almashtirish erkinligi beriladi. Diktant uchun 3—5 qismli matn tanlanadi. O'qituvchi awal matnni bir marta ifodali o'qib beradi, so'ngra matn mazmuni yuzasidan suhbat o'tkazadi. Ayrini qoidalarni eslatadi. Keyin matnning bir qismi qayta o'qib beriladi, o'quvchilar uning mazmunini yozadilar.
Bayon o'quvchilarning lug'atini boyitish, bog'lanishli nutqini o'stirishga qaratilgan orfografik mashq turlaridan biri hisoblanadi. Bayon orfografik mavzularni o'rganishning yakunlovchi bosqichida, o'quvchilar qoidalarni bilib olib, uni tatbiq qilishga o'rganganlaridan so'ng o'tkaziladi. Bayon yozganda o'rganilgan imlo qoidalarini to'g'ri tatbiq etish ularning ongli o'zlashtirilganligini ko'rsatadi
Tekshirish diktanti. Diktantning bu turi o`rganilganlarni o`quvchilar qanchalik o`zlashtirganini sinash, tekshirish maqsadida o`tkaziladi.
Shu o`rinda biz bu aytib o`tgan diktant o`tkazish usullari xususida to`xtalishni joiz deb bildik.
Lug`at diktanti.
Lug`at diktant o`rganilgan imlo qoidalarini mustahkmlash, o`quvchilarning so`z boyligingi oshirish maqsadida o`tkaziladi. Bundan tashqari, o`rgailgan imlo qoidalarini o`quvchilar tomonidan qanchalik o`zlashtirlganini sinash, hisobga olish maqsadida ham o`tkazilishi mumkin. Lug`at diktant uchun o`rganilgan imlo qoidasi asosida yoziladigan so`zlar, so`z birikmalari yoki turli narsalar va ularning rasmlaridan foydalaniladi.
Agar tayyor so`z va so`z birikmalari yozdiriladigan bo`lsa, dastlab ularning ma`nosi, talaffuzi va yozilishi suhbat orqali izohlab tushuntiriladi.
Diktantda turli narsalar yoki ularning rasmlaridan foydalaniladigan bo`lsa, ishni quyidagicha tashkil etiladi: tanlangan narsa rasmlari yoki o`zi tartib bilan o`quvchilarga ko`rsatiladi. O`quvchilar rasmda ifodalangan narsa nomini yozib, vergul qo`yadilar. Ish shu tarzda davom etadi. O`qituvchi birinchi so`zni bosh harf bilan boshlab yozish va oxirgi so`zdan keyin nuqta qo`yish kerakligini ta`kidlaydi. O`quvchilar yozganlarini imlo lug`atiga yoki o`zlarining lug`at daftarlariga solishtirib tekshiradilar. Yo`l qo`ygan xatolarini mustaqil ravishda to`g`rilaydilar,
keyin esa o`qituvchi tomonidan tekshirib baholanadi.
Lug`at diktantini yozish uchun: 2 sinfda 3 ta so`z; 3-sinfda 10 so`z; 4-sinfda 12-15 ta so`z bo`lishi mumkin.
Saylanma diktant.
Saylanma diktant o`rganilgan grammatik va imlo qoidalarini mustahkamlashga, ularni amalda qo`llashga yordam berish bilan o`quvchilar mavzuni qay darajada o`zlashtirganliklarini aniqlashga ham imkon beradi.
Diktantning bu turida o`quvchi o`qituvchi aytgan matnning yoki gapning hammasini yozmay, o`rganilgan qoidalar asosida yoziladigan so`zlar yoki so`z birikmalarinigina saylab yozadi, shuning uchun ham saylanma diktant deyiladi.
Saylanma diktant quyidagi tartibda o`tkaziladi: o`qituvchi «Diktantlar to`plami»4 dan o`rganilgan qoidaga mos, shu yozuv ko`proq ishtirok etgan matnni tanlaydi. Matn darsdan oldin yozuv taxtasiga yozib qo`yiladi. (Ko`chma yozuv taxtasidan foydalanish ham mumkin). O`qituvchi matnni bir marta o`qib bergach, matn tahlil qilinib, o`rganiladigan qoida asosida yoziladigan so`zlar yoki so`z birikmalari aniqlatiladi hamda qoida takrorlab mustahkamlanadi. Keyin matn bir o`uvchiga o`qitilib, bolalar diqqati shu yozuvga jalb qilinadi. Matn parda bilan berkitib qo`yiladi va o`qituvchi bolalarga ta`kidlaydi:
- Men matndagi gaplarni tartib bilan o`qiyman. Sizlar men o`qigan gaplarni to`liq yozmay, takrorlangan qoidaga muvofiq bo`lgan so`z va so`z birikmalarinigina saylab yozasizlar. Agar gapda shu qoida asosida yoziladigan so`z yoki so`z birikmasi bo`lmasa, u gapni butunlay yozmaysizlar.
O`uvchilar saylanma diktantni yozib bo`lgach, yozuv taxtasidagi matn ochiladi va ish o`qituvchi rahbarligida tekshiriladi: o`qituvchi saylab yozish kerak bo`lgan so`z va so`z birikmalarining tagiga chizadi, o`quvchilar yozganlarini yozuv taxtasidagi matn bilan solishtiradilar.
Saylanma diktantni 3-4-sinflarda o`tkazish maqsadga muvofiqdir.
Diktantning bu turini yozish uchun o`quvchi grammatik va imlo qoidalarini puxta bilgan bo`lishi kerak. Saylanma diktant o`quvchilarni har bir gapga, so`z birikmasiga, har bir so`zga diqqat bilan qarashga odatlantiradi, kerakli.
so`zni, grammatik shaklni, qoidaga mos yozuvni tezroq topa bilishga, ziyraklikka o`rgatadi.
|
| |