Kirish I bob. Savod o’rgatish davrida o`quvchilarni diktant yozishga o`rgatish masalalari




Download 3,11 Mb.
bet8/17
Sana21.02.2024
Hajmi3,11 Mb.
#160335
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
Bog'liq
muxlisa kurs ishi tayyorlhs

Erkin diktant.


Erkin diktant ta`limiy diktantlarning bir turi bo`lib, o`quvchilar nutqini o`stirishga, fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Erkin diktant uchun hikoya tarzidagi uncha katta bo`lmagan matn tanlanadi. Tanlangan bog`lanishli matnning har bir bo`limida ikkitadan uchtagacha gap bo`lishi kerak. Matnda o`quvchilar yozishga qiynaladigan yoki o`tilmagan imlo ishtirok etgan so`zlar bo`lsa, matn mazmuniga halal yetkazmagan holda, boshqa so`zlar bilan almashtirilishi yoki tushirib qoldirilishi mumkin.
Diktantning bu turida o`quvchilarga o`qilgan bo`limning mazmunini buzmagan holda, gaplarning shaklini o`zgartirib yozish erkinligi beriladi. Masalan, «Quyosh chiqib, hama yoqqa nurini sochdi» gapining shaklini o`zgartirib, o`quvchilar «Quyosh o`z nurini sochdi», «Quyosh nurini hamma yoqqa sochdi», «Quyosh chiqib nurini sochdi» kabi yozishlari ham mumkin. Yoki «Nosir erta bilan turdi. Yuz-qo`lini sovunlab yuvdi. Nonushta qildi va maktabga jo`nadi» kabi uchta gap bilan ifodalangan mazmunni o`quvchilar
«Nosir erta turib yuvindi. Nonushta qilib, maktabga ketdi» kabi ikkita gap bilan yozishlari mumkin. Shuning uchun ham erkin diktant deb ataladi.
Ayrim o`quvchilar sheva ta`sirida anor so`zini onor, kelyaptilar so`zini kevottila kabi yozib qo`yishlari ham mumkin. Bunday xatoning oldini olish uchun o`qilgan bo`lim mazmunini o`quvchilar erkin ravishda yozganlarida, adabiy til me`yorlariga rioya qilishlari tushuntiriladi.
Erkin diktant quyidagicha o`tkaziladi:
O`qituvchi o`quvchilarga erkin diktant va uni yozish tartibini qisqacha tushuntiradi. O`qituvchi yozuv taxtasiga, o`quvchilar esa daftarlariga sana, ish turi (erkin diktant) va sarlavhasini yozadilar. O`qituvchi o`quvchilarning diqqatini jalb qilgan holda matnni bir marta ifodali o`qib beradi. Matn mazmunini so`zlab beradi va o`quvchilar qanchalik tushungani aniqlanadi.
Tanlangan matnda o`quvchilar ma`nosiga tushunmagan yoki imlosi hali yaxshi o`zlashtirilmagan so`zlr bo`lsa, o`qituvchi yozuv taxtasiga yozib qo`yadi. Lozim topsa, shu so`zlarning ma`nosi, talaffuzi va yozilishini juda qisqa izohlaydi.
O`quvchilar diqqati jalb qilinadi va birinchi bo`lim o`qib beriladi. O`quvchilar o`qilgan bo`lim mazmunini yozib bo`lganlaridan keyin, matnning ikkinchi bo`limi o`qib beriladi. O`quvo`chilar bu bo`lim mazmunini ham erkin ifodalab yozaditlar. Ish shu tarzda davom etadi.

Download 3,11 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Download 3,11 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kirish I bob. Savod o’rgatish davrida o`quvchilarni diktant yozishga o`rgatish masalalari

Download 3,11 Mb.