Kirish I bob. Savod o’rgatish davrida o`quvchilarni diktant yozishga o`rgatish masalalari




Download 3,11 Mb.
bet11/17
Sana21.02.2024
Hajmi3,11 Mb.
#160335
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
Bog'liq
muxlisa kurs ishi tayyorlhs

Maqollar - «Alifbe» bezagi. Ma’lumki, maqollar xalq og’zaki ijodi janri hisoblanadi. Bolalar xalq og’zaki ijodida maqollar yetakchi o’rinda turadi.
Xalq yaratgan g’oyat ixcham, chuqur va tugal ma’noli gaplar maqol deb yuritiladi. Maqol xalqning, bir necha avlodlarning aqlu farosati hamda turmush tajribasi, donishmandligi mahsulidir. Maqollarda hayotning achchiq- chuchugini tatib ko’rgan, turmushdagi hodisalarga aql ko’zi bilan qaraydigan, sof vijdonli, oliyjanob, dono, mehnatkash kishining biror voqea hodisadan, biror kishidan yoki biror ishdan chiqargan umumlashma xulosasi bayon qilinadi. Bu xulosa hayotda hammaga yo’l ko’rsatuvchi bo’lib xizmat qiladi. Maqollar xalqning aql-idroki, ijtimoiy-tarixiy tajribasi, kurashi hamda mehnatining badiiy ifodasi sifatida yaratiladi.
Maqollar ma’nosining teranligi, ixcham, pishiq va puxtaligi bilan xalq og’zaki ijodining boshqa janrlari bilan farq qiladi. Shu sababdan ular bolalarni to’g’ri, mantiqiy fikrlashga, maqsadni qisqa, ixcham va lo’nda bayon qilishga o’rgatadi.
R. Safarova, M.Inoyatova, M.Shokirova, L. Shermamatovalarning
«Alifbe» darsligida ham bir qancha maqollar keltirilgan.
Bolalarni do’stlikka, birodarlikka o’rgatuvchi, ularni ahil-inoq bo’lishga chorlovchi, do’stlikning buyuk kuch ekanligini ifodalovchi quyidagi maqollar berilgan:
Do’st bilan uying obod.
Do’stsiz boshim – Tuzsiz oshim.
Odob-axloq, bilimning afzalligi, bunday xislatlar insonni buyuk inson bo’lishiga xizmat qiluvchi ekanligini o’rgatuvchi maqollar:
Bilim – boylik kaliti. Oltin olma – duo ol.
Oldin o’yla – keyin so’yla.
Vatanni sevish, ardoqlash, Vatan uchun xizmat qilish haqidagi maqollar: Bulbul chamanni sevar,
Odam – Vatanni.
Hunarni asrash, hunarli bo’lish, uni avaylash, uni qadriga yetish, bekor yurmaslik, foydali ishlar bilan shug’ullanish haqida:
Hunar – hunardan unar. Harakat, harakatda barakat.
«Alifbe»da berilgan yuqoridagi kabi ixcham, ta’sirchan, mazmunan boy maqollar darslikning ajoyib bezagidir. Bunday maqollar o’quvchilarga tovushlarni oson va qiziqarli o’zlashtirishlaridan tashqari:

  • ularning dunyoqarashlarini shakllantirish va rivojlantirish;

  • odob-axloq me’yorlarini singdirish;

  • Vatanga sadoqatli va muhabbatli bo’lishlari;

  • milliy va umuminsoniy qadriyatlarimizni o’zlashtirishlarida juda ham asqotadi.

Xullas, ularni Vatanimiz kelajagi uchun jon fido qila oladigan komil insonlar bo’lib yetishishlarida muhim vosita bo’ladi.
Ma’lumki, boshlang’ich ta’lim umumiy o’rta ta’limning asosini tashkil etadi. Boshlang’ich ta’limda asosiy davr savod o’rgatish davri hisoblanadi. Savod o’rgatish jarayonida o’quvchilarga tovush va harflarni qay darajada singdirish o’qituvchining mahoratiga bog’liq. Hozirgi davr talabiga asosan har bir pedagog o’z mashg’ulotlarini yangi pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etishi taqozo
etiladi. Shuning uchun har bir boshlang’ich sinf o’qituvchisi o’z mashg’ulotlarida o’quvchilarga chuqur bilim berishi uchun innovatsion metodlardan foydalanishi maqsadga muvofiqdir.
Quyida biz savod o’rgatish davrida «Improvizatsiya» va «Klaster» metodlarining turli ko’rinishlaridan namunalar keltirmoqchimiz.

Download 3,11 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Download 3,11 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kirish I bob. Savod o’rgatish davrida o`quvchilarni diktant yozishga o`rgatish masalalari

Download 3,11 Mb.