• 2. Boshqarishning axborot texnologiyalari
  • 3. Ofis(idora)ning axborot texnologiyasi
  • Ma’lumotlar ombori
  •  Ma’lumotlarga ishlov beruvchi axborot texnologiyalari




    Download 440,66 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet3/7
    Sana14.05.2024
    Hajmi440,66 Kb.
    #232872
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Axborot texnologiyalari va ularning turlari

    1. Ma’lumotlarga ishlov beruvchi axborot texnologiyalari
    . Ular ma’lum algoritmlar 
    bo‘yicha boshlang‘ich ma’lumotlarga ishlov beruvchi masalalarni yechishga mo‘ljallangan. 
    Masalan, har bir firmada o‘zining xodimlari haqidagi axborotga ishlov beruvchi axborot 
    texnologiyasi albatta bo‘lishi kerak. 
    2. Boshqarishning axborot texnologiyalari
    . Ularning maqsadi ish faoliyati qaror qabul 
    qilish bilan bog‘liq bo‘lgan insonlarning axborotga bo‘lgan talabini qondirishdan iborat. 
    Boshqarishning axborot tizimlari tashkilotning o‘tmishi, hozirgi holati va kelajagi haqidagi 
    axborotni ham o‘z ichiga oladi. 
    3. Ofis(idora)ning axborot texnologiyasi
    . Avtomatlashtirilgan ofisning zamonaviy 
    axborot texnologiyalari bu — tashkilot ichidagi va tashqi muhit bilan kommunikatsion 
    jarayonlarni kompyuter tarmoqlari va axborotlar bilan ishlovchi boshqa zamonaviy vositalar 
    asosida tashkil etish va qo‘llab-quvvatlashdan iborat. Buning uchun maxsus dasturiy vositalar 
    ham ishlab chiqilgan. Ulardan biri Microsoft Office dasturlar paketidir. Uning tarkibiga Word 
    matn muharriri, Excel elektron jadvali, Power point taqdimot dasturi, Microsoft Access 
    ma’lumotlar omborini boshqarish tizimlari kiradi. 
    Dastur - 1) biron-bir faoliyat, ishning mazmuni va rejasi; 2) siyosiy partiyalar, 
    tashkilotlar, alohida arboblar faoliyatining asosiy qoidalari va maqsadlari bayoni; 3) oʻquv fani 
    mazmunining qisqacha izohi; 4) teatr, konsertlar va b.
    Hozirgi paytdagi kompyuterlar uchun ko‘plab dasturiy vositalar mavjudki, ular barcha 
    turdagi axborot texnologiyalarini ta’minlay oladi. 
    Ma’lumotlar ombori
    . Har qanday axborot texnologiyasining majburiy komponenti 
    ma’lumotlar omboridir (MO). Avtomatlashtirilgan ofisda MO firmaning ishlab chiqarish tizimi 
    haqidagi barcha ma’lumotlarni o‘zida saqlaydi.
    Matn protsessori
    . Bu matnli hujjatlarni tashkil etish va ularga ishlov berishga 
    mo‘ljallangan dasturiy vosita turidir. Masalan, matn muharririda tayyorlangan xat va hujjatlarni 
    doimiy ravishda qabul qilish menedjerga firmadagi holatni doimo nazorati ostida tutishga 
    yordam beradi. 
    Elektron pochta (E-mail) — kompyuterlardan tarmoqda foydalanishga asoslangan bo‘lib, 
    hamkorlarga ma’lumotlar junatish yoki ulardan ma’lumot olish imkoniyatini yaratadi. 
    Audiopochta — bu ma’lumotlarni klaviatura yordamida emas, balki tovush orqali 
    uzatuvchi pochtadir.


    Download 440,66 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 440,66 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Ma’lumotlarga ishlov beruvchi axborot texnologiyalari

    Download 440,66 Kb.
    Pdf ko'rish