• 2-bosqich . XIX asrning oxiri, unda “Mexanik” texnologiya rivoj topgan. Uning asosiy vositasi yozuv mashinkasi, arifmometr kabilardan iborat. 3-bosqich
  • Reja: Texnologiya tushunchasi




    Download 440,66 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet5/7
    Sana14.05.2024
    Hajmi440,66 Kb.
    #232872
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Axborot texnologiyalari va ularning turlari

    kompyuterlar
    va kompyuter 
    tarmoqlari keng qo‘llanilmoqda. 
    Kompyuter (ing . computer – hisoblovchi) - oldindan berilgan dastur boʻyicha 
    ishlaydigan avtomatik qurilma. Elektron hisoblash mashinasi (EHM) bilan bir xildagi atama.
    Axborot texnologiyasida kompyuterlar va kompyuter tarmoqlarining qo‘llanishiga urg‘u 
    berish maqsadida ko‘pincha kompyuter va kommunikatsion texnologiya haqida gapirishadi. 
    Axborot texnologiyasi o‘zi uchun asosiy muhit bo‘lgan axborot tizimlari bilan bevosita 
    bog‘liqdir. Chunki axborot texnologiyasi axborot tizimlarida mavjud bo‘lgan ma’lumotlar ustida 
    bajariladigan turli xil murakkablikdagi operatsiyalar, amallar va algoritmlarni bajarishdan iborat 
    bo‘lgan tartiblashtirilgan jarayondir. 
    Axborot texnologiyalari jamiyat axborot resurslaridan oqilona foydalanishning eng 
    muhim usullaridan biri bo‘lib, hozirgi vaqtga qadar bir necha evolyutsion bosqichlarni bosib 
    o‘tdi. 
    Ana shu bosqichlarga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz. 
    1-bosqich
    . XIX asrning ikkinchi yarmigacha davom etgan. Bu bosqichda “Qo‘lli” 
    axborot texnologiya taraqqiy etgan. Uning vositasi: pero, siyohdon, kitob. Kommunikatsiya, 
    ya’ni aloqa odamdan odamga yoki pochta orqali xat vositasida amalga oshirilgan. 
    2-bosqich
    . XIX asrning oxiri, unda “Mexanik” texnologiya rivoj topgan. Uning asosiy 
    vositasi yozuv mashinkasi, arifmometr kabilardan iborat. 
    3-bosqich
    . XX asr boshlariga mansub bo‘lib, “Elektromexanik” texnologiyalar bilan farq 
    qiladi. Uning asosiy vositalari sifatida telegraf va telefonlardan foydalanilgan. Bu bosqichda 
    axborot texnologiyasining maqsadi ham o‘zgardi. Unda asosiy urg‘u axborotni tasvirlash 
    shaklidan, uning mazmunini shakllantirishga ko‘chirildi. 
    4-bosqich
    . XX asr o‘rtalariga to‘g‘ri kelib, “Elektron” texnologiyalar qo‘llanilishi bilan 
    belgilanadi. Bu texnologiyalarning asosiy vositasi EHMlar va ular asosida tashkil etiladigan 
    avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlari va axborot izlash tizimlaridir. 
    5-bosqich
    . XX asr oxiriga to‘g‘ri keladi. Bu bosqichda “Kompyuter” texnologiyalari 
    taraqqiy etdi. Ularning asosiy vositasi turli maqsadlarga mo‘ljallangan dasturiy vositalarga ega 
    bo‘lgan shaxsiy kompyuterlardir. Bu bosqichda kundalik turmush, madaniyat va boshqa 


    sohalarga mo‘ljallangan texnik vositalarning o‘zgarishi ro‘y berdi. Lokal va global kompyuter 
    tarmoqlari ishlatila boshlandi. 

    Download 440,66 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 440,66 Kb.
    Pdf ko'rish