|
Axborot tizimlarining ta’minotlariBog'liq Axborot texnologiyalari va ularning turlari
4. Axborot tizimlarining ta’minotlari.
Qo‘llash sohasidan qat’iy nazar, axborot tizimlari ma’lumotlarini qayta ishlashning
deyarli barcha tizimlari ta’minlash turlari deb ataladigan tarkibiy qismlar to‘plamini o‘z ichiga
oladi. Ularni dasturiy texnik, huquqiy, axborot tashkiliy matematik va lingvistik ta’minotlarga
ajralishi qabul qilingan.
Axborot ta’minoti
- axborot tizimlari ichki mashina axborot bazasini yaratishni
tasniflash va kodlashtirish tizimlari hujjatlashtirishning unifikatsiyalashgan tizimlari, hujjat
aylanmasi va hujjatlar shakli uslublarini ratsional holga keltirishni o‘z ichiga olgan axborotni
joylashtirish va tashkil qilish bo‘yicha uslublar va vositalar yig‘indisidir.
Dasturiy ta’minot
- hisoblash texnikasi vositasida ma’lumotlarni qayta ishlash tizimini
yaratish va foydalanish dasturiy vositalari yig‘indisidir. Dasturiy ta’minot tarkibiga bazaviy va
amaliy dasturiy mahsulotlar kiradi.
Amaliy dasturiy ta’minot -
axborot tizimi funktsional vazifalarni hal etishni
avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan dasturiy mahsulotlar yig‘indisini o‘zida namoyon etadi.
Ular ham universal vositalar (matn muharrirlari, elektron jadvallar, ma’lumotlar bazasi
boshqaruv tizimlari) va ham maxsus vositalar – funktsional kichik tizimlarni amalga oshiruvchi
turli xil obyektlar sifatida ishlab chiqilishi mumkin.
Texnik ta’minot -
ma’lumotlarini qayta ishlash tizimini funktsiyalashtirish uchun
qo‘llanuvchi texnik vositalar kompleksidir, u ma’lumotlarni qayta ishlovchi namunaviy
operatsiyalarni amalga oshiruvchi qurilmalarni o‘z ichiga oladi.
Huquqiy ta’minot -
axborot tizimini yaratish va funktsiyalashtirishni tartibga soluvchi
huquqiy me’yorlar yig‘indisini o‘zida namoyon etadi. Axborot tizimini qayta ishlashning
huquqiy ta’minoti AT buyurtmasiga va tayyorlovchi o‘rtasidagi shartnomaviy o‘zaro
munosabatlar me’yoriy aktlari, chetga chiqishlarining huquqiy tartibga solinishini o‘z ichiga
oladi.
|
| |