1.7. Axborot texnologiyalari va ularning turlari
Reja:
1. Texnologiya tushunchasi.
2. Axborot texnologiyalari va ularning turlari.
3. Axborot texnologiyalarining rivojlanish bosqichlari.
4. Axborot texnologiyalarining ta’minoti.
Tayanch so‘z va iboralar:
texnologiya, axborot texnologiyasi, kommunikatsion
texnologiya, mexanik texnologiya, Ofis(idora)ning axborot texnologiyasi.
1. Texnologiya tushunchasi.
Texnologiya so‘zi grekchadan tarjima qilinganda san’at, mahorat, malaka ma’nosini
anglatadi. Texnikada texnologiya deganda ma’lum kerakli material mahsulotni hosil qilish uchun
usullar, metodlar va vositalar yig‘indisidan foydalanadigan jarayon tushuniladi.
Texnologiya obyektining dastlabki, boshlang‘ich holatini o‘zgartirib, yangi, oldindan
belgilangan talabga javob beradigan holatga keltiradi. Misol uchun sutdan turli texnologiyalar
orqali qatiq, tvorog, smetana, yog‘ va boshqa sut mahsulotlarini olish mumkin.
Tvorog (rus.) - sutni sut achitqi bakteriyalar bilan ivitib, zardobini ajratib
tayyorlanadigan mahsulot. Qaymog‘i olingan yoki olinmagan sutdan tayyorlanishga qarab
yogʻli (18%), kamyogʻ (9%) va yogʻsiz boʻladi.
Agar boshlang‘ich xom ashyo sifatida axborot olinsa, ushbu axborotga ishlov berish
natijasida axborot mahsulotinigina olish mumkin. Ushbu holda ham «texnologiya»
tushunchasining ma’nosi saqlanib qolinadi. Faqat unga «axborot» so‘zini qo‘shish mumkin. Bu
narsa axborotni qayta ishlash natijasida moddiy mahsulotni emas, balki axborotnigina olish
mumkinligini aniqlab turadi.
Texnologiya
— bu sun’iy obyektlarni yaratishga yo‘naltirilgan jarayonlarni
boshqarishdir.
Kerakli jarayonlarni kerakli yo‘nalishda borishini ta’minlash uchun yaratilgan shart-
sharoitlar qanchalik yaxshi tashkil etilganligi texnologiyaning samaradorligini bildiradi. Bu
yerda
tabiiy jarayonlar nafaqat moddaning tarkibi, tuzilishi va shaklini o‘zgartirish maqsadida,
balki axborotni qayta ishlash va yangi axborot hosil qilish maqsadida ham boshqariladi.
Yer - Quyosh sistemasidagi Quyoshdan uzoqligi jihatdan uchinchi (Merkuriy, Venera
sayyoralaridan keyin) sayyora. U oʻz oʻqi atrofida va aylanaga juda yaqin boʻlgan elliptik orbita
boʻyicha Quyosh atrofida aylanib turadi.
|