• Yaratuvchi (ijodiy) axborot texnologiyalari
  • Axborot texnologiyalari va ularning turlari




    Download 440.66 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet2/7
    Sana17.09.2022
    Hajmi440.66 Kb.
    #26023
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    1-maruza

    2. Axborot texnologiyalari va ularning turlari.
    Axborot texnologiyalari maʼlumotlarni boshqarish va qayta ishlash texnologiyalaridir. 
    Odatda bu atama ostida kompyuter texnologiyalari tushuniladi. Axborot texnologiyalari sohasida 
    turli axborotni EHM va kompyuter tarmoqlari orqali yigʻish, saqlash, himoyalash, qayta ishlash, 
    uzatish kabi amallar ustida ishlar olib boriladi. 
    Axborot texnologiyasi asosiy texnik vositalari sifatida hisoblash- tashkiliy texnikadan 
    tashqari aloqa vositalari – telefon, teletayp, telefaks va boshqalar qo‘llaniladi. 
    Axborot texnologiyasi insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlarida ham mavjud bo‘lgan 
    bo‘lsa-da, hozirgi zamon axborotlashgan jamiyatining o‘ziga xos xususiyati shundaki, 
    sivilizatsiya tarixida birinchi marta bilimlarga erishish va ishlab chiqarishga sarflanadigan kuch, 
    energiya, xomashyo, materiallar va moddiy iste’mol buyumlariga sarflanadigan harajatlardan 
    ustunlik qilmoqda, ya’ni axborot texnologiyalari mavjud yangi texnologiyalar orasida yetakchi 
    o‘rinni egallamoqda. 
    Axborot texnologiyalari industriyasi majmuini kompyuter, aloqa tizimi, ma’lumotlar 
    ombori, bilimlar ombori va u bilan bog‘lik faoliyat sohalari tashkil qiladi. 
    Bugungi kunda axborot texnologiyasini shartli ravishda “saqlovchi, ratsionallashtiruvchi, 
    yaratuvchi” turlarga ajratish mumkin.
    Birinchi turdagi saqlovchi texnologiyalar mehnatni, moddiy resurslarni, vaqtni tejaydi. 


    Ratsionallashtiruvchi 
    axborot 
    texnologiyalariga 
    chiptalar 
    buyurtma 
    qilish, 
    mehmonxona hisob-kitoblari tizimlari misol bo‘ladi. 
    Yaratuvchi (ijodiy) axborot texnologiyalari axborotni ishlab chiqaradigan, undan 
    foydalanadigan va insonni tarkibiy qism sifatida o‘z ichiga oladigan tizimlardan iborat. 
    Axborot texnologiyalarining hozirgi zamon taraqqiyoti hamda yutuqlari fan va inson 
    faoliyatining barcha sohalarini axborotlashtirish zarurligini ko‘rsatmoqda. 
    Jamiyatni axborotlashtirish deganda, axborotdan iqtisodni rivojlantirish, mamlakat fan-
    texnika taraqqiyotini, jamiyatni demokratlashtirish va intellektuallashtirish jarayonlarini 
    jadallashtirishni ta’minlaydigan jamiyat boyligi sifatida foydalanish tushuniladi. 
    Darhaqiqat, jamiyatni axborotlashtirish—inson hayotining barcha jabhalarida intellektual 
    faoliyatning rolini oshirish bilan bog‘lik obyektiv jarayon hisoblanadi. 
    Jamiyatni axborotlashtirish respublikamiz xalqi turmush darajasining yaxshilanishiga, 
    ijtimoiy extiyojlarning qondirilishiga, iqtisodning o‘sishi hamda fan-texnika taraqqiyotining 
    jadallashishiga xizmat qiladi. 
    Jamiyatni axborotlashtirish jarayonini 5 asosiy yo‘nalishga ajratish mumkin: 
     
    Mehnat, texnologik va ishlab chiqarish jarayoni vositalarini kompleks avtomatlashtirish. 
     
    Ilmiy tadqiqotlar, loyihalash va ishlab chiqarish axborotlashtirish. 
     
    Tashkiliy- iqtisodiy boshqarishni avtomatlashtirish. 
     
    Aholiga xizmat ko‘rsatish sohasini axborotlashtirish. 
     
    Ta’lim va kadrlar tayyorlash jarayonini axborotlashtirish. 
    Bilim olishda, ya’ni ma’lum turdagi axborotlarni o‘zlashtirishda kompyuter tizimining 
    yordami benihoya kattadir. Axborot qanday ko‘rinishda ifodalanishidan qat’i nazar, uni yig‘ish, 
    saqlash, qayta ishlash va foydalanishda kompyuter texnikasining rolini quyidagilar belgilaydi: 
    Birinchidan, o‘qitishda yangi axborot texnologiyalaridan foydalanish standart 
    (an’anaviy) tizimga nisbatan o‘quv jarayonini jadallashtirib, talabada ilmga qiziqishni oshiradi, 
    ular ijodiy faoliyatini o‘stiradi, bilim berishga differentsial yondashish, olingan bilimlarni 
    takrorlash, mustahkamlash va nazorat qilishni engillashtiradi, talabani o‘quv jarayonining 
    subyektiga aylantiradi. 
    Ikkinchidan, yangi axborot texnologiyalaridan ta’lim-tarbiya jarayonida quyidagi 
    shakllarda foydalanish mumkin bo‘ladi: 
     muayyan pedmetlarni o‘qitishda kompyuter darslari; 
     kompyuter darslari – ko‘rgazmali material sifatida; 
     talabalarning guruhli va frontal ishlarini tashkillashtirishda; 
     talabalarning ilmiy izlanishlarini tashkillashtirishda; 
     talabalarning o‘qishdan bo‘sh vaqtlarini to‘g‘ri tashkil qilish masalalarini hal yetishda va 
    h.k. 
    Mehnat samaradorligining bundan keyingi o‘sishi va farovonlik darajasini ko‘tarish, katta 
    hajmdagi multimediya axborotini (matn, grafika, video tasvir, tovush, animatsiya) qabul qilish 
    ishlashga yangi intellektual vositalar va inson mashina interfeyslaridan foydalanish asosidagina 
    erishish mumkin. 
    Hozirgi dunyodagi barcha ish joylarining 50% ga yaqin axborotni qayta ishlash vositalari 
    bilan ta’minlangan. 
    Jamiyatni axborotlashtirish, yangi axborot texnalogiyalari bilan ta’minlash insonlarning 
    turli – tuman ma’lumotlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirishda muhim o‘rin tutadi. 
    Inson axborot olami ichra yasharkan, voqea hodisalar jarayonlarning bir – biriga 
    aloqadorligini, o‘zaro munosabatlari va mohiyatini tashkil yetish, o‘z hayotidan kelib 
    chiqayotgan murakkab savollarga ilmiy javob topish maqsadida ko‘pdan - ko‘p dadil va 
    raqamlarga murojat qiladi. 
    Axborot tufayli nazariya amalyot bilan birikadi. Amaliyot nazariyasiz, nazariya esa 
    amalyotsiz mavjud ham bo‘lmaydi, rivojlanmaydi ham. 
    Mazkur yehtiyoj doim mavjud bo‘laveradi va biror -bir axborotli muhit doirasida 
    qondiriladi. “Axborotli muhit” tushunchasiga hozirgi kunda ingformatika masalalarini 
    o‘rganishda muhim o‘rin egallaydi. Insoniyatni o‘rab turgan muhit o‘z xizmatlariga ko‘ra 
    turlichadir – tabiiy, siyosiy, ijtimoiy, milliy va oilaviy ruxiy bo‘lishi munkin. 


    Axborotli muhitning tabiatni tushunishda axborotning bilimga aylanishini o‘rganish katta 
    ahamiyatga yega. Bir qarashda bir xildek tuyiladi, ammo ular munosabatini chuqurroq 
    o‘rganishda axborotda bilimning kommunikativ “boshqa vositalar” o‘rtasidagi bog‘liqlik 
    xususiyati borligini ko‘ramiz. 
    Jamiyatda odamlar o‘rtasidagi aloqa faktori bo‘limlar o‘rtasidagi “ko‘prik” - bu 
    axborotdir. Demak, bilimni “o‘zi uchun” axborotga aylantirish mexanizmi axborotli muhitni 
    vujudga keltirishda alohida o‘rin egallaydi. Qadimda axborotli muhit juda qashshoq bo‘lib, u tor 
    doiradagi eng kerak va chekli ma’lumotlar majmuasidan iborat edi, bu hol odamlar orasidagi 
    bog‘liq doirasini ming yillab chegaralab keladi va odamning jamiyat axborotli muhitidagi xissani 
    kamaytirib yuboradi. 
    Bugungi kunda ijtimoiy turli ko‘rinishdagi axborotlar majmuasi keng va rivojlangan 
    bo‘lib, uning jamiyatda tutgan o‘rni behisobdir. 
    O‘zgarishlar qog‘ozsiz texnologiya zaruriyatini keltirib chiqaradi. Bu yesa o‘z navbatida, 
    EHM ning yanada keng rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Axborotli muhitning kelajakda inson 
    hayotida o‘rni va ahamiyati, bugungi holatdan ancha yuqori bo‘lishi uchun bajarilishi lozim 
    bo‘lgan vazifalar ko‘lamini kengaytirishni talab yetiladi. 
    Demak axborotlashtirish vaqtinchalik tadbiq emas, rivojlanishning zarur vositasidir va 
    axborotli muhitning hozirgi rivojlanish darajasidagi holatini informatikasiz qo‘llab bo‘lmaydi. 
    Axborotlarni tez, sifatli yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va uzatish kabi vazifalarni bajarishda 
    hisoblash texnikasining xizmati beqiyos ekaniga ishonch hosil qilmoqda.
    Axborot texnologiyalari bir necha turlarga bo‘linadi: 

    Download 440.66 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 440.66 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Axborot texnologiyalari va ularning turlari

    Download 440.66 Kb.
    Pdf ko'rish