|
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN Pdf ko'rish
|
bet | 294/352 | Sana | 23.01.2024 | Hajmi | 44,19 Mb. | | #143802 |
Bog'liq 46-44-PB
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 1, ISSUE 7, 2023. OCTOBER
ResearchBib Impact Factor: 8.654/2023 ISSN 2992-8869
328
- “Naqshlar chizish”;
- “Obyektlarni topshiriq bo‘yicha qurish”;
- “Obyektlarni kublar soni bo‘yicha taqqoslash”;
- “Obyektlarni qurish”.
Bunday o‘yinlar tufayli bola ranglarni yodlashga, zukkolikni rivojlantirishga,
jamoada do‘stona munosabatlar o‘rnatishga o‘rgatiladi. Vazifalarning bosqichma-
bosqich murakkablashishi har bir bolaga o‘zining individual yo‘nalishi bo‘yicha
oldinga siljish imkonini beradi.
TRIZ texnologiyasiga asoslangan o‘yinlardan foydalanish mantiqiy
fikrlashni, fazoviy tasavvurlarni, tafakkurni, kombinatsion qobiliyatlarni, zukkolik,
topqirlik, amaliy masalalarni hal qilishda maqsad tomon harakat qilishni
shakllantiradi va tarbiyalanuvchilarni maktabga sifatli tayyorlashga imkon beradi.
Bolalar o‘yin-kulgi, harakat erkinligi va qoidalarga amal qilish, ijodkorlik va
tasavvurni namoyon etish imkoniyati bilan o‘yin-mashg‘ulotlarga jalb qilinadi.
Bolalar yuqori darajadagi kognitiv faollik, yaxshi shakllangan nutq, aniq ijodiy
qobiliyat, rivojlangan tasavvurga ega bo‘ladi. U qanday qilib o‘rganishni biladi va
o‘rganishni xohlaydi[4-5]..
TRIZ – bu aniq hisoblash, mantiq va sezgi birlashgan yangi narsalarni
yaratishning boshqariladigan jarayoni. “Ijodkorlikka imkon qadar ertaroq
o‘rgatishni boshlash kerak...” [10]. Shunday qilib, nazariya asoschisi Geynrix
Saulovich
Altshuller
va uning izdoshlari shunday deb o‘ylashgan.
Tarbiyalanuvchilarni matematik jihatdan rivojlantirishda ixtirochilik muammolarini
hal qilish nazariyasi elementlaridan foydalanish pedagogning ish uslubini tubdan
o‘zgartiradi,
tarbiyalanuvchilarni
erkin
qo‘yadi,
bolalarni
fikrlashga,
muammolarning yechimini izlashga va topishga o‘rgatadi.
TRIZ – ilgari faqat muhandislar tomonidan foydalanilgan bo‘lsa, endi u
bolalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beryapti. TRIZ bolalarga
ijodiy, nostandart fikrlashni o‘rgatadi va zamonaviy dunyoga tez hamda
muvaffaqiyatli moslashishga yordam beradi [9].
1. TRIZ tizimli fikrlashni rivojlantiradi – bu muayyan obyektni bir butun
sifatida, ya’ni uning atrof-muhitining boshqa obyektlari bilan bog‘liq holda ko‘rish
qobiliyatidir. Demak, bola nafaqat gulni, balki uning o‘sadigan joyini, nimalardan
iboratligini, hayoti uchun nimalar zarurligini, tabiatga, insonga nima bera olishini
ham ko‘radi. Bu mahorat fikrlashda yanada moslashuvchan bo‘lishga imkon beradi.
|
| |