Research science and innovation house




Download 44,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/352
Sana23.01.2024
Hajmi44,19 Mb.
#143802
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   352
Bog'liq
46-44-PB

Materiallar: 
1
https://www.bukhari.uz/?p=23165&lang=oz 


 
 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN 
UZBEKISTAN” JURNALI 
VOLUME 1, ISSUE 7, 2023. OCTOBER 
ResearchBib Impact Factor: 8.654/2023 ISSN 2992-8869 
57 
“XIX asr ijtimoiy-falsafiy, diniy-axloqiy, siyosiy va madaniy taraqqiyotda 
so‘nggi va keyingi yuz yillikning boshlanish davri boʻlib, g‘oyaviy-nazariy va 
mafkuraviy qarashlarning shakllanish xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Jadidlar 
harakati vujudga kelguniga qadar Turkistonda turli maʼnaviy-g‘oyaviy va 
mafkuraviy oqimlar qadimchilar, islohotchilar, bedilchilar, mashrabxonlar, 
shuningdek, Markaziy Osiyo, umuman turkiy xalqlarga taalluqli bo‘lgan 
tafakkurning turli shakllari, ijtimoiy-falsafiy mazmun va yo‘nalishga ega bo‘lgan 
maʼrifiy taʼlimotlar va nazariyalar mavjud edi”
2
.
Jamiyatni qisqa fursat ichida o‘zligini toptirish yo‘lida qilingan harakat o‘z 
aksini topadi: “Tarixdan shu narsa maʼlumki, har bir kichik harakat ertangi katta 
harakatning zamini vazifasini o‘taydi. Bu kungi mag‘lubiyat ertangi g‘alabaning 
amalga oshuvida ozmi-ko‘pmi rol o‘ynaydi. Busiz jamiyatning rivojini tasavvur 
etish qiyin jadidlik Turkistonda XIX asrning oxirida maydonga kelgan, XX asrning 
boshida shakllanib, qisqa muddatda oʻzining cho‘qqisiga ko‘tarilgan
3

Jadidlik 1917-yilgi bolsheviklar to‘ntarishidan keyin ham socialistik diktatura 
o‘rnatilgunga qadar o‘z mavqe va yo‘nalishini saqlab qola olgan ijtimoiy harakatdir. 
Baʼzi manbalarda jadidlik oqim deb atalsa, baʼzisida harakat deb aytiladi 
4
.
Usullari: 
Jadidlik oqim emas, harakat -deb taʼkidlaydi B.Qosimov 
5
. Oqim bilan harakat 
o‘rtasidagi tafovut anchagina bo‘lsada, maqsad jadidchilik doirasini qoralash orqali 
kamaytirish edi. Jadidshunos olim B.Qosimov jadidlik harakatining xarakter va 
muddaosini 3-turga bo‘lib izohlaydi: 
-Jamiyatning barcha qatlamlarini jalb eta oldi. Uyg‘onish mafkurasi bo‘lib 
xizmat qildi.
-Mustaqillik uchun kurash olib bordi. Uning g‘ayrat va tashabbusi bilan dunyo 
ko‘rgan Turkiston muxtoriyati bu yo‘ldagi amaliy harakatning dastlabki natijasi edi. 
-Ma’orif va madaniyatni, matbuotni ijtimoiy-siyosiy maqsadlarga moslab 
chiqdi. Endi jadidlarning bu harakatlari qanday boshlaganlari haqida qisqacha 
to‘xtalib o‘tsak.
2
Nazarov. O’zbek falsafasi. –T., 2003. 
3
Tulak. XX asr adabiyoti. –Andijon, 1993. 
4
https://www.bukhari.uz/?p=23165&lang=oz 
5
Qosimov. Milliy uyg’onish: Jasorat, ma’rifat, fidoiylik. –T., Ma’naviyat, 2002 



Download 44,19 Mb.
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   352




Download 44,19 Mb.
Pdf ko'rish