“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN




Download 44,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/352
Sana23.01.2024
Hajmi44,19 Mb.
#143802
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   352
Bog'liq
46-44-PB

 
 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN 
UZBEKISTAN” JURNALI 
VOLUME 1, ISSUE 7, 2023. OCTOBER 
ResearchBib Impact Factor: 8.654/2023 ISSN 2992-8869 
58 
Jadidchilik dastlab XIX asrning 80-yillarida Qrimda Ismoilbek Gasprinskiy 
rahbarligida qrimtatarlar o‘rtasida vujudga keldi. Jadidchilik harakati 
namoyandalari ko‘pincha o‘zlarini taraqqiyparvarlar, keyinchalik jadidlar deb 
atashgan. O‘sha davrning ilg‘or taraqqiyparvar kuchlari, birinchi navbatda, ziyolilar 
mahalliy aholining umumjahon taraqqiyotidan orqada qolayotganligini his etib, 
jamiyatni isloh qilish zaruriyatini tushunib yetgandilar. Jadidchilik mohiyat eʼtibori 
bilan avvalo siyosiy harakat edi.
Uning shakllanish va mag‘lubiyatga uchrash davrlari bo‘lib, ularni shartli 
ravishda to‘rtga bo‘lish mumkin. Turkiston, Buxoro va Xiva hududida bu davrlar 
1895-1905; 1906-1916; 1917-1920; 1921—1929- yillarni o‘z ichiga oladi. Birinchi 
davrda Turkistonda podsho Rossiyasining mustahkam o‘rnashib olishi kuzatiladi.
U o‘z siyosiy agentlari (vakillari) yordamida mahalliy xon va amir vakolatlarini 
cheklabgina 
qolmay, 
ularni 
qo‘g‘irchoqqa 
aylantirib, 
rus 
va 
g‘arb 
sarmoyadorlarining ishlashi va yashashi uchun sharoit yaratadi, turli kompaniyalar, 
aksiyadorlik jamiyatlari manfaatini ko‘zlaydi.
Ayni chog‘da mahalliy aholining talab va ehtiyojlari nazarga olinmay qo‘yildi, 
diniy eʼtiqodlari, urf-odatlari bilan hisoblashmaslik, ularni mensimaslik kuchaydi. 
Hayotiy, ilmiy saviyasi yuqori bo‘lgan qozilar tajribasiz kishilar bilan almashtirildi, 
poraxo‘rlik, ijtimoiy-siyosiy adolatsizlik avj oldi.
Madrasa va maktablar faoliyatini cheklash, mahalliy joy nomlarini ruscha 
atamalar bilan almashtirish, hatto mahkama jarayonida qozilar bo‘yniga xoch 
taqtirishgacha borildi.
Oʻsha davr ahvolini Muhammadali xalfa Sobir o‘g‘li (Dukchi eshon) xalqqa 
qarata o‘z „Xitobnoma“si (1898) da yaxshi bayon qilgan. Millat istiqbolini o‘ylovchi 
taraqqiyparvar kuchlar xalqning deyarli barcha tabaqalari - hunarmand, dehqon, 
savdogar, mulkdor, ulamolar orasida mavjud edi. Ziyolilar dastlab chorizmga qarshi 
kurashni xalqni asriy qoloqlikdan uygʻotish - siyosiy-maʼrifiy jabhadan boshlashga 
qaror qildilar.
Jadidchilik harakati ana shunday tarixiy bir sharoitda Turkiston mintaqasida 
rivojlanish uchun o‘ziga qulay zamin topdi. Jadidlar orasidan yetuk olimlar, sanoat 
va ziroatchilik sohalarining zamonaviy bilimdon mutaxassislari, madaniyat 
arboblari yetishib chiqib, yurtni obod va o‘z vatanlarini mustaqil ko‘rishni orzu 
qildilar va shu yo‘lda kurashdilar.



Download 44,19 Mb.
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   352




Download 44,19 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

Download 44,19 Mb.
Pdf ko'rish