|
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN Pdf ko'rish
|
bet | 60/352 | Sana | 23.01.2024 | Hajmi | 44,19 Mb. | | #143802 |
Bog'liq 46-44-PB
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 1, ISSUE 7, 2023. OCTOBER
ResearchBib Impact Factor: 8.654/2023 ISSN 2992-8869
68
Turk tili va o‘zbek tili grammatikasining farqli va o‘xshash jihatlari
Akramov Shohruxbek Olimjon o‘g‘li
Sirdaryo viloyati Guliston tumani
Dehqonobod shaharchasi 14-maktab
Annotatsiya:
Turklarning eng qadimgi alifbosi, goʻkturk alifbosi sifatida.
Bu alifboni hozirda Moʻgʻulistonda joylashgan Oʻrxon, Yenisev va Talas
yodgorliklarida koʻrishimiz mumkin. Bu yodgorliklar 8-asrda qurilgan. Goʻkturk
davlati yoʻq boʻlib ketganidan soʻng, uygʻurlar uygʻur nomli yangi alifbo ishlab
chiqardilar. Turklar diniy yoki siyosiy sabablarga ko'ra arab, krill va lotin alifbolarini
qabul qilganlar. Turk va oʻzbek tillari turkiy tillar oilasiga mansub ikki tildir. Ikkala
til ham umumiy tarixiy va madaniy kelib chiqishi tufayli o'xshash lingvistik
xususiyatlarga ega. Biz maqolada turk va o‘zbek tillari o‘rtasidagi fonetika, lug‘at,
grammatika va sintaksis nuqtai nazaridan o‘xshashliklarni o‘rganamiz.
Kalit so’zlar:
turk tili (Turk Dili, Tiirkge), hozirgi zamon turk tili,
grammatika (gramer), “Til inqilobi” so‘z boyligi (kelime dagarcigi), qadimgi turkiy
til (Eski Turkge), o'rta turkcha (Orta Turkce), yangi turkcha (Yeni Turkge), so‘z
yasalishi (kelime yapimi),
Ma’lumki, o‘zbek tili ham, turk tili ham o‘z asosini qadimgi turkiy tildan
oladi. Biroq, ikkovining keyingi takomili o‘zicha kechgan. Hozirgi o‘zbek tili
tarixan eski o‘zbek tili (temuriylar zamonida Movarounnahr hamda Xurosonda amal
qilgan "chig‘atoy turkiysi" va undan keyingi davrlar yozma tili) asosida paydo
bo‘lgan. Turk tili esa Anado‘lida amal qilgan o‘g‘uz guruhiga tayanuvchi usmonli
turkchasi asosida shakllangan. O‘zbek va turk tili o‘rtasidagi muhim farq shundaki,
o‘zbek adabiy tili turkiy tillarning qarluq (qarluq-chigil) guruhiga mansub, turk
adabiy tili esa o‘g‘uz guruhiga kiradi. O‘zbek tilining Xorazm shevalari ham o‘g‘uz
lahjasiga mansub. Shuning uchun qarluq, qipchoq lahjasini tashkil qiluvchi o‘zbek
shevalari (masalan, Toshkent, Farg‘ona, Samarqand shevalari) vakillariga
qaraganda xorazmliklar turkchani oson tushunadilar.
O‘zbek va turk tili orasidagi bunday farqlarning ba’zilari tilning ichki
taraqqiyoti tufayli keyingi davrlarda yuz bergan bo‘lsa, ayrimlari azaldan mavjud.
O‘g‘uzlar va boshqa turkiy lahjalar orasidagi fonetik, morfologik, leksik-semantik
va stilistik farqlarni XI asrda yashab o‘tgan ulug‘ tilshunos Mah-mud Koshg‘ariy
|
| |