“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN




Download 44,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/352
Sana23.01.2024
Hajmi44,19 Mb.
#143802
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   352
Bog'liq
46-44-PB

 
 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN 
UZBEKISTAN” JURNALI 
VOLUME 1, ISSUE 7, 2023. OCTOBER 
ResearchBib Impact Factor: 8.654/2023 ISSN 2992-8869 
69 
o‘zining "Devonu lug‘atit turk" asarida ko‘rsatib o‘tgan edi1 . O‘zbek va turk tillari 
orasidagi fonetik farqlar, asosan, quyidagilardan iborat: Tilshunosligimizda o‘zbek 
adabiy tilida olti unli fonema amal qiladi, deb qabul qilingan. Turk adabiy tilida esa 
unli fonemalar soni sakkizta. Shuni unutmaslik joizki, o‘zbek shevalarida ham 
unlilar ko‘p, ba’zi shevalarda ularning soni o‘n-dan ortiq. Hozirgi o‘zbek alifbosida 
unlilar uchun oltita harf qabul qilingani bilan talaffuzda qolgan unlilarning o‘rni ham 
sezilib turadi. Masalan, qara, qari, qattiq kabi so‘zlarda [a] tovushi orqa qator unli 
sifatida talaffuz etiladi: qara, qarı, qattıq. Tilak, bilak kabi so‘zlarda esa [a] tovushi 
yumshoq, old qator unli sifatida (tiläk, biläk) talaffuz etiladi. Yoki qo‘l, qo‘r 
so‘zlaridagi [o‘] bilan ko‘l, ko‘r so‘zlaridagi [o‘] ham o‘zaro farq qiladi: birinchi 
juftlikdagisi orqa qator qattiq (qol, qor), keyingi so‘zlardagisi old qator yumshoq 
(köl, kör) unlilardir. Lekin ba’zan bu so‘zlar qo‘shimcha olganda, qo‘shimcha 
ta’sirida tovushlarning asl xususiyati kuchsizlashadi: qo‘lga, qo‘rga. O‘zbek adabiy 
tilida singarmonizm qonuni ko‘p o‘rinda buziladi. Turk tilida esa singarmonizm 
yetakchi o‘rinda. Yana bir jihati, hozirgi o‘zbek imlosida morfologik prinsip bosh 
o‘ringa olingan, turk imlosida esa fonetik prinsip yetakchidir. Ya’ni, talaffuzda 
bordi, keldi, aytti, qochti deganimiz bilan o‘zbek tili imlo qoidasiga ko‘ra bu 
so‘zlardagi qo‘shimchalarni bir ko‘rinishga keltirib, bordi, keldi, aytdi, qochdi 
shakllarida yozamiz. Turk adabiy tilida esa, eski o‘zbek tilida bo‘lgani singari, 
talaffuzi qanday bo‘lsa, yozuvda ham shu ko‘rinishda yoziladi.



Download 44,19 Mb.
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   352




Download 44,19 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

Download 44,19 Mb.
Pdf ko'rish