“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN




Download 44,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/352
Sana23.01.2024
Hajmi44,19 Mb.
#143802
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   352
Bog'liq
46-44-PB

 
 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN 
UZBEKISTAN” JURNALI 
VOLUME 1, ISSUE 7, 2023. OCTOBER 
ResearchBib Impact Factor: 8.654/2023 ISSN 2992-8869 
72 
so‘zlaridagi -alı affiksi istak ma’nosini anglatadi. Shuningdek, bu qo‘shimchalar 
o‘g‘uz guruhiga kiruvchi hozirgi xorazm shevalarida ham uchraydi. Masalan: alalı 
(olaylik), oynalı (o‘ynaylik), baralı (boraylik), gäläli (kelaylik) kabi. Har ikki tilni 
qiyoslar ekanmiz, ularning leksik tarkibidagi o‘ziga xoslikni ham kuzatamiz. Turk 
tilining lug‘at tarkibida alın (peshona), kuğu (oqqush), kılavuz (yetakchi), öksüz 
(yetim) kabi so‘zlar ham bor. Bu so‘zlar qadimgi turkiy tilda keng qo‘llanilgan, biroq 
hozirgi o‘zbek adabiy tilida saqlanmagan. Xuddi shuning singari, o‘zbek tilidagi 
ayrim qadimiy so‘zlar turk tilida yo‘q. Ularning o‘rnida boshqa so‘zlarni 
ishlatadilar. Yangi so‘zlar yasash borasida ham turk tilida farqli jihatlar bor. 
Masalan, o‘zbek tilidagi oshpaz so‘zi turkiy+forsiy komponentlardan tashkil topgan. 
Turk tilida buni aşçı yoki ahçı deyiladi. Yoki: o‘zbekcha etikdo‘z, yamoqchi - 
turkchada ayakkabıcı, dehqon - çiftçi (çiftlik -"ekinzor, dala" so‘zidan) yoki köylü 
(köy - "qishloq" so‘zidan), vakil -temsilci, sözcü, vekil, elchixona - elçilik, 
büyükelçilik, ko‘zoynak - gözlük va boshqalar. Turk tili lug‘at tarkibida G‘arbiy 
Yevropa tillaridan o‘zlashgan so‘zlar ham salmoqli o‘rinni egallaydi. O‘zbek tiliga 
bunday so‘zlar rus tili orqali o‘zlashgan, shu bois ular ruscha talaffuzga ega. Turk 
tiliga esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘sha tillardan o‘tgan va ularning talaffuzi ham o‘ziga 
xos: otel, oto, dans, demokrasi, diplomasi, ekoloji va boshqalar. Turk tilining lug‘at 
tarkibida keyingi davrlarda yasalgan so‘zlar ham anchagina: uçak (samolyot), durak 
(bekat), çevirmen (tarjimon), yazım (orfografiya), gelir (foyda, daromad) kabi. 
Ikkala tilni o‘zaro qiyoslar ekanmiz, ayniqsa, turg‘un iboralarning qurilishi e’tiborni 
o‘ziga tortadi. Turk tilida o‘zbek tilidagi iboralarga juda yaqin turuvchi iboralar ham 
ko‘p. Gözden kaçırmak, iki ayağını bir pabuca sokmak, işi suya düşmek, kabına 
sığmamak, saçını süpürge etmek shular jumlasiga kiradi. Shuningdek, turk tilining 
o‘z qolipi asosida yasalgan iboralar ham oz emas. Masalan: sakalı ele vermek - o‘z 
ixtiyorini birovga bermoq, şeytana uymak - shaytonning gapiga kirmoq, ekmeğine 
yağ sürmek - birovning noniga yog‘ surmoq, göz altına almak - hibsga olmoq, hayal 
kırıklığına uğramak - xayoldagi narsa chilparchin bo‘lmoq, köşeye dönmek - omadi 
kelib, ishlari yurushib ketmoq, umutsuzluğa kapılmak - umidsizlikka tushmoq, tam 
üstüne basmak - taxmindagi to‘ppa-to‘g‘ri chiqmoq. Turkcha iboralardagi bunday 
farqli jihatlar turkiy tillar uslubiy imkoniyatlarining nihoyatda kengligi, ularning 
boyligidan dalolat beradi. Muhimi, turk tilini puxta egallash uchun chuqur bilim
lisoniy iqtidor talab etiladi. Har ikki til bir oilaga mansub bo‘lishiga qaramay, 
ularning o‘z xususiyatlari mavjud. O‘zbekcha fikrlash shakli bilan turkcha gaplashib 



Download 44,19 Mb.
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   352




Download 44,19 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

Download 44,19 Mb.
Pdf ko'rish