|
Respublikamizda neft va gaz to`g`risida ingiliz tilida qisqacha bayon yozib bering
|
bet | 25/32 | Sana | 30.11.2023 | Hajmi | 1,12 Mb. | | #108684 |
Bog'liq GTL 1-bosqich1111Absalyut namlik- 1 m³ havoga qancha suv bug'ining ega ekanliginiko'rsatadigan miqdor (ya'ni, suv bug'ining zichligi). Bu ma'lum bir haroratda qisman bug' bosimiga tengdir.
4_8 Mendileyiv – Klaperyon tenglamasi
Klapeyron-Mendeleyev tenglamasi — berilgan t massali gazning holatini tavsiflaydigan bosim r, hajm Kva temperatura Torasidagi bogʻlanishni ifodalovchi holat tenglamasi: pV=BT, bunda V — berilgan gaz massasi uchun oʻzgarmas kattalik. Bu tenglamani 1834-yilda B. Klapeyron topgan. Tenglamalardagi V ning bir molga toʻgʻri keladigan qiymatini R bilan belgilansa, bir mol uchun pV—RT tenglama hosil boʻladi. Buni 1875-yilda D. I. Mendeleyev topgan. Shu sababli u K. — Klapeyron-mendeleyev tenglamasi deb ataladi.
Mendeleyev-Klapeyron tenglamasining molli formulasi: PV = nRT
Formuladagi birliklar:
P bosim (kPa)
V hajm (litr)
n modda miqdori (mol)
R gazlarning universal doimiysi = 8,31
T harorat (°K)
4_9 Nima uchun izoxorik jarayonida gazlar qizdirilganda bosim oshadi? Bosimning oshishi.
j .da hajm oʻzgarishi bilan bogʻliq mexanik ish bajarilmaydi; sistemaning ichki energiyasi oʻzgarishi issiqlik yutilishi (yoki chiqarilishi) tufayli sodir boʻladi va temperaturaning oʻzgarishi (ortishi) bosimning oʻzgarishi (ortishi)ga olib keladi.
4_10 Kreking jarayoni va uning turlari.
Kreking (ing. cracking — parchalanish) —neft yoki uning fraksiyasini destruktiv (strukturasini buzib) qayta ishlash jarayoni; ogir uglevodo-rodlar molekulalarining parchalanishi (ajralib chiqishi) va qayta joylashishiga asoslangan. Asosan motor yonilgʻisi, plastik massalar, tolalar, eritgichlar uchun kimyoviy xom ashyo olishda qoʻllaniladi. K.ning 2 asosiy (termik va katalitik) turi bor. Term i k K. yuqori temperatura taʼsirida amalga oshadi; uning 3 ta: yuqori bosim ostida suyuq fazali (40—60 at. bosimda, 470 — 540° temperaturada), past bosim ostida yoki bug fazali (3 at., 500—550°), past bosim va yuqori temperaturada yoki piroliz (1 at., 650—750°) usullari bor. Katalitik K. bir vaqtda yuqori temperatura va katalizatorlar taʼsirida amalga oshiriladi. 1918-yilda N. D. Zelinskiy birinchi boʻlib katalitik K.ni tatbiq etgan. Katalizator sifatida alyuminiy-xlorid ishlatilgan. 1936-yilda fransuz muhandisi Ud-ri yangi texnologik sxema (katalizator — alyumosilikat) yaratgach, katalitik K. keng qoʻllanila boshladi. Bu esa oktan soni 80 — 85 boʻlgan yuqori sifatli aviatsiya benzini olishga imkon berdi. Neftning kerosin — gazoyl fraksiyasi xom ashyo boʻlib xizmat qildi. Katalitik K.lash 450—520° ga yaqin temperatura va 2—3 atm. bosimida amalga oshadi. K. suv bugʻi ishtirokida, vodorod bosimi ostida ham boradi (gidro kreki n g). Shuningdek, K. jarayonining borish sharoiti (temperatura, bosim) ga, xom ashyoning vazifasi va turiga, texnologik jiqozlanishiga bogʻliq boʻladi. Jarayonning borish sharoitiga qarab gaz, benzin bugʻi va ogʻir fraksiyalar (ligroinli, kerosinli, gazoylli, solyarli va qoldiq) dan tashkil topgan mahsulotlar aralashmasi hosil boʻladi. Zavonaviy K. koʻpgiva kimyoviy mahsulotlar (atsetilen, etilen, benzol, ksilollar, vaftalin va boshqalar), shuningdek, qayta ishlanayotgan mahsulot massasiga nisbatan 70% gacha benzin olishga imkon beradi.
Termik kreking - neftdan olinadigan benzinning miqdorini anchagina ko'paytirish (65-70% gacha) usullaridan biridir, masalan, mazutdagi ugle-vodorodlarni molekula massasi nisbatan kichik bo'lgan uglevodorodlarga parchalash yo'li bilan anchagina ko'paytirish mumkin. Bunda, uglevodorod molekulalarining parchalanishi ancha yuqori haroratda (470-550°C) boradi. Jarayon sekin sodir bo'ladi, uglerod atomlari tarmoqlanmagan zanjirli uglevodorodlar hosil bo'ladi. Termik kreking jarayonida olingan benzinda to'yingan uglevodorodlar bilan bir qatorda ko'pgina to'yinmagan uglevodorodlar bo'ladi. Shuning uchun bu benzin to'g'ri haydab olingan benzinga qaraganda detonatsiyaga chidamli. Termik kreking benzinida oson oksidlanadigan va polimerlanadigan to'yinmagan uglevodorodlar ko'p bo'ladi. Shuning uchun bu benzin uzoq saqlanmaydi. U yonganda avtomobil motorining turli qismlari buzilib qoladi. Bu zararli ta'sirni bartaraf etish uchun bunday benzinga antioksidlovchilar qo'shiladi.
|
| |