|
_6 Izobarik , izoxorik va izotermik jarayonlarni tushuntirib bering
|
bet | 23/32 | Sana | 30.11.2023 | Hajmi | 1,12 Mb. | | #108684 |
Bog'liq GTL 1-bosqich11114_6 Izobarik , izoxorik va izotermik jarayonlarni tushuntirib bering.
Izohorik jarayon - sistema hajmi oʻzgarmagan holda sistemada sodir boʻladigan fizik jarayon. Sistemaning termodinamik holat diagrammasida izohora bilan ifodalanadi.
Qattiq jismdagi jarayonlarda, jumladan, izotermik jarayonlarda hajm deyarli oʻzgarmagani uchun ular, odatda, Izohorik jarayon
deb hisoblanadi. Shuningdek, juda tez sodir boʻladigan jarayonlar (mas, portlash jarayoni) da hajm oʻzgarishga deyarli ulgurmagani sababli ularni I. j. deb qarash mumkin. I. j. issiqlik mashinalari (mas, Otto, Dizel sikllari)da uchraydi.
I. j .da hajm oʻzgarishi bilan bogʻliq mexanik ish bajarilmaydi; sistemaning ichki energiyasi oʻzgarishi issiqlik yutilishi (yoki chiqarilishi) tufayli sodir boʻladi va temperaturaning oʻzgarishi (ortishi) bosimning oʻzgarishi (ortishi)ga olib keladi. Ideal gyazdagi I. j. Sharl konunit boʻysunadi (qarang Izohora), real gazlardagi I. j. Sharl qonuniga boʻysunmaydi.
Izobarik jarayon — bosim oʻzgarmas boʻlgan sharoitda sistemada sodir boʻladigan fizik jarayon. Izobarik jarayon sistemaning termodinamik holat diagrammasida izobara bilan tasvirlanadi. Atmosfera bosimida sodir boʻladigan fizik jarayonlar, jumladan, suvning isishi, ochiq idishdagi gazning qizishi yoki sovishi, moddaning ikki fazali holatidagi izotermik jarayon va koʻpgina kimyoviy reaksiyalar izobarik jarayonga misol boʻla oladi. Yuqori va past bosimlarda moddalarning xossalarini tadqiq qilishda, issiklik mashinalarida (masalan, Joul, Dizel sikllari) izobarik jarayon dan foydalaniladi.
Ideal gaz hajmi V izobarik jarayonda temperaturaga toʻgʻri proporsional (Gey — Lyussak qonuni). Izobarik jarayonda ideal gazning bajargan ishi pAV ga teng va, demak, tashqaridan olingan issiklik miqdori uning temperaturasi ortishiga va ish bajarishiga sarf boʻladi. Shuning uchun izobarik jarayondagi issiqlik sigim Sr izohorik jarayonsatp (bu holda ish bajarilmaydi) issiqlik sigʻim Su dan har doim katta.
Izotermik jarayon (yun. ἴσος (izos) - "barobar" va θέρμη (termon) - "issiq") deb oʻzgarmas haroratda tizim holatining oʻzgarishiga aytiladi.[1] Bu jarayonda harorat sobit qoladi: ΔT = 0. Havoning asta-sekin siqilishini yoki meshdan gazni soʻrib chiqarganda nasos porsheni ostida gazning kengayishini taxminiy oʻlaroq izotermik jarayon, deb hisoblash mumkin. Izotermik jarayonni oʻtkazish uchun odatda tizimga termostat oʻrnatiladi. Bunda jarayonning kechishi yanada tezlashadi. Tizim harorati esa termostat haroratidan farq etmaydi. Izotermik jarayon shunday jarayonki, gaz vazni, molyar gaz va harorat є — konstanta hisoblanadi.[2]
Izotermik jarayon (izo... va yun. therme — issiqlik) — oʻzgarmas temperaturada fizik sistemada roʻy beradigan fizik yoki kimyoviy jarayon. Mas, oʻzgarmas bosimda suyuqlikning qaynashi, kattik, jismning erishi va b. Qaytar va kaytmas I. j.lar bor. I. j.da ideal gaz bosimi b-n hajmi oʻzaro teskari proporsional holda oʻzgaradi. I. j. issiqlik mashinalarida ham roʻy beradi. Uning grafigi izoterma deyiladi. I. j. tarkibiy qism sifatida Karno siklitʼ kiradi.
|
| |