|
Ba’zan ikki metall qismlarini bir-biri bilan ulash uchun ishlatiladigan
|
bet | 19/32 | Sana | 30.11.2023 | Hajmi | 1,12 Mb. | | #108684 |
Bog'liq GTL 1-bosqich1111Ba’zan ikki metall qismlarini bir-biri bilan ulash uchun ishlatiladigan,
bolg‘alanib yassilanadigan tutgichlar (zaklyopka) boshqa kimyoviy tabiatli
metalldan yasalgan hol larda ham hosil bo‘ladigan galvanik juftlar korroziyani
juda jadallashtiradi.
Ko‘pincha, metallarni korrozion turg‘un bo‘lgan qatlam (temirni rux, qalay yoki nikel) bilan qoplaganda, yagona bir yeri shikastlanib qolgan qoplama ham galvanik juftga aylanadi. Bunday elektrokimyoviy korroziyada metall va uning qoplamasidagi shikastlangan qismi ko‘rsatilgan tarzda yuz beradigan jara yonlar quyidagidan iborat.
Aktiv metalldan yasalgan qoplama bilan temir galvanik elementning elektrodlariga aylanadi, passivroq bo‘lgan temir katod, qoplovchi aktivroq metall-rux esa anod vazifasini o‘taydi. Rux elektronlar berib oksidlanadi, bu elektronlar havo kislorodini metall sirtida qaytaradi: Zn-2ē → Zn2+ va O2+ 2H2O + 4ē →4HO
Zn2+ + 2HO– → Zn(OH)2
T emir yuzasini qoplagan rux o‘zining muhofaza qilish vazifasini bajarmaydigan holatga o‘tadi. Bunday yemirilish anodning korroziyalanishi deyiladi. Agar temir yuzasi qalay bilan qoplangan bo‘lsa, unda buyumni korroziyadan saqlash jarayoni yuzadagi qoplama qatlami shikastlanmaguncha davom etaveradi, chunki qalay yuzasidagi oksid parda mustahkam. Qoplamada mikroshikast paydo bo‘lganda galvanik sistemada elektrokimyoviy jarayon boshlanadi va endi temir qatlam anodga, qalay esa katodga aylanadi. Endi temir oksidlanishi jadallashadi:
Fe – 2ē→ Fe2+; O2+2H2O+4ē→4HO–,
Fe2+ + 2HO–→ Fe(OH)2
Hosil bo‘lgan Fe(OH)2 havo kislorodi va nam ta’sirida Fe(OH)3 ga aylanadi:
4Fe(OH)2 + O2+ H2O → 4Fe(OH)3
Hosil bo‘lgan Fe(OH)2 havo kislorodi va nam ta’sirida Fe(OH)3 ga aylanadi:
4Fe(OH)2 + O2+ H2O → 4Fe(OH)3
Temir qatlami yemiriladi. Temir yuzasidagi suv kislotali oksidlar ( CO2, SO2) yoki H2S bilan birikib, H+ ionlarini paydo qiladi, temir oksidlanganda hosil bo‘lgan elektronlar vodorod ionlarini qaytaradi:
2H+ + 2ē = H2
Po‘lat buyumlarda korroziya jadal sur’atda sodir bo‘lishiga sababchi bo‘Igan zarracha — sementit (Fe3C )-katod vazifasini bajaradi, temir—anod bo‘ladi. Sementit temirga nisbatan passiv, galvanik juftda temir va sementit quyidagicha mikrogalvanik sxemada qatnashadi:
Keltirilgan tenglama bo‘yicha temir korroziyasiga sementit yordam beradi. Temir elektronlarini suvda erigan kislorod, eritmada paydo bo‘lgan H+ ionlariga uzatuvchi bo‘ladi. Elektronlaming O2 orqali H+ ionlariga o‘tishi Fe2+ hosil bo’ladigan joydan uzoqda bo’lishi korroziyani osonlashtiradi.
|
| |