• Kimyoviy korroziya
  • Elektrokimyoviy korroziya
  • Respublikamizda neft va gaz to`g`risida ingiliz tilida qisqacha bayon yozib bering




    Download 1,12 Mb.
    bet18/32
    Sana30.11.2023
    Hajmi1,12 Mb.
    #108684
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   32
    Bog'liq
    GTL 1-bosqich1111

    Korroziya turlari
    Metallar yoki ular asosida tayyorlangan qotishmalarning tashqi muhit ta’sirida o‘z-o ‘zidan yemirilish jarayoni korroziya deb ataladi. Bu hodisalarning ikki turi — kimyoviy va elektrokimyoviy korroziyalar tabiatda ko‘p uchraydi.


    Kimyoviy korroziya jarayonida metall buyumlarning sirtqi qavati havodagi kislorod, sulfit angidrid, vodorod sulfid va boshqa agressiv gazlar ta’sirida yemiriladi. Bu jarayon faqat gaz holdagi moddalar ta’sirida sodir bo‘lganligi tufayli, ba’zan korroziyaning bu turi gaz korroziyasi deb ham yuritiladi.


    Bunday korroziya metallarga yuqori temperaturada ishlov berilganda yoki yuqori temperaturada ishlaydigan o‘choqlarning metall qismlari, avtomobillarning dvigatellari ishlashida yuz beradi. Shunday hollarda metallarning yuza qismlari oksidlar yoki sulfidlar qatlami bilan qoplanadi.


    Kimyoviy korroziya
    Xalq xo‘jaligida nam havo ishtirokida yuz beradigan atmosfera korrozi­yasi juda katta zarar keltiradi. Shunday namgarchilik sharoitida juda yupqa suv qatlamida erigan kislorod va boshqa gaz moddalar metallning yuza qatlamida oksid pardasini hosil qiladi. Agar bu oksid pardaning metall yuza qatlami bilan yopishqoqligi yaxshi bo‘lsa, metallning ichki qatlamlari kor­roziyadan saqlanib qoladi. Masalan, aluminiy, rux, xrom va nikel kabi metallarning oksid qatlamlari shunday xususiyatga ega.
    Metall yuzasidagi oksid qavatning zichligi metall zichligidan kam bo’lganda ularning ikkalasi orasida ko‘plab g‘ovaklar paydo bo‘ladi va korroziya metallning ichki qatlamlariga tarqalishiga qarshilik ko‘rsatmaydi, uning chuqurlashishini to‘xtatmaydi, metall buyum qisqa vaqt davomida yaroqsiz holatga o‘tadi.


    Elektrokimyoviy korroziya
    B unday sof kimyoviy korroziya deyarli oz tarqalgan, u kam uchraydi. Metallarning ko‘pchiligi elektrokimyoviy korroziya natijasida yemiriladi. Bunday korroziyaning asosiy mohiyati shundaki, texnikada ko‘pincha tozaligi yuqori bo‘lmagan metallardan, qotishmalardan yasalgan konstruksion qurilmalarda kimyoviy tabiati boshqacha bo‘lgan metallar bilan galvanik juftlar hosil bo’ladi (1-rasm ). Bu metallar ko‘p vaqt davomida havodagi namlik, suv va elektrolitlar qurshovida bolishi tufayli elektrokimyoviy jarayon sodir bo’lishiga olib keladi. Masalan, metallarni kavsharlashda asosiy metall tarkibi bilan kavsharlovchi elektrod tarkibi bir xil bolishini ta’minlash deyarli mumkin emas.

    Download 1,12 Mb.
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   32




    Download 1,12 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Respublikamizda neft va gaz to`g`risida ingiliz tilida qisqacha bayon yozib bering

    Download 1,12 Mb.