• 3_9 Korroziya nima misollar keltiring.
  • Adsorbent quyidagi usullar yordamida regenerasiya qilinishi mumkin




    Download 1,12 Mb.
    bet17/32
    Sana30.11.2023
    Hajmi1,12 Mb.
    #108684
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   32
    Bog'liq
    GTL 1-bosqich1111

    Adsorbent quyidagi usullar yordamida regenerasiya qilinishi mumkin:
    1) adsorbentning haroratini oshirish yoki uning ustidagi bosimni kamaytirish;
    2) adsorbent qatlami orqali isitilgan gaz yoki qizdirilgan bug`ni haydash;
    3) adsorbentda yutilgan komponentlarni yutish xossasi yuqori bo’lgan boshqa modda yordamida siqib chiqarish. Harorat qancha yuqori bo’lsa, desorbsiya jarayoni shuncha tez va to’la boradi. Haroratni tochg`ri tanlash katta ahamiyatga molik. Tanlangan harorat yutilgan komponentlarni adsorbentdan to’la ajratib chiqarishni va adsorbentning o’ta qizib, parchalanib ketmasligini tachminlashi zarur. Regenerasiya paytida adsorbentning faolligi biroz kamayadi.
    Yuqori haroratlarda oson parchalanib ketadigan moddalarni desorbsiya paytida siqib chiqarish usulini qo’llash maqsadga muvofiq bo’ladi. Bunday usuldan harorat 40-80°C bo’lganda foydalanish yaxshi samara beradi. Har bir sharoit uchun tegishli harorat chegaralari qabul qilinadi. Masalan, gazlarni seolitlar yordamidan quritilgandan sochng, desorbsiya jarayoni (namlikni adsorbentdan ajratib chiqarish) ni amalga oshirish uchun harorat 300-400 C dan ortmasligi kerak. Adsorbentni to’la regenerasiya qilish uchun desorbsiyadan keyin adsorbentni quritish va sochngra sovitish zarur. Shundan sochng adsorbsiyaning yangi siklini boshlash mumkin. Desorbsiya jarayoni adsorbsiyaga ko’ra ancha yuqori haro­ratlarda olib boriladi, shu sababdan desorbsiyaning vaqti adsorbsiyaniqiga nisbatan kam bo’ladi.


    3_9 Korroziya nima misollar keltiring.
    Korroziya (lot. corrigere — oʻymoq, yemirmoq) — 1) jismlar (metallar, beton, tosh, yogʻoch, baʼzi plastmassalar va boshqalar)ning tashqi muhit bilan biologik, kimyoviy yoki elektr-kimyoviy taʼsirlashuvi oqibatida yemirilishi. Temir va temir qotishmalari K.si zanglash deb ham ataladi (yana qarang Metallar korroziyasi). Ximoya qoplamlari (mas, lok-boʻyoq materiallar) qoplash, muhitga ingibatorlar (mas, xromatlar, nitritlar, arsenitlar) kiritish, korroziyabardosh materiallar ishlatish yoʻli bilan K.ning oldini olish mumkin; 2) tibbiyotda — oʻyuvchi moddalar taʼsirida toʻqimalarning yemirilishi; 3) geologiyada — kimyoviy yoki mexaniq jarayonlar taʼsirida togʻ jinslarining yemirilishi, kanallar, oʻralar, gʻorlar va boshqa hosil boʻlishi. Kimyoviy K.da suvning kimyoviy taʼsirida jinslar sirti eriydi va yeyiladi (oʻyiladi), mexanik K.da esa jinslarning sirti yediriladi.



    Download 1,12 Mb.
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   32




    Download 1,12 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Adsorbent quyidagi usullar yordamida regenerasiya qilinishi mumkin

    Download 1,12 Mb.