|
O’rinbosar izomeriyasi: 2) Halqa izomeriyasi
|
bet | 16/32 | Sana | 30.11.2023 | Hajmi | 1,12 Mb. | | #108684 |
Bog'liq GTL 1-bosqich1111O’rinbosar izomeriyasi: 2) Halqa izomeriyasi:
3) Holat izomeriyasi:
3_6 Javob 2_8
3_7 Izoxorik jarayonni tushuntiring.
Izoxorik jarayon - sistema hajmi oʻzgarmagan holda sistemada sodir boʻladigan fizik jarayon. Sistemaning termodinamik holat diagrammasida izoxora bilan ifodalanadi.
Qattiq jismdagi jarayonlarda, jumladan, izotermik jarayonlar esa hajm deyarli oʻzgarmagani uchun ular, odatda, Izoxorik jarayon deb hisoblanadi. Shuningdek, juda tez sodir boʻladigan jarayonlar (mas, portlash jarayoni) da hajm oʻzgarishga deyarli ulgurmagani sababli ularni Izoxorik jarayon deb qarash mumkin. Izoxorik jarayon issiqlik mashinalari (mas, Otto, Dizel sikllari)da uchraydi.
Izoxorik jarayonda hajm oʻzgarishi bilan bogʻliq mexanik ish bajarilmaydi; sistemaning ichki energiyasi oʻzgarishi issiqlik yutil ishi (yoki chiqarilishi) tufayli sodir boʻladi va temperaturaning oʻzgarishi (ortishi) bosimning oʻzgarishi (ortishi)ga olib keladi. Ideal gyazdagi Izoxorik jarayon Sharl qonuniga boʻysunadi.Real gazlardagi Izoxorik jarayon Sharl qonuniga boʻysunmaydi.
3_8 Desorbsiya jarayoni nima? Misol keltiring ?
Desorbsiya (de... va lot. sorbeo -yutaman) — adsorbentga yutilgan moddaning undan qayta ajralib chiqishi, adsorbsiyanit aksi. Adsorbent atrofidagi muhitda adsorbsiyalanuvchi modda konsentratsiyasining kamayishi yoki temperatura koʻtarilishi D.ga sabab boʻladi. D. laboratoriya amaliyotida adsorbentlarga yutilgan gaz, bugʻ yoki erigan moddalarni ajratib olishda qoʻllaniladi.
Desorbsiya. Yuqori faollikka ega bo’lgan adsorbentlar qimmatbaho materiallar qatoriga kiradi, shu sababli ulardan bir necha marotaba foydalanish lozim. Buning uchun adsorbsiya jarayonidan sochng adsorbent regenerasiya qilinadi, ya’ni unda yutilgan modda ajralib chiqariladi. Adsorbsiyaga teskari boradigan jarayon desorbsiya deb ataladi.
|
| |