• Issiqlik mashinasining foydali ish koeffitsiyenti quyidagicha aniqlanadi: Q-Q2 A
  • 5_4 Rektifikatsiya jarayonini tushuntirib bering.
  • _3 Karno tsikili haqida malumot bering




    Download 1,12 Mb.
    bet27/32
    Sana30.11.2023
    Hajmi1,12 Mb.
    #108684
    1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
    Bog'liq
    GTL 1-bosqich1111

    5_3 Karno tsikili haqida malumot bering.
    C arnot sikli — navbatma-navbat oʻzaro almashinib turuvchi ikki izotermik jarayon va ikki adiabatik jarayondan iborat qaytar aylanma issiqlik jarayoni. Uni birinchi boʻlib Nicolas Léonard Sadi Carnot oʻrgangan (1824). Rasmda Carnot sikli koordinatalari (bosim) va V (hajm) da koʻrsatilgan. Carnot siklida ish jismi temperatura G, li issiq jism bilan taʼsirlashib, Qt issiklikni oladi (bunda bugʻ kengayadi va ish bajaradi, izoterma 1—2). Soʻngra ish jismi adiabatik kengayib, temperatura T2 gacha soviydi (adiabata, 2—3). Shu temperatura T2 da ish jismi izotermik siqiladi va u Q2 issiqlikni sovitkichga beradi (izoterma, 3—4). Nihoyat, ish jismi Tt temperaturali boshlangʻich holatga qaytadi (adiabata, 4—1). Bunday jarayonda ish jismi bajargan foydali ish tekislikda izoterma va adiabata chiziqlar bilan chegaralangan yuzaga teng.


    Issiqlik mashinasining foydali ish koeffitsiyenti quyidagicha aniqlanadi: Q-Q2 A


    Carnot siklining foydali ish koeffitsiyenti faqat isitkich bilan sovitkichning temperaturasiga bogʻliq boʻlib ish bajaruvchi jismning xossalariga bogʻliq emas.


    Carnot siklini tahlil qilib, quyidagi muhim xulosalarga kelish mumkin: a) aynan bir xil sharoitlarda, yaʼni isitkich va sovitkichlarning temperaturalari bir xil boʻlganda barcha qaytuvchan mashinalarning foydali ish koeffitsiyenti bir xil boʻladi; b) qaytmas mashinaning foydali ish koeffitsiyenti ish sharoiti oʻxshash boʻlgan qaytuvchan mashinaning foydali ish koeffitsiyentidan hamisha kichik boʻladi. Carnot sikli termodinamika va teplotexnikaning rivojlanishida muhim rol oʻynaydi.


    5_4 Rektifikatsiya jarayonini tushuntirib bering.
    Rektifikatsiya (lotincha: rectus — „oddiy“) — suyuq aralashma komponentlarini rektifikatsion kolonnalarda haydash usulida ajratish. Rektifikatsiya muvozanatda boʻlmagan (suyuq va bugʻ) fazalar orasida issiklik va moddalarning diffuzion almashinishiga asoslangan. Rektifikatsiya qaynash tralari yaqin boʻlgan suyukliklar aralashmalarini ajratish zaruriyati boʻlganda qoʻllanadi. Rektifikatsion kolonnada koʻp toʻsikdar boʻlib, unda suyuq aralashma bugʻlari kondensatlanadi va pastdan chiqayotgan bugʻning yangi qismi koʻp marta uchrashadi. Kolonna qarshi oqim prinsipida ishlaydi. Yuqoriga koʻtarilayotgan bugʻ uchuvchi komponent bilan uzluksiz boyib turadi. Bunda bugʻ qaynash temperaturasi past boʻlgan komponent bilan boyib, uning qaynash temperaturasi pasayib boradi. Suyuqlik esa qaynash temperaturasi yuqori boʻlgan komponentlar bilan boyib, uning kaynash temperaturasi yuqorilashaveradi. Bu jarayon to muvozanat holat bunyod boʻlguncha davom etadi, lekin kolonnadan sovitkichlar sistemasi orqali bugʻ fazasi kondensatlab ajratib olinishi bilan muvozanat yana buziladi va bu jarayon to toza komponentlar yoki kerakli komponentlar fraksiyasi toʻliq ajratib olingunicha uzluksiz davom etaveradi. Rektifikatsiya suyuq hamda suyultirilgan gaz aralashmalarini ajratish uchun qoʻllanadi. Rektifikatsiya jarayonining temperatura oraligʻi (diapazoni) nihoyatda keng: 1000° (toza Zn, Pb, Cd kabi metallarni ajratishda) va 0° (havo, vodorod izotoplari kabi gazlarni ajratishda). Rektifikatsiya jarayonining ishchi bosimi oʻnlab atmosferadan (etanpropilen aralashmasi uchun), to bir necha mm simob ustuni (yuqori yogʻ kislotalari rektifikatsiyasi) atrofida boʻladi. Davriy va uzluksiz rektifikatsiya mavjud. Davriy rektifikatsiyada barcha suyuqlik kolonna kubiga bir vaqtda solinadi. Rektifikatsiya jarayonida distillat ajratib turilsa, suyuklik tarkibida past trada qaynaydigan komponent kamayib boradi. Uzluksiz rektifikatsiyada sistemaga doimiy tarzda haydaluvchi suyuqlik qoʻshib boriladi. Rektifikatsiya kolonnalarining samaraligi, ularning uzunligi, diametri, suyuklik bilan bugʻ orasidagi kontakt vaqti bilan aniqlanadi.



    Download 1,12 Mb.
    1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




    Download 1,12 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    _3 Karno tsikili haqida malumot bering

    Download 1,12 Mb.