|
_5 Suyuqliklarda elektr utkazuvchanlik tushunchasi nima?
|
bet | 28/32 | Sana | 30.11.2023 | Hajmi | 1,12 Mb. | | #108684 |
Bog'liq GTL 1-bosqich11115_5 Suyuqliklarda elektr utkazuvchanlik tushunchasi nima?
Suyuqliklarda elektr tokini musbat va manfiy ionlar tashiydi.
Elektrolitlar-O’zidan elektr toki o’tkazuvchi suyuqliklar elektrolit eritmalari deyiladi.
Elektrolitik dissiotsiyatsiya- Neytral molekulalarning musbat va manfiy ionlarga ajralish hodisasi elektrolitik
dissiotsiyatsiya deyiladi.
Rekombinatsiya-Musbat va manfiy ionlarning qaytadan birikib neytral molekula hosil qilishi rekombinatsiya
deyiladi.
Elektroliz- Elektrolit eritmasi orqali elektr toki o’tayotganda elektrodda modda ajralib chiqish hodisasi elektroliz
deyiladi.
Suyuqliklarning elektr o’tkazuvchanligi
Qattiq jismlar kabi suyuqliklarning ham dielektrigi, o’tkazgichi va yarim o’tkazgichi bo’ladi.Dielektriklar jumlasiga distillangan suv, o’tkazgichlar jumlasiga elektrolitlarning yani kislota, ishqor va tuzlarning eritmalari kiradi. Suyuq yarim o’tkazgichlar jumlasiga, masalan eritilgan selen, eritilgan sulfidlar kiradi.Tokning metallar va elektron yarim o’tkazgichlar orqali o’tishi hech qanday ximiyaviy o’zgarishlarsiz sodir bo’ladi. Bunday moddalar virinchi tur o’tkazgichlar deb ataladi. Tok o’tishida ximiyaviy o’zgarish yuz beradigan moddalar ikkinchi tur o’tkazgichlar yoki elektrolitlar deb ataladi. Ular qatoriga tuz, ishqor yoki kislotalarning suvdagi va boshqa suyuqlikdagi eritmalari, shuningdek, qattiq holatda ion kristall hisoblangantuz eritmalari kiradi.Elektrolitlarda tok tashuvchilar bo’lib molekulalari eritilgan modda eritmalarida dissotsiyalanadigan (parchalanadigan) ionlar xizmat qiladi. Qanday qilib dissotsiya sodir bo’lishini aniqlash uchun qutubli molekulani, masalan, NaCl ni qarab chiqamiz. Na va Cl atomlari molekulaga birlashganda elektronlarning qayta taqsimlanishi yuz beradi-Na ning valent elektroni to’lishi bittagina elektron yetishmayotgan Cl atomining qobig’iga go’yoki qo’shilgandek bo’ladi. Natijada Na atomi musbat ionga, Cl atomi esa manfiy ionga aylanib qoladi. Har ikkala ion molekulada elektrostatik (kulon) o’zaro tasir kuchi bilan tutib turiladi.Shunga o’xshash istalgan boshqa qutubli molekula ikki yoki undan ortiq sondagi ionlardan tashkil topgan . Eritmada erigan moddaning har bir molekulasi, erituvchi molekulalarning qurshovida bo’ladi. Agar erutuvchining molekulalarning qurshovida bo’ladi. Agar erituvchining molekulalari ham qutubli bo’lsa u holda ular erigan modda molekulalari yaqinida uning hosil qilgan elektr maydonida orientatsiyalanuvchi kuch tasirida bo’ladi. Shuning uchun erituvchi molekulasi erigan modda molekulasining musbat zaryadlangan qismiga manfiy uchi bilan manfiy zaryadlangan qismiga esa – musbat uchi bilan o’girilib qoladi
|
| |