• Axborot madaniyati
  • Ruza. Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar faniga kirish




    Download 1.75 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet5/44
    Sana07.06.2023
    Hajmi1.75 Mb.
    #70669
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
    Bog'liq
    1-5 mavzu
    halol-kasb-hunar-qut-baraka-keltirar[1], FIRE PROTECTION AND FIRE SAFETY, В.И. Бараз, geokniga-dengub-vm-edinicy-velichinslovar-spravochnik, 11-mavzu. Shaxsga yo’naltirilgan axborot psixologik, diniy va madaniy tahdidlar, 6-10, DASTUR LASH ASOSLARI 1-qism, 1-ma\'ruza, 4-Maruza.Shifratorlar va deshifratorlar analog, seminar 1, seminar 3, seminar 4, 1-Amaliy mashg\'ulot, 2-Amaliy mashg\'ulot, Lobarotoriya ishi-1
    Axborotlashgan jamiyat – ko‘pchilik ishlovchilarning axborot, ayniqsa uning oliy shakli 
    bo‘lmish bilimlarni ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va amalga oshirish bilan band bo‘lgan 
    jamiyatidir. Axborotlashgan jamiyatning o‘ziga xos jihatlari quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
    axborot iqtisodiyotining rivojlanishi; axborot tangligini bartaraf etish;



    axborot texnologiyasining globalligiga erishish;
    turli axborot resurslariga erkin kirib borilishi;
    axborot resurslarining ustunligini ta’minlash;
    yangi axborot texnikasi va texnologiyalarini keng qo‘llash; boshqaruv 
    faoliyatida axborotdan samarali foydalanish.
    Axborotlashgan jamiyatda inson axborot bilan ishlash bo‘yicha ma’lum darajadagi axborot 
    madaniyatiga ega bo‘lishi zarur. Buning uchun shaxsni axborotni tez qabul qilish va katta hajmini 
    qayta ishlash, zamonaviy vositalar, usullar va texnologiyalardan foydalanishga tayyorlash lozim.
    Axborot madaniyati deganda – jamiyat a’zolarining axborotdan maqsadli foydalanish, 
    axborotni qayta ishlash va uzatish, zamonaviy texnik-tashkiliy vositalardan va usullaridan 
    foydalanish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi tushuniladi.
    Axborotlashgan jamiyat quyidagi jihatlarda namoyon bo‘ladi:
    texnik qurilmalardan foydalanish ko‘nikmalariga ega bo‘lish; o‘z 
    faoliyatida kompyuter, axborot texnologiyalaridan foydalanish; turli 
    manbalardan axborotni olishni bilish va undan samarali foydalanish;
    axborotni tahliliy qayta ishlash asoslarini egallash; o‘z faoliyatiga 
    taalluqli axborotni bilish va u bilan ishlashni uddalash.
    Axborotlashgan jamiyatning shakllanish va takomillashish muammolariga bag‘ishlangan 
    chet el va mamlakatimiz olimlarining ilmiy ishlari salmog‘i oz emas. «Axborotlashgan jamiyat» 
    tushunchasini birinchilar qatorida amerikalik iqtisodchi olim F. Maxlup ilmiy doiraga kiritgan. U 
    monopoliya raqobatida patentlashtirish tizimining tutgan o‘rnini statistik usullar asosida o‘rganib, 
    AQSH yalpi ichki mahsulotida axborotning miqdoriy jihatdan tavsiflanishini ko‘rib chiqdi. Olim 
    axborotni tovar sifatida qabul qilish konsepsiyasiga asoslangan holda Amerikada kelajakda 
    jamiyat rivojlanishining asosiy sharti «axborotlashgan iqtisod» bo‘lishi g‘oyasini ilgari surdi. O‘z 
    konsepsiyasida F. Maxlup AQSHda nafaqat ilmiy-texnik axborotning, balki hohlagan ijtimoiy 
    axborotning tarqatilishi va ishlab chiqarilishining o‘sishini tavsiflovchi aniq empirik 
    materiallardan foydalandi. Keyinchalik AQSH va boshqa mamlakatlarda «axborotlashgan 
    jamiyat» konsepsiyasini P.Drakker, D.Bell, E.Parker, M.Porat, A.Toffler, A.Mol, J. Stigler, 
    K.Errou kabi bir qator iqtisodchilar oldinga surishdi. Hozirgi kunda ular olib borgan tadqiqotlar 
    natijasi o‘laroq milliy iqtisodda «axborot tarmog‘i», «axborot iqtisodi» va «axborotlashgan 
    jamiyat» kabi konsepsiyalar vujudga kelgan. Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, jahon amaliyotida 
    axborot sohasining milliy iqtisoddagi o‘rnini aniqlash bo‘yicha iqtisodiy hisob prinsiplariga 
    asoslangan ikkita eng mashhur ilmiy qarash mavjud bo‘lib, ular F. Maxlup va M. Poratlarga 
    tegishli. F. Maxlup bilimlarning u yoki bu soha faoliyatida tutgan o‘rnini har tomonlama o‘rgangan 
    hamda milliy iqtisod sohalarini yangicha guruhlashtirishning sintezini va bilimlar industriyasini 
    mohiyat jihatidan belgilab oldi. Iqtisodchi olim F. Maxlup birinchilardan bo‘lib milliy boylikning 
    qanday qismi axborot mahsulotlari va xizmatlarini ishlab chiqarish, qayta ishlash va tarqatish 
    hisobiga vujudga kelishini hamda bilim, umuman u bilan bog‘liq bo‘lgan yalpi milliy mahsulot 
    qismini aniqlash masalasini ko‘ndalang qo‘ydi. U AQSH milliy iqtisodini to‘la tadqiq qildi va 
    bilimlar yaratadigan 30 ta tarmoqni belgilab oldi hamda ularni 5 ta guruhga ajratdi: maorif; ilmiy 
    tadqiqot va ishlab chiqarish; aloqa va ommaviy axborot vositalari; axborot mashinalari va 
    vositalari; axborot xizmatlari. Doktor Mark Uri Porat esa mavjud milliy hisoblar tizimiga 
    asoslangan holda milliy iqtisodda axborot faoliyatining hajmini belgilashga intildi. Uning ilmiy 
    qarashi qabul qilingan statistika tizimi asosida milliy iqtisoddagi mavjud axborot faoliyati turlarini 
    aniqlashdan iborat bo‘lgan. Ushbu tadqiqotning asosida «axborot bilan bog‘liq faoliyat zamonaviy 
    jamiyatning eng asosiy elementlaridandir» degan fikr yotadi. Uning fikricha, rivojlangan 
    mamlakatlarning iqtisodi mazmunan ishlab chiqarishdan «axborotlashgan»ga aylanmoqda. M. 
    Poratning tadqiqoti asosan ikkita maqsadni ko‘zlagan, ya’ni axborot bilan bog‘liq faoliyatni 
    aniqlash va uning hajmini hisoblashdir. Axborotni ishlab chiqarayotgan tarmoqlar qo‘llayotgan 


    10 
    texnologiya, ishlab chiqayotgan mahsulot va ko‘rsatayotgan xizmatlari shunchalik xilma-xilki, 
    ularni bitta yagona tarmoqqa birlashtirish o‘ta mushkul. Ammo ularning barchasi axborot 
    mahsulotlarini ishlab chiqarish, qayta ishlash, saqlash va tarqatishga xizmat qiladi. Shuning uchun 
    ham ular «axborotlashgan» degan yagona faoliyatda birlashadi. Amaliyoti rivojlangan 
    mamlakatlarda fan va axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalarining takomillashib borishi 
    axborotlashgan jamiyatni shakllantirish bo‘yicha o‘zining nazariy takliflarini bergan olimlarning 
    g‘oyalari o‘z o‘rnini topayotganini ko‘rsatmoqda. Bashorat qilishlariga qaraganda, butun jahon 
    mamlakatlari yagona kompyuterlashtirilgan va axborotlashtirilgan kishilar jamiyatiga aylanib 
    boradi. Tadqiqotlar axborotlashgan jamiyatga xos bo‘lgan quyidagi xususiyatlarni belgilab berdi:
    • axborot tanqisligi muammosi hal etiladi;
    • boshqa resurslarga nisbatan axborot resurslari birlamchi o‘ringa chiqadi;
    • axborotlashgan iqtisod rivojlanishning asosiy shakli bo‘lib xizmat qiladi;
    • jamiyat taraqqiyotining negizi bo‘lib axborot-kommunikatsiyalar bozori tovarlarini keng 
    qo‘llash shartlari qo‘yiladi;
    • insoniyat taraqqiyotining yagona axborot maydoni shakllanmoqda.
    Hozirgi bosqichda ilmiy-texnikaviy rivojlanishning asosiy xususiyatlaridan biri - 
    axborotning jamiyatdagi rolini belgilab olishdir. Shu o‘rinda mazkur muammoga bag‘ishlangan 
    respublikamizning taniqli olimlari akademiklar V.Q.Qobulov, S.S.G‘ulomov, professorlar A.A. 
    Abdug‘afforov, R.X.Alimov, M.I.Irmatov, T.SH. Shodiyev, B.Y.Xodiyev, B.A.Begalov va 
    boshqalarning ilmiy ishlarini ta’kidlab o‘tish joizdir. Akademik V.Q. Qobulov ta’kidlaganlaridek, 
    «Iqtisodiy kibernetika, ijtimoiy ishlab chiqarishning siyosiy-iqtisodiy tahliliga asoslangan holda, 
    axborot va materiallarni tubdan o‘zgartirib yuborishning iqtisodiy tizimi doirasida ko‘radi».
    Axborot tanqisligi bilan bog‘liq bo‘lgan boshqaruv xatolari juda qimmatga tushadi. Ayni 
    paytda, boshqaruv va ishlab chiqarish samaradorligi, ilg‘or texnologiyalarni ishlab chiqish va 
    foydalanish bo‘yicha eng ko‘p axborotga ega bo‘lgan tizim yutib chiqmoqda. Mutaxassislar
    birinchi galda iqtisodchilarning axborotga erkin kirib borishini sanoat rivojlanishi sharoitida bozor 
    iqtisodi samaradorligining asosiy shartlaridan biri deb hisoblaydi. Ularning faoliyati va jamiyat 
    ishlab chiqarishining asosiy sohalari u yoki bu ma’noda axborot bilan bog‘liq bo‘lib, ish bilan band 
    bo‘lganlarning 40-60 % ini tashkil etadi. Axborot xizmatlari jahon yalpi ijtimoiy mahsulot va 
    milliy daromadining 10 % ini tashkil qilmoqda. Shuning 90 % i AQSH, Yaponiya va G‘arbiy 
    Yevropa hissasiga to‘g‘ri keladi. Axborot intellektual faoliyatning muhim mahsuloti sanaladi. 
    Sanoati rivojlangan barcha mamlakatlarda ushbu mahsulotlarni o‘z foydalanuvchilariga 
    yetkazishning «usullari va vositalari» ni ishlab chiqish hamda joriy etish jadal sur’atlarda olib 
    borilmoqdaki, bu axborot tizimlari va texnologiyalari sanoatini yaratishda o‘z aksini topgan.

    Download 1.75 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




    Download 1.75 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ruza. Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar faniga kirish

    Download 1.75 Mb.
    Pdf ko'rish