S tursunboyev jahon teatri




Download 9,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/134
Sana27.09.2024
Hajmi9,43 Mb.
#272697
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   134
Bog'liq
Jahon tetri tarixi

NAZORAT SAVOLLARI
1. 
U rushdan keyingi AQSH dramaturgiyasida T. Uilyams va 
A. M iller pyesalari m isolida 30-yillar ijtimoiy dram a a n ’analarining 
davom ettirilganligi.
T. Uilyams pyesalarida qo'llanilgan «shoirona realizm* ifoda 
usuli nimani anglatadi? Uilyamsning «Billur jonzotlar* pyesasida 
timsoliy ifoda usuli qaysi obraz orqali nam oyon bo'lgan? U il­
yamsning «Orzu tramvayi* asari jahon teatrlarida keng qiziqish 
uyg'otganligining sabablari nim ada?
Miller dramaturgiyasida inson shaxsi va jamiyat muammolarining 
bosh mavzu tarzida idrok etilishi; «Barcha bolalar — mening bola-


larim» pyesasida har bir insonning bashariyat oldida mas'ulligi 
muammosini olg‘a surilishi. Milleming «Gumashtaning o ‘limi» asarida 
ezgulik g‘oyalari qanday ifoda usullari orqali mujassam etilgan?
2. 
Ikkinchi jahon urushidan so'ng AQSHda tijorat teatrlari tizimi- 
ning keng avj olishi. «Brodvey», «Nobrodvey» teatrlari nimani anglatadi?
Elia Kazan AQSHning eng yirik rejissorlaridan biri ekani Kazan 
Uilyams va M iller asarlarining eng yaxshi talqinchisi sifatida. Kazan- 
ning Brodvey teatrlaridagi rejissyorlik faoliyati haqida nima deya 
olasiz?
* * *
Inson qadr-qim m ati, uning dard-iztirobi haqida g 'am chekish 
chin insonparvar dram aturg va sahna arboblarining ham isha bosh 
muam m osi bo'lib kelgan va shu bois ular yaratgan asarlar asrlar 
o 'tsa ham o 'z ohorini to'km ay, bani basham ing yangi-yangi avlod- 
lariga xizmat qilib keladi. Bundan ikki yarim ming yil aw al yarat­
gan «Shoh Edip»ni eskirgan asar deb bo'ladim i? Aslo! Donishm and 
Sofoklni inson zurriyotini uni ruhan majruh, jism an yo'qlikka olib 
boruvchi dahshatli taqdir o ‘yinlari-yu tashvishlardan xoli, erkin va 
baxtli ko'rishdek ezgu niyati bu asam ing tub-tubiga singib ketgan 
ediki, ana shu ezgu niyat ikki daho san’atkorim iz — Sh. Burxonov 
va S. Eshonto'rayeva ijrosidagi baxti qaro Edip va Iokasta bizning 
yurtdoshlarim izni ham insoniy m as’ullik, burchdorlik hissini ch u­
qur anglashga d a ’vat etdi.
D aho Shekspir asarlarini aytmaysizmi?! «Hamlet*, «Otello»lar 
sahnam izda boshqa biron-bir m am lakatda o'xshashi y o 'q buyuk 
sahnaviy talqinlar ekanligi bilan m anam an degan chet ellik m utax- 
assislami hayratga soldi. «Tragediyani Shekspir yozsin-u, o'zbeklar 
o'ynasin ekan», degan ta ’bir paydo bo'lganligi bejiz emas.
Jahon dramaturgiyasi asarlarini o'qib, tub m a ’no-m azm unini 
anglab, ularda mujassam etilgan insoniy timsollarning ezgulik 
ifodalaridan g'um ring oshib, yovuzlik ifodachilaridan g'azabing to- 
shib, o'zing bilmagan holda bir daraja m a’naviy o'sgandek 
bo'lasan, kishi. Ikkinchi bir buyuk maktab bo'larli jihati shundaki, 
bu asarlar yozilish uslubi, badiiy ifoda shakllarining rango-rang va 
betakrorligi bilan bo'lg'usi san’at mutaxassislarini san ’atda o 'z yo'l- 
yo'riqlarini topishga d a ’vat etib turishidadir.
Shunday qilib, xorijiy teatr va uning saboqlari bir jihatdan 
bo'lg'usi san ’at kishilarining m a’naviy komil shaxslar bo'lib yeti-
266


shuviga yordam bersa, yana boshqa jihatdan ularning kasbiy tako- 
miliga n af keltiradi. Insoniyat yaratgan buyuk san’at obidalarining 
m azm un-m ohiyatini anglash va ushbu san’at obidalarini insoniyat- 
ning o'ziga xizmat qildirishga qaratilgan xorijiy teatr tarixini 
o'rgan ishdan ko‘zlangan bosh maqsad ham shundadir.

Download 9,43 Mb.
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   134




Download 9,43 Mb.
Pdf ko'rish