• TEN NESSI UILYAMS (1911—1983-y.)
  • S tursunboyev jahon teatri




    Download 9,43 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet122/134
    Sana27.09.2024
    Hajmi9,43 Mb.
    #272697
    1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   134
    Bog'liq
    Jahon tetri tarixi

    NAZORAT SAVOLLARI
    1. K .C hapek chexoslovak dramaturgiyasini jahon sahnasiga 
    olib chiqqan dram aturg sifatida; chapek pyesalarida alohida bir in­
    son timsoli orqali um um bashariy m uam m olam ing tadqiq etilishi. 
    C hapekning pyesalaridan biri nega «Oq o'lat* deb atalgan? 
    C hapekning «Ona» pyesasini jahon teatrlarida shuhrat topganligin- 
    ing tub asoslari nim ada? O 'zbek sahnasida Chapekning qaysi pye­
    salari qo'yilgan?
    2. D yurrenm att urushdan keyingi Shvetsariya dram aturgi- 
    yasining yirik nam oyandasi ekani. D yurrenm attning qaysi pye­
    salarida brextcha «uqdirish» usuli alohida yorqin ifoda etilgan?
    260


    AMERIKA QO‘SHM A SHTATLARI
    TEATRI
    Ikkinchi jahon urushidan keyin Amerika teatri hayotida chuqur 
    tanglik davri boshlandi. Urushdan awalgi yillarda shitob bilan 
    m aydonga chiqqan kichik teatrlar yopilgach, Amerika sahnasi but­
    kul tijorat izmiga o ‘tib ketadi.
    1940-yillardan e ’tiboran ijtimoiy dram a a n ’analarini davom 
    ettiruvchi ikki iste’dodli dramaturg asarlari paydo bo ‘la boshlaydi. 
    Bular Tennessi Uilyams va Artur Miller edi. U lar o ‘z asarlarida 
    zam ondoshlarining ruhiyati va qalb og'riqlari haqida ro‘y rost hi- 
    koya qilib berdilar.
    TEN NESSI UILYAMS (1911—1983-y.)
    Tennessi Uilyams, asosan, ruhiyat dramasi yo‘nalishida ijod 
    qildi. Bu m a’noda u 0 ‘Nilga yaqin turadi. Uni qahram on qalbining 
    tub-tubida pinhon yotgan ziddiyatli kayfiyat va kechinm alar 
    qiziqtirdi.
    Uilyams «Billur jonzotIar» (1945) pyesasining so'z boshisida 
    o 'z badiiy-estetik qarashlarini aniq ifoda etdi: u naturalizrn va silliq 
    realizmni inkor etib, «shoirona realizm»ni himoya qilib chiqdi. 
    «San’atda hayotga nisbatan suratnam o o'xshashlik yaratish muhim
    emasligini endi ham m a bilib qoldi,— deydi u,— haqiqat, bir so'z 
    bilan aytganda, hayot, borliq yaxlit va bo'linm as bir hilqatki, uning 
    sirtini jonlantirish orqali emas, balki shoirona tasaw u r ko'zgusi 
    orqali borlig'ini nam oyon etish mumkin».
    Uilyams o 'z fikrini rivojlantirib, tashqi o'xshashlik omili tugab 
    bitgan teatr o'rniga yangi «raftoriy teatr» kelishi g'oyasini olg'a 
    suradi. «Raftoriy (plastik) teatr», Uilyams fikricha, turli-tum an 
    ifoda omillariga asoslanuvchi teatrdir. Lekin bu om illar orasida 
    tim soliy ifoda yetakchi o'rin tutadi. Uilyams shu yo'nalishda yozil­
    gan «Billur jonzotlar» pyesasida adabiy ifoda om illaridan tashqari 
    musiqa, nur ifodasi, ekranda jonlantiruvchi tasviriy bezak, turli 
    izohlardan foydalandiki, bular serqatlam shoirona sahnaviy m uhit 
    yaratishga qaratilgan edi.
    «Billur jonzotlar» pyesasida Tom Uingfilning o'tm ishi uning 
    o'kinchli xotirasi asosiga qurilgan. Unda bir oila misolida ko'pdan- 
    k o 'p amerikaliklarning dard-hasratlari ifodalangan. Bosh qahram on 
    Lauraning beg'ubor borlig'i shoirona timsollar orqali yorishib bo­
    radi*. «Billur jonzotlar», «moviy gul» Lauraning ruhiy pokligi,
    261


    bokira va shikasta qalbligi va g'ad d o r jam iyatga yotligi ramzi yang- 
    lig‘ nam oyon bo'ladi. Laura ko'ngil izmiga ters boruvclii, sharoitga 
    moslashib ketuvchilardan emas. Shu hoi uning baxtsizligidan darak 
    berib turadi. Jam iyatning shafqatsiz qonunlari izm idan chiqolm a- 
    gan T om Lauraning sevgisini rad etadi. Laura joni-dili bo'lib qol­
    gan billur jonivorlarni d a fa ta n sindirib qo'yadi. Uning um ri ham
    xuddi shu billur singari barbod bo'ladi. Pyesada turm ush nobopligi 
    qahram onlam ing ko'ngil ingroqlari orqali ochiladi. U nda shoirona 
    kechinm a, nafosat shundoqqina bo'rtib, ufurib turadiki, tanqid- 
    chilarning Uilyamsga Chexovning ta ’siri o'tganligi haqida so'z 
    ochishlari asossiz em asdek ko'rinadi.
    Uilyamsning keyingi «Orzu tramvayi» (1947) pyesasi muallifga 
    jahoniy shuhrat keltirdi. Asar o 'z m ohiyatiga ko'ra «Billur jonzot- 
    lar» pyesasiga yaqin turadi. Lekin uni janriga ko'ra tragediya deyish 
    mumkin. Blansh Dyubua ham Laura singari jam iyat aqidalarini 
    qabul qilolm aydi, lekin yashash uchun kurashadi, baxt izlaydi. 
    Stenli Kovalskiy va Blansh butkul bir-birlariga zid kishilar: Stenli 
    badxulq, xudbin kimsa b o ig an i holda Blansh qalban pok, beg'ubor 
    inson. Lekin chirkin hayot uni ham o 'z dom iga tortgan: u ichadi, 
    zinodan qaytm aydi. U baxt sari intiladi, lekin topolmaydi.
    Uilyamsning 1957-yili rejissor G arold Klerman tom ondan sah­
    naga qo'yilgan «Orfeyning do'zahga tushishi* asari AQSH teatr 
    havotida m uhim voqea bo'ldi. Pyesada Orfey, ya’ni Vel Zever tu ­
    shib qoladigan dahshatli d o'zah AQSH janubidagi kichik bir sha- 
    harcha tarzida qad ko'taradi. «Bu dunyoda,- deydi Vel, — bozorda 
    odam larni to 'n g 'iz to 'sh i sotilgandek sotadilar va sotib oladilar: 
    odam lar b o r-y o 'g 'i ikki turga bo'linadilar: birlari sotiladi, birlari 
    sotib oladilar. «Vel va Leydining pok va nurli m uhabbati olish- 
    sotish, yolg'on-yashiq, zo'rlik asosiga qurilgan badkirdor kimsalar 
    olamiga qaram a-qarshi qo'yilgan. U lar bu olam da yasholmaydilar. 
    «Qotil shu yerda, — deydi Leydi Torrensni ta ’riflab, — O tam ning 
    qotili — o'sha, otam ning tokzoriga o 't qo'ygan murdor! M ening 
    um rim ga suv quydi, ikki tirik, yana bir tug'ilm agan uch jonni mahv 
    etdi.
    Uilyam sning 60-yillari yozilgan «Eski daha* (1977), «Zam on 
    saltanati» (1968), «Qiyqiriq» (1971) kabi pyesalarida ham ezgulik 
    ideallari tarannum etildi. U 30 dan ortiq pyesa yozdi. U ning pye­
    salari jahonning turli teatrlarida qo'yilib kelinadi.

    Download 9,43 Mb.
    1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   134




    Download 9,43 Mb.
    Pdf ko'rish