Maks Reynxard rejissorligida ko'p rollar ijro etgan Paul Vegener
ijro etdi. «Nemis teatri* m um toz namunalarga e ’tibor qaratadi.
«Hamlet* tragediyasi qo'yiladi. Rejissor Volfgang Langxoff (1901 —
1966) rejissyorligida G yotening «Faust», «Egmont», Shekspirning
«Qirol Lir*, «Har narsaning m e’yori yaxshi* kabi asarlarini sahnaga
qo'yadi.
1983-yili «Nemis teatri* o'zining 100 yillik yubileyini ni-
shonlaydi. Bu O. Bram, M. Reynaxrdt an ’analarining yangi sha
roitda rivojlanishini anglatardi.
1949-yilning
11-yanvarida
«Nemis teatri*
B.
Brextning
«Onaizor Kuraj va uning bolalari* asarini ko'rsatadi, bosh rolni Ye
lena Vaygel (1900— 1971) o'ynaydi. Asar brextcha teatr estetikasi
nuqtayi nazaridan favqulodda yangicha talqin etildi.
1949-yilning iyun oyida Brext va Vaygel boshchiligida yangi
«Berlin ansambli* teatri tashkil topadi. Jam oa 1954-yilga qadar
«Nemis teatri* binosida ish olib borib, so'ng Shiffbauerdamm
ko'chasidagi binoga ko'chadi. Dastlabki paytda teatrni Brextning
o'zi boshqaradi va m uhojirlikda yaratilgan «Janobi Puntilla va u n
ing xizmatkori Matti* (1949), «Teresa Karrarning miltiqlari* (1953)
kabi asarlarni sahnaga qo'yadi.
♦Berlin ansambli* teatri tarkibida, asosan, yoshlar bo'lib, uning
repertuari va badiiy tamoyillarini ro'yobga chiqarishda Brext qatori
Yelena Vaygel va Ernst Bushlar faoliyati katta ahamiyatga ega
bo'ldi.